Tibbiy tez yordam stansiyalariga aholiga kechayu kunduz
tibbiy tez yordam ko‘rsatuvchi davolash profilaktika muas-
sasalari bo‘lib, bemorlar hayotiga xavf soluvchi holatlarda shifo-
xonagacha bo‘lgan davrda (insult, miokard infarktida, shikast-
lanish, yaralanish, zaharlanishda, qon ketishida va boshqalarda)
va tug‘ruqni qabul qilishda tibbiy yordam ko‘rsatiladi, shuning-
dek, tibbiy tez yordam stansiyasi xizmatchilari tibbiy xizmat
transportida homiladorlarni tug‘ruqxonaga olib borishga, shifo-
xonaga yotqizishga muhtoj bemorlarni tashishga ham mas’uldir.
Tibbiy tez yordam stansiyalarida bitta shifokor, bitta yoki ikkita
feldsherdan iborat brigada xizmat qiladi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalariga repro-
duksiya markazlari, tug‘ruqxonalar va bolalar uylari kiradi.
Tug‘ruqni qabul qilish sifatini yaxshilash maqsadida tug‘ruq-
xonalar va ayollar maslahatxonalari bilan bog‘lanib, mahalla
hududiy usulda ish olib boradi. Ayollar maslahatxonasi tug‘ruq-
xona yoki poliklinikasining bir bo‘limi hisoblanadi. U yerda
ginekologik kasalligi bor ayollarni aniqlash, dispanser ko‘rigidan
o‘tkazish, homiladorlarni hisobga olish va zarur bo‘lsa davolash
ishlari olib boriladi. Hamshira homilador ayollarni patronaj
qiladi, sanitariya-oqartuv ishlari bilan shug‘ullanadi, ayolning
shaxsiy gigiyenasini, chaqaloqni parvarish qilishni o‘rgatadi.
Sanatoriy-kurort turidagi muassasalariga sanatoriy-profilak-
toriy, bolalar sanatoriylari kiradi. Ularning ishlash faoliyati
bemorlarni tabiiy shifo omillari (havo, mineral suvlar, balchiq
bilan davolash), shuningdek, parhez, fizioterapiya va davolash
fizkulturasi bilan muolaja qilishga asoslangan.
Sanatoriyda bemorlar ambulatoriya kurslarini ham o‘tadi.
Profilaktoriy yirik ishlab chiqarish korxonalari qoshida tu-
zilib, xodimlarni ishdan bo‘sh vaqtlarda davolash va kasallik-
larning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Sanatoriy-profilaktoriy hamshiralarining ish faoliyati ham
poliklinika, shifoxona hamshiralarining faoliyatiga o‘xshash.