O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102
SOG‘LOM TURMUSH TARZI TALABLARI
VA KASALLIKLARNING OLDINI OLISH 
 
Turmush tarzi
– insonning hayotdagi yashashi, mehnat qili-
shi, dam olishi, davolanishi va boshqalarni o‘z ichiga olgan 
tushunchadir. Uning tarkibiy qismlariga insonning ijtimoiy-
siyosiy, ishlab chiqarish va undan tashqari vaqtdagi faoliyati, 
ijtimoiy-madaniy faoliyati hamda tibbiy faollik kiradi. Inson o‘z 
hayoti davomida turli salbiy ta’sirlarga, turli sharoit va nojo‘ya 
holatlarga tushib qolishi mumkin. Bular esa aholini salomatlik 
haqidagi bilimlarini oshirishga, sog‘lom turmush tarziga rioya 
qilishga undashni taqozo qiladi.
Sog‘lom turmush tarzi keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, u 
quyidagi faollikni talab qiladi: 
1) unumli mehnat qilish; 
2) faol dam olish; 
3) to‘g‘ri ovqatlanish; 
4) doimiy jismoniy harakat; 
5) organizmni chiniqtirish; 
 
Surunkali kasalliklar 
Uzoq davom etuvchi va 
cheklangan hayot faoliyatini 
talab qiluvchi kasalliklar 
(parhez, yotoq tartibi, 
cheklangan jismoniy harakat) 
O‘limga olib keluvchi og‘ir 
kasalliklar 


34 
6) shaxsiy va psixogigiyena qoidalariga rioya qilish; 
7) zararli odatlardan o‘zini tiyish; 
8) o‘z vaqtida dispanser ko‘rigidan o‘tib turish. 
Inson o‘z hayotidan qoniqishida unumli mehnat qilishi 
muhim o‘rin egallaydi. Insonning jamiyatda o‘z o‘rni bo‘lishi, 
o‘z mehnatidan qoniqishi, boshqalarning bu mehnat mevalar-
dan bahramand bo‘lishi uning o‘z-o‘ziga berishi mumkin bo‘l-
gan bahoni oshiradi. Mehnat qilishning asosiy sababi odam-
larning hayoti va oilasi uchun pul topish hisoblanadi. Lekin shu 
bilan birga ko‘pchilik odamlar o‘z bajaradigan ishlaridan 
huzurlanadilar.
Inson normal hayot kechirishda faol dam olish muhim 
ahamiyatga egadir. Ko‘pchilik dam olish deganda televizor 
oldida hordiq chiqarishni tushunadilar. Lekin og‘ir mehnat 
kunidan so‘ng organizm kuchini tiklash uchun faol dam olish 
tavsiya etiladi. Faol dam olish deganda teatr va muzeylarga, 
ko‘rgazmalarga, sport musobaqalariga tashrif buyurish, tog‘ va 
adir yon bag‘rilarida dam olish tushuniladi. Agar kishining biror 
qiziqqan xobbisi bo‘lsa, u bilan shug‘ullanish unga huzur 
bag‘ishlasa, keyinchalik ish faoliyatida ham unum bo‘ladi.
Salomatlikni uzoq vaqt saqlab turishi uchun to‘g‘ri ovqat-
lanish lozimdir. To‘g‘ri ovqatlanish deganda kishining mehnat 
tarzi, yoshi, jinsi va boshqa omillarni hisobga olgan holda 
ovqatlanish tushuniladi. To‘g‘ri ovqatlanish insonning hayot 
faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tashqi muhit salbiy omillariga 
chidamini oshiradi, yuqori himoya qobiliyatini ta’minlaydi. 
To‘g‘ri ovqatlanishda quyidagi shartlarga amal qilish zarur: 
• ovqatning ratsioniga (ovqat tarkibida yog‘, oqsil va ugle-
vodlar kerakli nisbatda bo‘lishi va sarflangan energiyani to‘la 
qoplashi kerak); 
• ovqat tarkibining sifatiga (har kuni inson ovqati turlicha 
bo‘lishi kerak bo‘lib, ovqat tarkibida turli xil unli va yormali 
mahsulotlar, sabzavot va mevalar, go‘sht va sut mahsulotlari 
bo‘lishi kerak); 
• ovqatlanish tartibiga; (kun davomida 3 yoki 4 marta 
ovqatlanish maqsadga muvofiqdir. Bunda kundalik ovqatning 
20–25 % i nonushtaga, 30–35 % i tushlikka, 10–15 % tolma-
choyga va 20–25 % i kechki ovqatga taqsimlanadi; 


35 
• oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshi tayyorlanishi va saqla-
nishi (ovqatlarni tayyorlash davrida kerakli texnologiyalarga rio-
ya qilish, eng asosiysi tayyorlanayotgan ovqat tarkibida kerakli 
vitamin va tarkibiy qismlarni saqlanib qolishiga harakat qilish 
muhimdir.
Sog‘lom turmush tarzining tarkibiy qismlaridan biri doimiy 
jismoniy harakat bilan shug‘ullanishdir. Bunda organ va siste-
malarga kelgan qon miqdori oshadi, buzilgan faoliyati me’yor-
lashadi, skelet va mushaklar rivojlanib, qaddi-qomatini raso 
qiladi. Kundalik hayot davomida badantarbiya qilish, sport bilan 
shug‘ullanish salomatlikka ijobiy ta’sir qiladi. Jismoniy harakat-
lar bilan shug‘ullanishni asta-sekinlik bilan boshlab, muntazam 
shug‘ullanish, organizmning individualligini hisobga olish zarurdir.
Hozirgi kunda odamlar orasida ko‘p uchrayotgan muam-
molardan biri – ortiqcha vazndir. Rivojlangan mamlakatlarda 
ortiqcha vaznli odamlar umumiy aholining 60% ini tashkil 
qiladi. Bu holatni oldini olish uchun to‘g‘ri ovqatlanish, doimiy 
jismoniy harakat bilan shug‘ullanish va vaznni doimo nazorat 
qilib borish zarurdir. Normal vazn ko‘rsatkichini topish uchun 
Ketli indeksidan foydalaniladi. Buning uchun bo‘y uzunligining 
kvadratini vaznga nisbati olinadi. Normal Ketli indeksi 25 ga 
teng. Bu ko‘rsatkichning 26 va undan yuqori bo‘lishi ortiqcha 
vaznni bildiradi. 
Inson sog‘lom bo‘lishi uchun o‘z organizmini doimo 
chiniqtirib borishi kerak. Chiniqtirish organizmni noqulay iqlim 
sharoitlariga chidamini oshiradi. Sust va faol chiniqtirish tafovut 


36 
qilinadi. Sust chiniqish odamga bog‘liq bo‘lmagan holda kechib, 
yozda yengil kiyinish va yalangoyoq yurish, suv havzalarida cho‘-
milish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Faol chiniqishda sun’iy 
ravishda hosil qilingan, qat’iy taqsimlangan turli omillardan 
foydalaniladi. Faol chiniqtirishga maxsus mashqlar kiradi. Or-
ganizmni chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlab, muntazam 
davom ettirish, eng asosiysi organizmning individualligini 
hisobga olish muhimdir. 
Tozalikka rioya qilish salomatlik shartlaridan biridir. Shaxsiy 
gigiyenaga rioya qilish ko‘pgina yuqumli kasalliklarning oldini 
oladi. Oddiygina qo‘lni to‘g‘ri yuvish orqali juda ko‘p bakteri-
yalarni yo‘qotish mumkin. Bu esa o‘tkir ichak infeksiyalari, 
ichketar, gepatit, gijja va boshqa kasalliklarning oldini olish 
demakdir. 
Zararli odatlarga chekish, alkogol va narkotik moddalar 
qabul qilish va boshqalar kiradi. Bu odatlar organizmga salbiy 
ta’sir qilib, inson umrini sezilarli darajada qisqartiradi. 
Kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish sog‘lom turmush 
tarzi talablaridan biri bo‘lib, shu maqsadda aholi doimiy dis-
panserizatsiya ko‘rigidan o‘tib turishi lozim. Dispanserizatsiya 
ko‘riklarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) kasalliklarni erta aniqlash va davolash; 
2) konsultatsiyalar o‘tkazish; 
3) kasallanish va o‘lim sabablarini o‘rganish; 
4) umumiy tarmoq shifokoriga tashkiliy-uslubiy yordam 
ko‘rsatish. 
Sog‘lom turmush tarzi aholi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘r-
satadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda, 
kasalliklarni oldini olish va tibbiy madaniyatni namoyon qilish-
da tibbiy, ijtimoiy va matbuot xodimlari birgalikda ish olib 
borishlari zarur. Bu sohada tibbiy-ijtimoiy xodimlarga qo‘shim-
cha mas’uliyat yuklanadi. Ular aholi o‘rtasida tibbiy madani-
yatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida 
tushuntirish va o‘qitish ishlarini olib borishlari, eng asosiysi bu 
borada shaxsiy namuna ko‘rsatishlari zarur. 


37 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin