O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
b) psixologik (ruhiy) ehtiyojlar
– deganda inson hayot fao-
liyati davrida shakllangan va insonning shaxsiy fazilatlarini 
ifodalaydigan ehtiyojlar tushuniladi. Jismoniy va ruhiy xavfsiz-
likka, turg‘unlikka, ishonchga, qo‘rquvdan yiroq bo‘lishga, 
qadrlanishga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, ko‘ngli tusagan ishi bilan 
shug‘ullanish, ijod qilish imkoniyati ruhiy ehtiyojlarga misol 
bo‘la oladi.
2. Universal ehtiyojlar
. Turli yosh va turli sharoitdagi bar-
cha kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyojlar bo‘lib, bu 
ehtiyojlar o‘zini-o‘zi parvarish qilish jarayonida hosil bo‘ladi, 
har bir odamning hayot tarziga xosligi bilan ajralib turadi. Har 
qanday sharoitda insonda asosiy fiziologik ehtiyojlar birinchi 
darajada ahamiyat kasb etadi.
 


53 
BEMORLARNI PARVARISHLASH MODELLARI 
XX asr boshlariga kelib, shifoxonalarda tibbiy xodimlarning 
yetishmasligi, parvarish ishlarining qoniqarli emasligi, tibbiyot 
xodimlarni tayyorlash va o‘qitish talab darajasida emasligi 
bemorlarni parvarish qilish haqidagi fikrlarni yanada boyitish 
kerakligini ko‘rsatib berdi. Ana shu maqsadda bemorlarni 
parvarish qilish maqsad va vazifalarini, parvarish qiluvchini 
faoliyat doirasini belgilab beruvchi bemorlarni parvarishlash 
modellari yaratila boshlandi. 
Model 
– andoza biror g‘oyani bajarish uchun namuna. Be-
morlarni parvarishlash modeli qo‘yilgan maqsadga yo‘naltiruv-
chidir. Bemorlarni parvarishlash ishini rivojlanishida modellar-
ning ahamiyati juda katta. Ular tibbiyot xodimi faoliyatiga 
boshqacha nazar solishga imkon beradi. Bemorlar parvarishi 
modeli biror parvarishni amalga oishrayotgan tibbiyot xodimiga 
o‘z fikrini jamlashga, parvarishni qay yo‘sinda tashkil etishga 
yordam beruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda bir 
qancha mualliflar taklif etgan modellardan foydalaniladi. Ular-
dan eng ommalashgani Virjiniya Xenderson modelidir. Bu 
model amerikalik hamshira V.Xenderson tomonidan yaratilgan 
bo‘lib, biologik, psixologik va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirili-
shiga qaratilgan. Ushbu model asosida parvarishni rejalashti-
rishda va amalga oshirish davrida bemor ishtiroki zaruriyligi 
ko‘rsatilib o‘tilgan.
V.Xendersonning fikricha odam sog‘lom yoki bemor bo‘li-
shidan qat’i nazar, asosiy ehtiyojlarga ega. Ular: 
1. Normal nafas olish. 
2. Kerakli miqdorda suyuqlik va ovqat iste’mol qilish. 
3. Fiziologik chiqindilarni chiqarish. 
4. Harakat qilish va kerakli holatni egallash. 
5. Uxlash va dam olish. 
6. Mustaqil yechinish va kiyinish, mavsumga qarab kiyim 
tanlash. 
7. Tana haroratini normal saqlash. 
8. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish. 
9. Boshqalarga xavf tug‘dirmasdan o‘z xavfsizligini ta’-
minlash. 


54 
10. O‘z fikri va hissiyotlarini bildirib boshqalar bilan mulo-
qotga kirishish. 
11. O‘z e’tiqodiga mos diniy marosimlarda ishtirok etish. 
12. Sevgan ishi bilan shug‘ullanish. 
13. Ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etib, dam olish. 
14. Normal rivojlanishga yordam beruvchi qiziquvchanlikni 
qondirish.
Hamma ehtiyojlarni qondirish va bemor to‘laligicha o‘ziga 
xizmat qilishiga erishish maqsadida tibbiy xodim oldiga uzoq 
muddatli maqsad qo‘yadi (qisqa muddatli va oraliq maqsadlar 
faqat shoshilinch holatlarda qo‘yiladi). Buzilgan ehtiyojlarni 
aniqlab olgach, bemor bilan parvarish shart - sharoitlarini 
aniqlab olinadi. 
Parvarish bemor salomatligini tiklash va tibbiy xodim oldiga 
qo‘ygan maqsadga erishishidan iborat bo‘ladi. Bemorlar 
parvarishi iloji boricha uning mustaqil ehtiyojlarini qondirishga 
qaratiladi. Bemor ehtiyojlarini qondirishni tibbiy xodim shifokor 
ko‘rsatmalarini bajarish bilan birga olib boriladi. Parvarish 
natijalariga baholashni buzilgan ehtiyojlarni qondirilganligini 
aniqlashdan boshlanadi. Agar qo‘yilgan maqsadga erishilmagan 
bo‘lsa, parvarish rejasini yangilanishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin