O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Tibbiy-ijtimoiy xodim uydagi patronaj vaqtida quyidagilarga



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102
Tibbiy-ijtimoiy xodim uydagi patronaj vaqtida quyidagilarga 
e’tiborni qaratadi: 
1. Bemorga tegishli ma’lumotlarni maxfiyligini hisobga olib, 
ularni saqlagan holda ishonchli munosabatlarni o‘rnatish;
 


13 
2. Oilaga yordam berish va sog‘lig‘ini yaxshilash, 
kasalliklarni oldini olishga alohida e’tibor berish. 
3. Yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni tekshirish, 
oila salomatligini kuzatish. 
4. Yordam ko‘rsatish rejasini tuzish (patronaj maqsadi, rejasi 
va vazifalarini ishlab chiqish). 
5. Shaxs va oilaga yordam berishda olgan bilimlari va 
tajribasini aholi guruhiga va butun jamiyatga o‘tkazish. 
Uydagi patronaj parvarish qilinadigan bemorlarning va 
ularning oilalarining xilma - xilligini hisobga oluvchi tibbiy-
ijtimoiy xodim xizmatidir. Bundan tashqari tibbiy ijtimoiy 
xodim uzluksiz parvarishni ta’minlashi, turli mutaxassislar bilan 
o‘zaro aloqa o‘rnatishi, aholining kam ta’minlangan qatlami va 
nogironlarga ijtimoiy yordam berish to‘g‘risida bilishi kerak. 
Patronaj vaqtida uy sharoitida og‘ir kasallarga va yakuniy 
davrdagi bemorlarga parvarish ko‘rsatiladi.
Uy sharoitida og‘ir kasallarga tibbiy ijtimoiy xodim parvari-
shi ko‘rsatishining asosiy jihatlari quyidagilardir: 
1. To‘g‘ri tibbiy yordam va parvarishni taqdim qiluvchi, 
shuningdek, insonni shaxs sifatida qo‘llab - quvvatlovchi tizimni 
yaratish. 
2. Mutaxassis va inson sifatada chindildan hamdardlik 
bildirgan holda ruhan yordam ko‘rsatish. 
3. Ilmiy asosga ega to‘g‘ri bilim va ko‘nikmalarni taqdim 
etgan holda qulay hayotni ta’minlash. 
4. Shoshilinch holatlarda choralar yuzasidan tushuntirishlar 
berish va bemorning roziligini olish. 
5. Bemor va uning oilasini fikrlarini hurmat qilgan holda par-
varish qilish va xizmatlarni qo‘llash imkoniyatlarini baholash. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin