aylanish soni
Yo‘l qo‘yiladigan uglerod
oksidining hajmiy ulushi,
%
Yo‘l qo‘yiladigan uglevodorod-
larning hajmiy ulushi, 1/mln
Dvigatellardagi silindrlar soni
4 ta gacha
4 tadan ko‘p
n min
1.5
1200
3000
n max (0,8 n max)
2
600
1000
Dizel dvigatelli avtomobillar ishlab chiqaradigan gazlarning
tutunlilik darajasi jadvalda ko‘rsatilganidan oshmasligi kerak.
Dizel dvigatelli avtomobillar ishlab chiqaradigan gazlarning
tutunlilik darajasining yo‘l qo‘yiladigan me’yori.
Avtomobil modeli
Tutunlilik, %
Erkin tezlanish Valning maksimal aylangan soni
KamAZ, MAZ, KrAz va ular-
ning modifikatsiyalari
40
15
1.07.1976-yilgacha ishlab
chiqaril gan MAZ, KrAZ va
ularning modifikatsiyalari
60
15
29
Ishlatilgan gazlarning zaharliligini aniqlash.
Ishlatilgan
gazlarning zaharliligi statsionar tipdagi OA-2109, GAI-1 va
ELKON-105 apparatlari bilan aniqlanadi. Bu apparatlarni ishlashi
ultra qizil nurni tarqatish usuliga asoslangan.
GAI-2, INFRALIT-2T1 gazoanalizatorlari uglerod oksidi
va uglerod ikki oksidi gazlarining miqdorini bir vaqtda
o‘lchaydi. Bu usul ancha aniq natijalarni olish imkonini beradi.
Gazoanalizatorlarning texnik holati yiliga ikki marta tekshiriladi.
Dizel dvigatellarining tutunligini dimomer yoki sajamerlar
bilan nazorat qilinadi. Bulardan birinchisi, ishlatilgan gazlarning
tiniqlilik darajasini aniqlash prinsipiga asoslangan bo‘lsa, ikkinchisi,
ular tarkibidagi qurum zarrachalari miqdorini yig‘ib o‘lchashga
asoslangan. Tutunlilik darajasi NDA-106, «Atlas» va SNDA-107
dimomerlari bilan o‘lchanadi.
4.2. Avtomobilning komponovka ko‘rsatkichlari
Avtomobilning gabarit ko‘rsatkichlariga uning uzunligi,
kengligi, balandligi va bazasi, ya’ni oldi va orqa o‘qlari orasidagi
masofa kiradi. Katta gabarit o‘lchamli avtomobillar yo‘llarning
tor joylari, ko‘priklar osti va puteprovodlarda harakatlanishni
qiyinlashtiradi.
Bundan tashqari, ular boshqa harakat ishtirokchilariga ko‘rinish-
ni cheklab qo‘yadi.
Avtomobillarning massasi qancha katta bo‘lsa, uni boshqarish
shuncha qiyin. Unga murakkab harakatlarni (yo‘nalishini o‘zgar-
tirishlarni) bajartirish qiyin. Bundan tashqari, massa oshishi
bilan yo‘lga tushadigan yuk oshadi, u yo‘l qoplamasini buzadi.
Avtomobilning massasi, gabarit o‘lchamlari, yukni joylashtirish
xarakteri, uning boshqa ishlatish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Misol uchun, yuk baland joylashtirilgan avtomobil, yo‘lning
burilishlari bor joylarda, keskin tormozlashda turg‘unligini saqlash
uchun uni kamroq tezlik bilan bosh qarishni talab qiladi.
|