20
TIBBIY - IJTIMOIY XODIM ODOBI, UNING AXLOQIY
VA MA’NAVIY, HUQUQIY MAS’ULIYATI
Etika
(grekcha aethos – yurish - turish, axloq) –
falsafiy
fan bo‘lib, axloq va axloqiy muammolarni o‘rganadi. Kasbiy eti-
ka bu kasbiy faoliyat jarayonidagi xulq-atvor tamoyillari hisob-
lanadi.
«
Tibbiy etika
»
ning ikki yo‘nalishi bo‘lib, birinchisida
kasbiy tibbiy axloq va tibbiy amaliyotni
boshqarib turadigan
axloqiy munosibatlar aks etsa, ikkinchisida ilmiy fan sifatida
kasbiy axloqni o‘rganadi. Tibbiyotda
axloqiy munosibatlarning
o‘ziga xos xususiyati shuki – tibbiy xodimlar kasbiy faoliyat-
larida salomatlik va kasallik, insonning og‘riq va azoblariga
bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatadilar.
Shuning uchun ular avvalo
bemor, vaqti kelsa jamiyat uchun beminnat xizmat qiladilar.
Axloq
– bu odamlarning jamiyatdagi o‘zlarini tuta bilish
qoidalari bo‘lib, jamoaning hayot tarziga va jamiyatning
iqtisodiy rivojlanishiga o‘zaro bog‘liqdir. Axloq odamlar orasida
munosabatlarni va ma’lum ijtimoiy tizimini belgilaydi.
Axloqiy
tushunchalaridan biri burchdir.
Burch
– odamlarga, jamiyatlarga nisbatan o‘z majburiyat-
larini bajarishdir. O‘rta tibbiy xodimning burchi –
uning
bemorlar, hamkasblari va jamoa bilan tarixan shakllangan
munosibatlari bo‘lib, bu nafaqat bemorga nisbatan o‘z burch-
larini
sidqidildan bajarishi, balki boshqa odamlar salomatligi
haqida qayg‘urish, profilaktik tadbirlar va sanitariya targ‘ibot
tadbirlarini o‘tkazish, tibbiy sirni saqlash, millati, irqi,
siyosiy
qarashi va dinidan qat’i nazar bemorga yordam ko‘rsatishidir.
Dostları ilə paylaş: