O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


  TIBBIY ETIKET VA JAMOADAGI O‘ZARO



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102
 


24 
TIBBIY ETIKET VA JAMOADAGI O‘ZARO 
MUNOSABATLAR 
 
Odamlar bilan birinchi uchrashganda tibbiy-ijtimoiy xodim 
uchrashuvni shunday uyushtirishi kerakki, bu davolash - tashxis 
jarayonini keyingi bosqichlariga ijobiy ta’sir qilsin. Birinchi 
taassurot keyingi munosabatlarni qanday kechishini belgilaydi. 
Shuninig uchun tibbiy-ijtimoiy xodim o‘zi haqida bemorlar 
«
O‘z ishini yaxshi biladigan, mehribon, e’tiborli
»
degan fikr 
qolishiga harakat qilishi kerak. Ana shular tibbiy ijtimoiy xodim 
va bemorlar o‘rtasida kelgusida munosibatlar qanday kechishini 
belgilaydi. 
Tibbiy etiket ikki ajralmas tarkibdan tashkil topgan: ish 
jamoasidagi xodimlarning o‘zaro munosabati va tibbiy-ijtimoiy 
xodim va bemor o‘rtasidagi munosabat etiketi. Ish joyida 
subordinatsiya qoidalariga rioya qilish talab qilinadi (o‘zidan 
katta lavozimdagilarga bo‘ysunish). Bu holat jamoadagi intizom 
saqlanishini, bemorlarni parvarishlashning o‘ziga xosligini va 
rahbarlarni hurmatini ta’minlashni ta’minlaydi. Tibbiy etiket 
xodimlarni bir - birlariga qo‘pollik qilmasdan, o‘zaro hurmat 
bilan muloqotda bo‘lishlarini talab qiladi. Davolash va 
parvarishlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni, shifokorning xatti - 
harakatlarini bemorlar va ularning yaqinlari bilan muhokama 
qilish mumkin emas. 
Etiket tashqi ko‘rinishga ham e’tibor bilan qarashni talab 
etadi. Tibbiy - ijtimoiy xodim kasbini ko‘rsatib turuvchi toza va 
ozoda maxsus kiyim kiyishi qabul qilingan. Yorqin makiyaj va 
manikyur qilish, turli taqinchoqlar taqish taqiqlanadi. Turmak 
kalta bo‘lishi kerak. Agar soch o‘zun bo‘lsa, rezina yoki 
to‘g‘nag‘ich bilan yig‘ib, qalpoq ostiga tiqiladi. Esingizda tursin: 
sizning tashqi qiyofangiz professional mahoratli odamning 
ko‘rinishi sifatida baholanadi va obyekt, uning oilasining ilk 
taassurotiga va u bilan ishonchli munosabatlarni yaratishga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Tibbiy - ijtimoiy xodim va bemorlar o‘rtasidagi munosi-
batlar alohida ahamiyatga egadir. Tibbiy - ijtimoiy xodim 
bemorlarning salomatlik holati va ruhiyatini tushunishi va uning 
injiqliklariga nisbatan sabrli bo‘lishi lozimdir. Bemorlarga 


25 
bajarish imkoni bo‘lmagan ortiqcha va’dalarni bermang. Kasbiy 
etiket til topishish qiyin bo‘lgan bemorlar yuragiga yo‘l topishni 
talab qiladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin