O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


Muhimlik tartibi quyidagicha aniqlanadi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102
Muhimlik tartibi quyidagicha aniqlanadi: 
1. Bemorni eng ko‘p nima bezovta qiladi, qanday yordamni 
olishni xohlaydi. 
2. Oilada nima ko‘p bezovta qiladi va qanday yordam 
olishni xohlaydi. 
3. Bemor va uning oilasi o‘rtasida kelishmovchilik yo‘qmi, 
ular kelishmovchiligi nimadan iborat. 
4. Tibbiy-ijtimoiy xodim professional nuqtayi nazaridan 
nimani muammo deb hisoblaydi. 
5. Muammoni tushunish va tibbiy ijtimoiy xodim bemorni 
xohlaydigan parvarish va muammoni tushunish, bemor va uning 
oilasi talab qilinadigan parvarish o‘rtasida farq bormi, bo‘lsa 
nimadan iborat. 
 
Parvarish rejasini tuzish 
Reja tuzish bu aniqlangan muammolarni hal qilish uchun 
uydagi muayyan parvarishning amaliy rejasining tuzishdir. 
Rejaning tarkibi: 
1.Muammoni hal qilish uchun maqsad (qisqa va uzoq 
muddatli)ni o‘rnatish. 
2.Maqsadga erishish bo‘yicha vaqtni taqsimlash. 
3.Hal qilish shahobchalarini aniqlash. 
Reja tuzishning asosiy jihatlari: 
1. Tanlov va bemor hamda uning oila a’zolarining roziligi. 
2. Mustaqillikni rivojlantirish. 
3. Xavf va nazorat. 
4. Amalga oshirish. 
Bemor parvarishi tuzilgan reja asosida amalga oshirish. 
Uyga tashrifni amalga oshirishdan oldin tibbiy-ijtimoiy xodim 
oldindan telefon orqali xabar qiladi va tashrif maqsadini aytib
tashrif kuni va vaqtini belgilaydi. 


19 
1. Zarur uskuna va tibbiy anjomlarni yig‘ish. Jihozlar tashrif 
maqsadi bemor holati va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
yig‘iladi. 
2. Tibbiy-ijtimoiy xodim xizmatlarini taqdim etish. 
Uyga tashrifning yana bir muhim xususiyati bemor va uning 
oila a’zolarini o‘qitishdir. Bunda u kattalarni o‘qitishning 
xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi. 
 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin