DAVOLASH- PROFILAKTIKA MUASSASALARIDA YURITILADIGAN ASOSIY HUJJATLAR Poliklinika xizmat muassasalarida yuritiladigan hujjatlar –
shu muassasa faoliyati haqida ham muhim ma’lumotlar be-
ruvchi yuridik hujjatlar bo‘lib, mahallada ishlash jarayonida,
patronajlar vaqtida bajarilgan barcha ishlar aholining poliklini-
kadagi hujjatlariga vaqtida qayd qilib borilishi zarur.
Poliklinik xizmat muassasalarining asosiy hujjatlariga quyi- dagilar kiradi: 1 . Ambulatoriya daftari bemorlarning poliklinikaga qatna-
yotganligi haqidagi asosiy hujjat bo‘lib, unda bemorning muro-
jaat qilganidan boshlab, barcha ma’lumotlar qayd qilinadi. Agar
bemor boshqa tuman yoki shaharga ko‘chib ketsa, ambulatoriya
daftari o‘sha joyga qarashli poliklinikaga jo‘natiladi. Ambula-
toriya daftaridagi yozuvlar kasallik tarixidagi yozuvlarga nisbatan
qisqa, kuzatuv varaqlari esa ko‘p bo‘ladi. Tibbiyot xodimi
ambulatoriya daftarchasiga laboratoriyaning barcha tekshirish
natijalarini tartib bilan yozib borishi, shuningdek, dispanser
hisobidagi bemorlarning o‘z vaqtida chaqirilishini tashkil qilishi
kerak.
Bemor
statsionarga
tushganida
ambulatoriya
daftari
davolovchi shifokorga beriladi, u ambulatoriya daftariga eng
muhim tekshirishlar bilan birga xulosa yozadi va uni bemor
statsionardan chiqqanidan so‘ng poliklinikaga qaytaradi.
Statsionarda bo‘lgan har bir bemor qo‘liga kasallik tashxisi
ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beriladi, kasallik tarixidan batafsil
ko‘chirma davolash muassasasining talabnomasi bo‘yicha
tuziladi va uni shu muassasaga pochta orqali jo‘natiladi.
2. Almashinuv daftari – bemorni statsionarga jo‘natishda
to‘ldiriladi. U 3 qismdan iborat bo‘lib: asosiy qismi polikli-
nikada qoladi, ikkinchi qismiga tashxis to‘g‘risidagi ma’lumot,
laboratoriya tekshiruvi natijalari, davolash tadbirlari yoziladi.
Uchunchi qismi esa statsionar shifokori tomonidan bemor
kasalxonadan chiqayotganida to‘ldiriladi.