O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102
KATTA YOSHDAGI AHOLINI O‘QITISH 
 
Tibbiy - ijtimoiy xodimlarning asosiy vazifalaridan biri aho-
liga sog‘lom turmush tarzi haqida o‘qitish ishlarini olib borish-
dir. Bunda tibbiy - ijtimoiy xodim o‘qitish ishlarini katta 
yoshdagi aholi orasida olib boradi. Kattalarni o‘qitish – bu 
bemorning o‘z muammolarini yechish uchun bilim va ko‘nik-
malari yetishmaganda tibbiy ijtimoiy xodim tomonidan tashkil 
etiladigan jarayondir. O‘qitishning asosiy maqsadi bemorning 
ehtiyojlarni buzilishida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga o‘rgatish, 
hayotga qiziqishini qaytarish, salomatligini yaxshilashga yordam 
berish yoki o‘zgargan holatiga moslashishiga yordam berishdir. 
Bemor va uning yaqinlarini o‘qitishning asosini bemor salo-
matligini ma’lum holatda ushlab turish, bemor uchun kasalligi 
natijasida kelib chiqqan holatida munosib hayot bilan ta’min-
lash tashkil etadi. Bemorni o‘qitishda asosiy e’tibor tibbiy-
ijtimoiy xodim yordamida organizmning yo‘qotgan faoliyatini 
tiklash va shaxsning tashqi muhit bilan mutanosibligini tiklashga 
qaratiladi. 
Tibbiy-ijtimoiy xodim bemorni o‘qitganda o‘qitish samarali 
bo‘lishi uchun o‘qitish sohalarini yaxshi bilishi kerak. 
1. 
Bilish 
– bemorning tashqi muhitdan olgan bilimlarini, 
taassurotlari yordamida tahlil qilishi, fikr qilishidir. 
2. 
Emotsional 
– shaxsning emotsional xususiyatlarini: ta’sir-
chanlik, qo‘rslik, ochiqlik va boshqalarni ifodalaydi. 
3. 
Psixomator soha
– shaxsning nerv - ruhiy va somatik ka-
salliklar natijasida kelib chiqadigan psixomator rivojlanish 
darajasini, umumiy holatini shaxs kayfiyati, sezgilari va harakat 
faolligiga ta’siridir. 
4. 
Ijtimoiy-ruhiy soha
– shaxsning fuqarolik dunyoqarashini, 
uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarini, ya’ni ongini, o‘z-o‘ziga 
baho berishi, o‘qitishga nisbatan tirishqoqligini aks ettiradi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin