O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova


BIOLOGIK O‘LIM VA MURDANI SARANJOMLASH



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
 
BIOLOGIK O‘LIM VA MURDANI SARANJOMLASH 
 
Shoshilinch holatlar yoki kasalliklar natijasida bemorni 
saqlab qolishni iloji bo‘lmaganda avval klinik o‘lim, so‘ngra 
biologik o‘lim sodir bo‘ladi. Klinik o‘limning davom etishi 
muddati bosh miya va yurak qon tomir tizimi faoliyatining 
qaytadan tiklanishiga hamda shoshilinch holatning og‘ir-
yengillaigiga bog‘liq. Aniq va to‘g‘ri olib borilgan reanimatsiya 
tadbirlari bemorlarni hayotga qaytara olishi mumkin. Aksariyat 
hollarda bu tadbirlar bosh miya faoliyati, qon aylanishi va nafas 


129 
funksiyasining tiklanishiga olib kelmasligi ham mumkin. Bunday 
hollarda biologik o‘lim yuz beradi. Biologik o‘lim belgilari: 

Nafas olishning batamom to‘xtashi. 

Puls va yurak urushining bo‘lmasligi. 

Teri qoplamlarining murdaga xos oqarishi. 

Muskullarning bo‘shashi, jumladan pastki jag‘ning osilib 
tushishi. 

Ko‘zning yaltiroqligi yo‘qolishi, sezuvchanligining bo‘l-
masligi. 

Badanning asta-sekin sovushi. 

Qorachiqlarning kengayishi va ularning qorong‘ulikning 
sezmasligi. 

Keyinroq muskullarning qotishi (qotish paski jag‘ va 
ensadan boshlanib 6 – 8 soat ichida butun gavdani egallaydi). 

Murda dog‘larining paydo bo‘lishi (avval orqada, yelka-
ning pastki yuzalarida paydo bo‘ladi). 
Bemorning o‘limini shifokor qayd qiladi va o‘lim yuz ber-
ganligi haqidagi ma’lumotlarni kasallik tarixiga yozib qo‘yadi.
Murdani saranjomlash qoidalari 
Jasadning kiyimlari yechi-
ladi, oyoqlarini yozib chalqancha yotqiziladi, engagi va oyog‘i-
ning ikki bosh barmog‘i bog‘lanadi, ko‘z qovoqlari yumib qo‘-
yiladi, ustiga choyshab yopiladi va ikki soatgacha o‘rnida 
qoldiriladi. O‘lik dog‘lari paydo bo‘lgandan keyingina murda-
ning badaniga familiyasi, ismi va otasining ismi, kasallik tarixi 
nomeri yoziladi. Murda o‘likxona (morg) ga yuboriladi.
 
O‘lgan kishiga tegishli bo‘lgan narsalar va qimmatbaho 
buyumlarni uning qarindoshlariga tilxat bilan topshiriladi. Agar 
ularni yechishni imkoni bo‘lmasa, bu holda kasallik tarixiga 
yozib qo‘yiladi.
O‘ta xavfli infeksiyalar (vabo, o‘lat va boshqalar) dan o‘lgan 
shaxslarning jasadlarini sulema yoki karbol kislotaga ho‘llangan 
choyshabga o‘raladi, so‘ngra qirindi, torf yoki jasad ajralma-
larini o‘ziga yaxshi singdiradigan moddalar qatlami qalin qilib 
solingan zich berkitiladigan tobutlarga solinadi va kuydi-riladi. 
O‘ta xavfli infeksiyalardan o‘lgan bemorlarning shaxsiy buyum-
lari uning jasadi bilan kuydiriladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin