O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Javobgarlik 
– tibbiy ijtimoiy xodimning o‘z vazifasini 
bajarish davomida o‘z zimmasidagi majburiyatlarni to‘la ado 
etish bilan ifodalanadi. Bu majburiyatlarga saranjom-sarishtalik, 
mas’uliyatlilik, o‘z zimmasidagi vazifalarini to‘la ado etish va 
boshqalar kiradi. 
Qadr - qimmat
– bu o‘z kasbini ijtimoiy anglashi, kasbiga 
bo‘lgan muhabbati, o‘z kasbi bilan g‘ururlanishi bilan birga o‘z 
kasbiy bilimlarini, ish malakasini doimiy oshirishga intilishidir. 


21 
Tibbiyotning yirik arboblari kasb qadr - qimmatini doimo 
baland saqlaganlar. Bu xalqlarning tibbiyot xodimlariga zo‘r 
ishonch bilan qarashiga sabab bo‘lgan. 
Vijdon 
– bu kishilarning ichki axloqiy o‘z - o‘zini anglashi, 
o‘z xulqi uchun javobgarlikni his qilishi, o‘z fikriga, tuyg‘ulariga 
va xatti - harakatlariga jamiyat tomonidan amal qilinadigan 
axloq normalariga nisbatan baho berishidir.
Nomus
– umumiy ma’noda kishining ijtimoiy ahamiyatini, 
ongliligini, ya’ni o‘z obro‘si va shuhratini, o‘z qadr-qimmatini 
saqlashga intilishini ifodalaydi. 
Tibbiy xodimga nafaqat o‘z salomatligini, balki o‘z hayotini 
ishonib topshirgan bemor o‘z vaqtida samarali tibbiy yordam 
olishga umidvor bo‘ladi. Shuning uchun u tibbiy xodimlarning 
yuqori kasbiy mahoratiga, mehriga, shafqatiga ishonchi komil 
bo‘lishi kerak. Tibbiy etika asoschilaridan biri Buqrot o‘z 
asarlarida tibbiyot xodimlari nafaqat davolashlari, balki yuqori 
etik me’yorlariga rioya qilishlari zarurligini qayd qilgan. U o‘z 
asarlarida (
«
Qasamyod
»

«
Qonun
»

«
Vrachlar haqida
»
) tibbiy 
etika tamoyillarga to‘xtalib o‘tgan. 
Tibbiy deontologiya
(grekcha deon, deontos – zarur, lozim 
bo‘lgan) tibbiy xodimlarning kasbiy majburiyati haqidagi fandir. 
Tibbiy xodim o‘z vazifasini bajarishi davrida samimiy va ochiq 
ko‘ngil bo‘lishi bilan birga hamma muammolarni tibbiy 
deontologiya haqidagi bilimlariga asoslangan holda hal qilishi, 
kerak bo‘lsa tibbiy xodim va mijoz o‘rtasidagi huquqiy jihatlarga 
tayanishi kerak.
Tibbiyotning to‘xtamay rivojlanishi va aholi bilimlarining 
o‘sishi tibbiy deontologiyaning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. 
Shunday qilib, tibbiy xodimning shaxs bo‘lib yetishishi quyida-
gilarga bog‘liqdir: 
• maxsus bilimlar; 
• maxsus ko‘nikmalar; 
• o‘ziga xos tibbiy xarakter, mushohada uslubi va xulq - 
atvor. 
Tibbiy-ijtimoiy xodimning har kunlik faoliyati samimiylik, 
hozirjavoblik, mehribonlik, qayg‘urish va diqqatni talab etadi. 
Og‘ir bemorni parvarish qilishda tibbiy - ijtimoiy xodimlarga 
tugalmas sabr va o‘zganing og‘irini yurakdan his qilish zarurdir. 


22 
Tibbiy-ijtimoiy xodimning asosiy vazifasi: salomatlikni mustah-
kamlash, kasalliklarni oldini olish, salomatlikni tiklash va bemor 
azoblarini yengillashtirishdir. Tibbiy-ijtimoiy xodim hayotga 
hurmat bilan qarashi, har bir insonning millatidan, irqidan, 
yoshidan, jinsidan, siyosiy qarashidan va ijtimoiy kelib 
chiqishidan qat’i nazar hurmat qilishi lozimdir. O‘z majbu-
riyatini bajara turib, tibbiy - ijtimoiy xodim o‘z xatti - harakati 
bilan shu kasbga nisbatan hurmat uyg‘ota olishi kerak.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin