O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
Ichki faktorlar: 
• Jismoniy holat (qorin ochligi, charchaganlik). 


41 
• Emotsional holat (xavotirlik, shaxsiy ziddiyat va boshqa-
lar). 
• Eshitish davomidagi e’tiborsizlik (yaxshi eshitmaslik, e’ti-
bor bermaslik). 
Tashqi faktorlar: 
• Tashqi muhit (shovqin, xona harorati, yorug‘ligi). 
• So‘zlovchining nuqsonlari (til, jismoniy muammolar).
 
Faol eshitish strategiyalari: 
Eshitishga tayyorlaning: 
1. Sabrli bo‘ling, o‘qitilayotganlarga savolini to‘g‘ri tuzib 
olishiga imkon bering. 
• Emotsional va shaxsiy achchiqlanishni qaytaring va ustun 
keling. 
• Ifodalayotgan asosiy fikrni eshiting. 
• Diqqatingizni qatnashchi nima deyayotganiga qarating. 
2.Aytilayotgan hamma narsani eshiting: 
• Qatnashchi gapini aytib bo‘lguncha kutib turing. 
• O‘z fikringizni bildirishga qulay fursat kelmaguncha kuting. 
3. O‘qitilayotgan nima demoqchiligini aytib bering: 
• Xulosa qiling. 
• Aniqlashtiring. 
4. Qatnashchilarning savollari, izohlari va takliflariga tayyor 
turing. 


42 
Savol berish qobiliyati.
Savol berish quyidagi vazifalarni bajaradi: 
• O‘qitilayotganlarni berilgan mavzu yuzasidan bilimlarini 
bilishga yordam beradi. 
• O‘qitilayotganlarni o‘rgatish jarayoniga qatnashishiga 
chorlaydi. 
• O‘qitilayotganlarni o‘quv jarayonini qanday qabul qila-
yotganlari haqidagi munosabatlarini bilishga yordam beradi. 
• O‘qitilayotganlarga o‘quv jarayonini baholash va kerakli 
joylarga qo‘shimcha kiritish imkoniyatini beradi. 
Taqdimotdan oldin tarqatma materiallarini tayyorlash va 
ko‘rib chiqish, taqdimotni mashq qilib ko‘rish, ulardan foyda-
lanadigan joyni hozirlash kattalarni o‘qitishga tayyorgarlikning 
samaradorligini oshiradi. 
Tarqatma materiallarini tayyorlashda va tanlashda qatnash-
chilar ehtiyoji va xarakteriga e’tibor berish tavsiya etiladi. Pla-
katlarni hammaga ko‘rinadigan joyga osish, flipchart tayyor-
laganda rangli markerlardan foydalanish, yozuvlarni oson 
o‘qilishiga erishishga alohida harakat qilish lozim. Tarqatma 
material tayyorlaganda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan qism-
larni qizil rangda yoziladi. Bitta flipchartga ko‘pi bilan bitta 
asosiy fikrni va to‘rtta kichik punktni yozish mumkin. Ma’lu-
motlarni 6 yoki undan kam qatorga joylashtiriladi. Ma’ruza 
vaqtida e’tiborni chalg‘itmasligi uchun boshqa mavzular haqida 
gapirganda plakatlarni o‘girib qo‘ying. Qatnashuvchilar plakat-


43 
larni ko‘rishga qiynalganda ularni qo‘lda ko‘tarib, qatnashuv-
chilar oldiga yaqin olib borish mumkin. Qatnashuvchilarga orqa 
bilan turish tavsiya etilmaydi. To‘sib qo‘ymaslik uchun 
plakatlarni yon tarafida turiladi. Iloji bo‘lsa bir tibbiy xodim 
o‘qitish ishlarini olib borayotganda yordamchi kerakli flipchart 
va plakatlarni osib turgani ma’qul. Transporantlarni almash-
tirishdan oldin qatnashchilarni ularni o‘qishlari va kerakli 
joylarini yozib olishlariga imkon beriladi. Kichik tarqatma va 
bukletlarni qatnashuvchilar qo‘llariga tarqatib, iloji bo‘lsa 
o‘zlarida qolishiga harakat qilinadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin