O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


SOG‘LIQNI SAQLASH KO‘RSATKICHLARI



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102
SOG‘LIQNI SAQLASH KO‘RSATKICHLARI
VA DEMOGRAFIYA 
Sog‘liqni saqlash statistikasi. Statistika (lotincha status–holat, 
ahvol so‘zidan olingan). Sog‘liqni saqlash statistikasi bitta shaxs va 
odamlar guruhi salomatlik holatini aniqlaydi va bu ahvolga ta’sir 
qiluvchi Sog‘liqni saqlash muhitining haqiqiy holatini o‘rganadi. 
Sog‘liqni saqlash statistikasi demografik statistika, kasalliklar 
statistikasi va uy-joy sharoiti statistikasiga bo‘linadi. 
Demografik statistikaga tug‘ilish, o‘lim, kasallanish ko‘rsat-
kichlari kiradi.
Tug‘ilish
– yil davomida tug‘ilganlar sonining 1000 aholi 
soniga olingan nisbati bo‘lib, hozirgi kunda bu nisbat 15 dan 25 
foizgacha o‘zgarib turadi. Tug‘ilish ko‘rsatkichi qishloqlarda 
shahardagiga qaraganida ko‘pdir. 
O‘lim
– yil davomida o‘lganlar sonining 1000 aholi soniga 
olingan nisbati bo‘lib, hozirgi kunda bu nisbat 9 dan 15 foizni 
tashkil qiladi. Hozirgi kunda yurtimizda ayollar va bolalar o‘limini 
kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar so‘nggi yillarda 
onalar o‘limini 2 va bolalar o‘limini 3 barobar kamayishiga sabab 
bo‘ldi. Bunga asosan aholining tibbiy madaniyatini oshishi, repro-
duktiv salomatlikni mustahkamlash va kontratsepsiya vositalardan 
foyda-lanishni ommalashgani sabab bo‘ldi. 
Kasallanish –
aholi salomatligining izdan chiqish hollari, bu 
aholi salomatligiga baho berishda katta ahamiyatga ega. Kasal-
lanish haqidagi ma’lumotlar quyidagi manbalardan olinadi: 
1) davolash profilaktika muassasalariga murojaat etishlariga 
qarab; 
2) tibbiy ko‘rik natijalariga qarab;
3) o‘lim sabablariga qarab. 
Aholi salomatligining ko‘rsatkishlariga tayangan holda 
aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish strategiyasi ishlab chiqiladi.
SALOMATLIKKA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR 
 
Inson salomatligini quyidagi faktorlar belgilaydi: 
• biologik (nasliy, konstitutsiya, temperament va boshqalar); 
• tabiiy (iqlim, ob - havo, yashash joy tabiati); 


32 
• tashqi atrof-muhit holati; 
• ijtimoiy - iqtisodiy; 
• sog‘liqni saqlash darajasi. 
Salomatlik yashash tarziga – 50%, tashqi atrof-muhit 
holatiga – 15–20%, nasliga – 20%, sog‘liqni saqlash darajasiga 
(Sog‘liqni saqlash muassasalarining faoliyati darajasi) – 10% 
bog‘liq bo‘lishi aniqlangan.
Sog‘liqni saqlash statistikasi, bitta shaxs va odamlar guruhi 
sog‘lig‘ini aniqlaydi va bu ahvolga ta’sir qiluvchi Sog‘liqni 
saqlash muhitining haqiqiy holatini o‘rganadi. Sog‘liqni saqlash 
statistikasi Sog‘liqni saqlash faoliyatining baholanishi va yo‘na-
lishlarini aniqlashda asosiy material hisoblanadi. U demografik 
statistika, kasalliklar satatistikasi va uy-joy sharoitlari statistika-
siga bo‘linadi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin