Tibbiyot-sanitariya qismi – DPM kompleksi bo‘lib, sanoat
korxonalari, qurilish yoki transport tashkilotlari xodimlariga va
ularning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljal-
langan. Ular tibbiy yordamni imkon qadar ish joyiga
yaqinlashtirishi kerak. Tibbiy-sanitariya qismi tuzilishi bo‘yicha
har xil bo‘ladi. Ular takibida poliklinika yoki ambulatoriya,
sog‘liqni saqlash punkti, kasalxona, sanatoriy-profilaktoriy va
boshqa davolash profilaktikasi muassasalari bo‘lib, ma’lum
korxonaning ishchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Tibbiyot-sanitariya – qismlarni ishining eng muhim yo‘na-
lishi ishchilarining salomatligi ustidan muntazam dispanser
kuzatuvi olib borish, kasalliklarning oldini olish va bosh-
lang‘ich davrlarini barvaqt aniqlash maqsadida profilaktika va
vaqtida tibbiy tekshiruv o‘tkazish, shuningdek, og‘ir kasallik
bilan xastalanib o‘tgan yoki surunkali kasalligi bo‘lgan ishchi-
larning salomatligiga ko‘ra ishga to‘g‘ri joylashtirish bo‘yicha
choralar ko‘rish hisoblanadi. Shuningdek, ishchilarni sog‘ligiga
salbiy ta’sir qiladigan barcha omillarni doimiy o‘rganish va
aniqlash: ma’muriyat kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda, sa-
nitariya-gigiyena mehnat sharoitini, ishchilar va xizmatchilarga
davolash-profilaktika xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha
tadbirlarning to‘liq rejasini ishlab chiqish ham bu qismning
faoliyat doirasiga kiradi.
Sog‘liqni saqlash punkti – poliklinika yoki tibbiyot-sani-
tariya punkti tarkibiga kiradi va alohida davolash -profilaktika
muassasasi hisoblanmaydi. U sanoat korxonalarida, oliy va o‘rta
maxsus o‘quv yurtlarida, qurilishlarda tashkil qilinadi. Bu yerda
shifokor, feldsher, hamshiralar faoliyat ko‘rsatib, shikastlanish,
zaharlanish, to‘satdan kasallanish hollarida birinchi malakali
tibbiy yordam ko‘rsatishi bilan birga, davo muolajalarini baja-
radi (yaralarni bog‘laydi, kompress, inyeksiya qiladi va hokazo),
48
ishchi va xizmatchilar o‘rtasida dispanser ko‘rigi o‘tkazish, pro-
filaktik emlash, sanitariya, oqartiruv kabi ishlarni olib boradi.