O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
 
ETIKAGA XOS TUSHUNCHALAR 
 
Bemorlar bilan ish olib borayotgan ijtimoiy tibbiy xodim 
bemorda, bemor va bemorlar orasida, tibbiy-ijtimoiy xodim 
hamda bemor orasida bo‘ladigan salbiy holatlarga e’tiborni 
qaratishi lozimdir. Bu holatlar egogeniya, egroteginiya va 
yatrogeniya holatlari deyiladi. 
Egogeniya 
– bemorning o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishidir. 
Bu kasallik sabablarini bo‘rtirib ko‘rsatish, tushkunlikka tushish 
va boshqacha ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu holatlarga 
bemorlarning ruhiy emotsional holatidagi tushkunlik, diniy 
qarashlar, o‘limdan qo‘rqish va davolash - tashxis muolajalariga 
hadiksirab qarash sabab bo‘lishi mumkin. Egogeniyani oldini 
olishda tibbiy - ijtimoiy xodimning asosiy vazifasi bemorni 
tezda sog‘ayib ketishiga bo‘lgan ishonchini orttirishdir. 
Egroteginiya
– bemorlarning bir - biriga salbiy ta’siri bo‘lib, 
shifoxona sharoitida juda katta ahamiyatga ega. Bemorlar ko‘p 
hollarda bir-birlariga tibbiy xodimlarga qaraganda ko‘proq 
ishonadilar. Shuning uchun tibbiy - ijtimoiy xodim sharoitni 
yaxshi bilishi va bu holatni oldindan ko‘ra olishi kerak. 
Yatrogeniya 
– tibbiyot xodimlarining noto‘g‘ri xatti - hara-
katlari yoki munosibatlaridan keyin kelib chiqadigan holatlar 
(natijada kelib chiqadigan kasalliklar yatrogen kasalliklar 
deyiladi). 
Yatrogen kasalliklarga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
1.Kasallik tashxisi yoki natijasini shoshma-shosharlik bilan 
yoki isbotsiz bemorga ma’lum qilish. 
2.Noto‘g‘ri tashxis qo‘yish, davo muolajalarini noto‘g‘ri 
bajarish yoki bemorga noto‘g‘ri tushuntirish. 
3.Tibbiyot xodimlarining o‘z ishlariga mas’uliyatsiz qarashi. 
Bemorlarning qanchalik tez sog‘ayib ketishi tibbiy - xo-
dimlarining, tibbiy ijtimoiy xodimlarining o‘z ishlariga qancha-
lik mas’uliyat bilan yondoshishlariga bevosita bog‘liqdir. Bu esa 


26 
xodimlarning axloqiy qoidalarga rioya qilishlari va davolash 
jarayoniga to‘g‘ri tatbiq etishlarini talab etadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin