130
Nazorat savollari:
1. Og‘ir va umidsiz bemorlar bilan muloqotda etiko - deon-
tologik qoidalariga rioya qilish xususiyatlari qanday?
2. Umidsiz bemor va uning oila a’zolariga
ruhiy yordam
ko‘rsatish xususiyatlarini sanab bering.
3. Palliativ tibbiyotning xususiyatlari qanday bo‘lishi kerak?
4. O‘lim holatidagi bemor va uning oila a’zolariga ruhiy
yordam ko‘rsatish xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Qayg‘u holatida emotsional bosqichlarni sanab bering.
6. Terminal holat qanday bosqichlarda o‘tadi?
7. Klinik va biologik o‘lim belgilari qanday?
8. Nafas yo‘llarini obstruksiyasi
belgilarini sanab, birinchi
yordam qanday ko‘rsatilishini aytib bering.
9. Jonlantirish tadbirlarini samarali o‘tkazish
nimalarga
bog‘liq?
131
TAYANCH IBORALAR
1.
Patronaj
fransuzcha (patron – homiy, homiylik) tibbiy
ijtimoiy yordam turi bo‘lib, uyda amalga oshiriladi.
2.
Uydagi patronaj
– shaxs va uning oilasiga uyda bevosita
va maishiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy faoliyatdir.
3.
Axloq
– bu odamlarning jamiyatdagi o‘zlarini tuta bilish
qoidalari bo‘lib, jamoaning hayot tarziga va jamiyatning iqtiso-
diy rivojlanishiga o‘zaro bog‘liqdir.
4.
Burch
– odamlarga, jamiyatlarga nisbatan o‘z majbu-
riyatlarini bajarishdir.
5.
Javobgarlik
– tibbiy-ijtimoiy xodimning o‘z
vazifasini
bajarish davomida o‘z zimmasidagi majburiyatlarni to‘la ado
etish bilan ifodalanadi.
6.
Qadr - qimmat
– bu o‘z kasbini ijtimoiy anglashi, kasbi-
ga bo‘lgan muhabbati, o‘z kasbidan g‘ururlanishi bilan birga o‘z
kasbiy bilimlarini, ish malakasini doimiy oshirishga intilishidir.
7.
Vijdon
– bu kishilarning ichki axloqiy o‘z-o‘zini angla-
shi, o‘z xulqi uchun
javobgarlikni his qilishi, o‘z fikriga,
tuyg‘ulariga va xatti-harakatlariga jamiyat tomonidan amal
qilinadigan axloq normalariga nisbatan baho berishidir.
8.
Nomus
– umumiy ma’noda
kishining ijtimoiy ahami-
yatini, ongliligini, ya’ni o‘z obro‘si
va shuhratini, o‘z qadr-
qimmatini saqlashga intilishini ifodalaydi.
9.
Dostları ilə paylaş: