O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


O‘qitish turlari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
O‘qitish turlari quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
1. 
Tashqaridan berilgan axborotni sust qabul qilish
– bunda 
axborot tayyor holda tushuntiriladi, ko‘rsatib beriladi. Bemor-
dan takrorlash so‘raladi.
 
2. 
Axborotni faol qidirish va qo‘llash
– bunda bemor o‘z 
shaxsiy maqsadi va qiziqishlarini shakllantiruvchi subyekti deb 


38 
qaraladi. Bu bemorning ehtiyojlarini va qiziqishlarini qondi-
rishga qaratilgan tabiiy o‘z - o‘zini o‘qitishidir. 
3. 
Tashqaridan berilgan axborotni o‘zlashtirishni, qo‘llashni 
tashkil qilish
 
– bunda tibbiy xodim bemorga xulq - atvorning 
bir necha variantlarini (talab, kutish, imkoniyatlar) tavsiya eta-
di. Bemor va uning yaqinlari kerakli axborotni tanlab olib, 
qo‘llaydi. 
 
O‘qitish 5 bosqichda kechadi: 
 
Birinchi bosqichda –
bemor va uning oila a’zolarini ehtiyoj-
lari baholanadi. Ehtiyojlarni baholash uchun tibbiy xodim 
quyidagilarga e’tibor berishi kerak: 
1. Bemorning yashash tarzini baholash. 
2. Bemorning o‘zini - o‘zi parvarish qilishga, salomatlik ho-
latini yaxshilashga ehtiyojini, ya’ni bemorni nimalarga o‘rgatish 
kerakligini aniqlash; 
3. Bemorning ijtimoiy va madaniy holatini, uning o‘qitish 
jarayoniga ta’sirini, ya’ni kim va qanday qilib bemorni o‘qitadi 
degan savolni hal qilish. 
4. O‘qitilayotganlarni xususiyatlarini baholash: ruhiy rivojla-
nishi, o‘qitishga munosibati, diqqati, o‘qishga qiziqishi, tushu-
nishi va eslab qolishi. 
Ikkinchi bosqichda
– o‘qitish mazmuni aniqlab olinadi. 
Tibbiy xodim bemorning yetishmagan bilim, ko‘nikmalarini 
aniqlab, ularni hal qilishda qaysi professional xodimlar yordam 
berishi mumkinligini aniqlaydi.
O‘qitish mazmuni o‘qitishning individual rejasida aks etadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin