52
INSON EHTIYOJLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Inson organizmi normal faoliyat ko‘rsatishi va sog‘lom
bo‘lishi uchun uning hayotiy ehtiyojlari doimiy ravishda
qondirilishi lozim. Ushbu ehtiyojlarning birortasini qondirilmay
qolishi turli muammolarni
keltirib chiqarishiga, bu esa o‘z
navbatida biron organ va sistema ishidagi buzilishlarga olib
keladi. Natijada inson xastalanadi. Demak, inson kasal bo‘l-
masligi uchun uning barcha ehtiyojlari o‘z
vaqtida qondirilishi
lozim. Bemorlarning ehtiyojlarining qondirilishi esa ularning
tezda sog‘ayib ketishlariga yordam beradi.
Inson ehtiyojlari asosan quyidagilarga bo‘linadi:
1. Asosiy insoniy ehtiyojlar
– insonning tirikligini ta’minlab
beruvchi va salomatligini saqlashga qaratilgan omillarga bo‘lgan
ehtiyojlari bo‘lib, fiziologik va psixologik (ruhiy)
ehtiyojlarni
birlashtiradi;
a) asosiy fiziologik ehtiyojlar
–
deganda yashash uchun
zarur bo‘lgan – nafas olish,
ovqatlanish, uyqu, dam olish,
harakatlanish, fiziologik
ajratmalarni chiqarish, tana haroratini
normal saqlash, jinsiy faoliyat va boshqalar ko‘zda tutiladi;
Dostları ilə paylaş: