30
Individual va jamiyat salomatligi tafovut qiladi. Jamiyat
salomatligi tug‘ilish, o‘lish, bolalar o‘limi, jismoniy rivojlanish
darajasi, shikastlanish, nogironlik, o‘rtacha
hayot davomiyligi
kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanib, bu ko‘rsatkichlar tashqi
atrof-muhit, mehnat sharoiti va og‘irligi, ish kunining davo-
miyligi, ish haqining miqdori, oziq - ovqatlar, kiyim,
yashash
joyi bilan ta’minlanish va sog‘liqni saqlash darajasiga bevosita
bog‘liq bo‘ladi.
1984-yili BSST salomatlikka
«
Har bir inson yoki insonlar
guruhi o‘z istak va ehtiyojlarini qondira olishlari bilan birga
tashqi atrof-muhitga ta’sir o‘tkazishlari va o‘zgartira olishlaridir.
Salomatlik yashash maqsadi emas,
kundalik hayot manbayi
hisoblanishi hamda ijtimoiy va shaxsiy zaxiralar va jismoniy
imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan ijobiy tizimni tashkil etishi
kerak. Mustahkam salomatlik insonlarga to‘laqonli hayot
kechirishlari, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga yordam
beribgina qolmay, ular yashayotgan jamiyatning madaniy,
iqtisodiy va ijtimoiy gullab yashnashi imkoniyatini beradi.
Hayot insonning tug‘ilish,
yetuklik, qarilik va o‘lim orasi-
dagi biologik yo‘li bo‘lib qolmay, bu yo‘l davomida hayotdan
qoniqib yashashidir. Hayot o‘tmish, hozir va kelajakdan iborat
bo‘lib, odamlar tajribasi, ularning o‘zaro, tevarak-atrof va
kelajak avlod munosibati bilan ifodalanadi.
BSST inson salomat bo‘lishi quyidagilarga bog‘liq ekanli-
gini aniqlagan:
Salomatlik
shartlari
Oqar suv bi-
lan ta’minlash
va
sanitariya
Yashash
uchun
sharoit
Xavfsiz ish joyi
va jamoadagi
foydali o‘rin
Boshlang‘ich
ta’lim
Hamma
uchun bir
xil sharoit
Asosiy
ehtiyojlarning
qondirilishi
Siyosiy erkinlik va
jamoaning
qo‘llab-quvvatlashi
Tinchlik va
xotirjamlik
Oziq-
ovqatlar