O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Tibbiy-ijtimoiy xodimlar quyidagi vazifalarni bajaradi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Tibbiy-ijtimoiy xodimlar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
Tibbiy yordam: 
• bemorlarga tibbiy yordam berishni tashkil qilish; 
• oilaga tibbiy - ijtimoiy yordam ko‘rsatish; 
• surunkali bemorlarga tibbiy - ijtimoiy yordam ko‘rsatish; 
• turli guruhlarni tibbiy - ijtimoiy patronaj qilish; 
• terminal bemorlarga palliativ yordamni tashkil qilish; 
• sanitary - oqartuv ishlarini olib borish; 
• bemorlarga tibbiy - ijtimoiy xizmati va huquqlari haqida 
axborot berish. 
Ijtimoiy yordam: 
• fuqarolarning ijtimoiy himoyasini tashkil qilish; 
• farzandlikka olish va vasiylikni qayd etish; 
• reabilitatsiya tadbirlarini tashkil etish va ularda qatnashish; 
• mijozlarga nafaqalar va boshqa ijtimoiy himoya vositalari 
haqida ma’lumot berish; 


12 
• mijozlarga ijtimoiy-maishiy va uy-joy muammolarida yor-
dam berish; 
• oila bo‘yicha maslahatlar berish. 
Aralash yordam: 
• mijozlarni sog‘lom turmush tarzi qoidalari bilan ya-
shashga o‘rgatish; 
• oilani rejalashtirish; 
• tibbiy-ijtimoiy ekspertizalar o‘tkazish; 
• nogironlarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkil etish; 
• klinik tibbiyot amaliyotining psixiatriya, narkologiya, onko-
logiya, geriatriya va boshqa sohalarida ijtimoiy izlanishlar olib 
borish; 
• OIV infitsirlanganlar va ularning oilalarining ijtimoiy 
himoyasini ta’minlash; 
• ijtimoiy - huquqiy maslahatlar berish. 
Tibbiy 
-
ijtimoiy yordam sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy 
himoya qilish muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
 
TIBBIY-IJTIMOIY PATRONAJ 
 
Patronaj

fransuzcha (patron – homiy, homiylik) tibbiy 
ijtimoiy yordam turi bo‘lib, uyda amalga oshiriladi. 
Uydagi patronaj
– shaxs va uning oilasiga uyda bevosita va 
maishiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy faoliyatdir. Uydagi 
patronaj vaqtida ko‘rsatiladigan yordam: tibbiy ijtimoiy xodim 
parvarishi, sog‘liq bo‘yicha maslahatlar berish, sanitariya oqar-
tuv ishlari, oila bilan munosibatlarni nazorat qilish, ijtimoiy xiz-
matlarni yuritish, yolg‘iz yashovchi bemorlarga uy yumushlarida 
yordam berish, jamiyat bilan munosibatlarni nazorat qilish, 
qo‘llab - quvvatlovchi guruh a’zolarini boshqarishdir. Tibbiy – 
ijtimoiy patronajni ijtimoiy xodimlar, mahalla tibbiyot hamshi-
ralari, Qizil Yarim Oy jamiyati xodimlari va turli xil jamiyat va 
fond a’zolari amalga oshiradilar. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin