72. Oyoqning limfa tomirlari va tugunlari.
73. Chanoqning limfa yo'llari va tugunlari.
74. Bosh, bo'yin limfa yo'llari va tugunlari qayerdan o'tadi?
75. Taloqning tuzilishi va joylashuvi.
NERV SISTEMASI (NEVROLOGIYA)
Nerv sistemasi organizmda hayotiy muhim funksiyalami bajaradigan,
barcha a’zolar ishini boshqaradigan, tartibga soladigan, organizmni ta
shqi muhit bilan bog'laydigan sistemadir.
Nerv sistemasining asosiy qismini
nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir
hujayra o'zidan chiqqan kalta shoxchalar
(dendrit) va bitta uzun tola (akson) bilan
birga neyron deb ataladi. Neyron nerv
sistemasining negizi hisoblanadi yoki, bo-
shqacha aytganda, nerv sistemasi neyron-
lar to'plamidan iborat (175-rasm).
N erv h u ja y r a la r i, a s o sa n , nerv
sistemasining markaziy qismida (bosh
va orqa miyalarda) joylashgan. Ulaming
tolalari periferik nervlarni hosil qiladi.
Har bir nerv tolasi retseptor (nerv tola
larining oxiri) b o 'lib tugaydi. Nerv
hujayralari o'zaro aloqalanuvchi tola
175-rasm. Neyronning tuzilishi.
1 - dendritlar; 2 - sinaps; 3 - hujayra tanasi; 4 -
miyelin parda; 5 - harakatchan nerv oxiri.
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchlarining bir-biriga tegib turishi (sinaps) orqali qo'shilib turadi. Perife
rik nervlar, asosan, markazga tomon yo'naluvchi (sezuvchi — afferent)
tolalardan va miyadan a’zolarga boruvchi markazdan uzoqlashuvchi (hara
katlantiruvchi — efferent) tolalardan iborat. Afferent va efferent tolalar
o'tkazish yo'llarini hosil qiladi. Shuning uchun markaziy va periferik
nerv sistemasi birlashib, o 'z vazifasini bajaradi. Jumladan, nerv tolalari
ning oxiri retseptorlar orqali ichki va tashqi muhit sezgilarini qabul qilib,
afferent tolalar orqali markazga (orqa yoki bosh miyaga) yetkazib beradi.
U yerdagi hujayralar sezgilarni o'ziga olib tahlil qiladi va zarur bo'lgan
javob reaksiyalarini efferent tolalar orqali ishchi a’zolarga yetkazib beradi.
Shunday qilib, sezgi tolalari nerv hujayralari orqali qo'shilib, harakat
chan tola — refleks ravog'ini tashkil etadi. Ko'pincha, refleks ravog'iga
yuqorida aytib o'tilgan ikki neyrondan tashqari, yana qo'shim cha uchin
chi neyron (konduktor) ham kiradi. Bu neyron sezuvchi neyron bilan
harakatlanuvchi neyron o'rtasida joylashadi va ularni bir-biriga qo'shib
turadi. Shunday qilib, nerv sistemasi quyidagi uch qismdan tuzilgan: 1)
retseptorlar tashqi yoki ichki muhitdan ta’sirotni qabul qilib, markazga
intiluvchi (afferent) neyronga o'tkazadi; 2) konduktor neyron vositasida
ta’sirot sezuvchi neyrondan harakat qiluvchi neyronga o'tadi; 3) effektor
(markazdan uzoqlashuvchi neyronlar) orqali ta’sirotlar (javoblar) ishchi
a’zolarga yetib boradi. Ta’sirotlar tashqaridan terilar, sezgi a ’zolari orqali
ichki a’zolar, suyaklar va muskullardan boradi (176-rasm).
Markaziy nerv sistemasini tashkil etgan bosh va orqa miya ikki xil
(kulrang va oq) moddalardan tuzilgan. Kulrang modda nerv hujayralari-
dan, oq modda nerv tolalaridan iborat. Kulrang modda, asosan, bosh
miyaning po'stloq qavatida joylashgan bo'lib, nerv sistemasining eng
muhim (oliy) qismidir. Bosh miyaning
po'stloq qismida ichki va tashqi mu-
hitdan olingan ta’sirotlami qabul qilib,
kerakli bo'lgan javoblarni nerv tolala-
riga yo'naltiradi. Binobarin, bosh mi
yaning po'stloq qavati organizmning
hamma qismlarini idora qiladi.
Orqa miyada kulrang modda uning
ichki qismida joylashgan bo'lib, atro-
fini oq modda (nerv tolalari) o 'rab
turadi.
O rg an izm d ag i nerv to la la ri va
ulaming markaziy qismi vazifalari va
tuzilishiga qarab shartli ravishda ikkiga
bo'linadi:
1.
S o m a t i k
( t a n a )
n e r v
s i s t e m a s i — k o 'n d a la n g -ta rg 'il
176-rasm. Refleks ravog'i.
1
- sezuvchi nerv tolasining uchi;
2, 4 - sezuvchi nerv tolasi; 3 - orqa miya
tuguni; 5 - qistirma (oraliq) neyron;
6
- oldingi shoxdagi harakat hujayrasi;
7 - neyrit; 8 - harakat nervining oxiri.
www.ziyouz.com kutubxonasi
muskullami (yoki skelet muskullarini) idora etadi va uning qisqarishi
ixtiyoriy ravishda bajariladi. Bu sistema organizmni sezgi a’zolari orqali
tashqi muhit bilan bog'lab turadi.
2.
V e g e t a t i v ( a v t o n o m ) n e r v s i s t e m a s i silliq muskul
lami (ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik chiqarish va tanosil a’zolari
dagi muskul va h.k.), qon tomirlar devoridagi muskullami bizning ixtiyo-
rimizga itoat etmay boshqarib boradi. Vegetativ nerv sistemasi simpatik
va parasimpatik nerv sistemalariga ajratiladi. Ammo periferik nerv siste
masi ham, vegetativ nerv sistemasi ham markaziy nerv sistemasiga
bog'langan. Shuning uchun nerv sistemasi yagona (yaxlit) sistema bo'lib
xizmat qiladi.
ORQA MIYA
Orqa miya umurtqa pog'onasi kanalining ichida joylashgan, old va
orqa tomondan yassilangan nay shaklida bo'lib, uzunligi 40— 45 sm,
og'irligi o'rtacha 30 g. Orqa miyaning tepa chegarasi I bo'yin umurtqa
sining tepa yuzasiga to'g'ri keladi va katta ensa teshigi orqali uzunchoq
miyaga o'tadi, pastki chegarasi esa I—II bel umurtqalariga kelib, konus
shakliga kiradi. Konus esa ingichka tola shaklida dum umurtqasining
ichidagi qoplovchi pardaga borib yopishadi (177-rasm).
Orqa miyaning pastki chegarasi yosh bolalarda III bel umurtqasining
ro'parasida bo'lsa, kattalarda umurtqa pog'onasining tezroq rivojlanib
kattalashishi natijasida orqa miyaning
p astk i
c h e g a ra si,
y u q o rid a
ko'rsatilgandek, I—II bel umurtqala
riga to'g'ri kelib qoladi.
Orqa miya old va orqa tomonda
o'rtadan uzunasiga ketgan chuqur
egatlar yordamida ikkita teng (o'ng
va chap) bo'lakka ajraladi. Har bir
bo'Iak yana bir juftdan (oldingi va
orqadagi) yon egatlar yordamida har
— 8
ikkala tomonda uchtadan tizimcha-
larga bo'linadi. Bu yon egatlardan
177-rasm. O rqa miya.
A - orqa m iya nerv ildizlarining sim patik
nerv tugunlari bilan birga ko'rinishi. В - orqa
miyaning old tom ondan ko'rinishi. D - orqa
m iyaning orqa tom ondan k o 'rin is h i; 1 -
H __ 7
7 ^ ~ -
ro m b sim o n c h u q u rc h a ; 2 - b o 'y i n y o ‘-
g'onlashm asi; 3 - orqadagi o 'rta egat; 4 -
orqadagi yonbosh egat; 5 - oldingi o 'rta
chuqur egat;
6 - oldingi yonbosh
egat;
7 - bel y o 'g 'o n lash m asi; S - o t dumi.
2
-
3 -
I
D
www.ziyouz.com kutubxonasi
orqa miya nervlarining ildizlari chiqadi. Oldingi har ikkala yon egatlardan
chiqqan nerv ildizlaridan harakatlantiruvchi nerv tolalari, orqadagi har
ikkala yon egatlardan chiqqan nerv ildizlaridan sezuvchi nerv tolalari
boshlanadi. Harakatlantiruvchi (oldingi) tolalar bilan sezuvchi (orqadagi)
tolalar umurtqa oraliq teshiklariga kirishda bir-biri bilan qo'shilib, ara
lash nervni hosil qiladi. Shu qo'shilish oldida orqa ildizchalaming har
birida nerv hujayralaridan tuzilgan bittadan tuguncha bo'ladi.
Homilaning ona qomida rivojlanishi davrida orqa miyaning uzunligi
umurtqa pog'onasi uzunligiga teng bo'lib, undan chiqqan har bir nerv
ildizchalari o'zi o'tadigan umurtqa oraliq teshikchalar ro'parasida joylashgan
bo'ladi. Keyinchalik orqa miyaga nisbatan umurtqalarning o'sishi tez-
lashgan sari umurtqa oraliq teshiklardan o'tayotgan nerv ildizlarini o'zi
bilan pastga tortadi. Natijada orqa miyadan chiqayotgan nerv ildizlari
pastga tomon qiyshayaveradi. Orqa miyadan hammasi bo'lib 31 juft nerv
chiqadi. Bulaming har biri bitta segment (jami 31 segment) deb ataladi.
Segmentlar bo'yin qismida 8 ta, ko'krak qismida 12 ta, bel qismida 5 ta,
dumg'aza qismida 5 ta va dum qismida 1 ta juft bo'ladi.
Orqa miya nerv ildizlari bo'yin qismida gorizontal yo'nalsa, ko'krak
qismida qiyshayib, I—II umurtqada, bel va dumg'aza qismlarida esa III
va IV umurtqada pastga tushib, so'ngra umurtqa oraliq teshikdan o'tadi.
Natijada nerv tolalari yig'ilib, dumg'aza qismida ot dumini hosil qiladi.
Orqa miya yo'g'onligi hamma joyda bir xil bo'lmaydi. II bo'yin
umurtqasi bilan ko'krak umurtqasi oralig'ida bitta bo'yin yo'g'onlashma-
sini, ikkinchisi
ko'krak umurtqalaridan boshlanib, konusgacha davom
etgan bel yo'g'onlashmasini hosil qiladi. Bunday yo'g'onlashmalar qo'l
va oyoqlarga boradigan nervlardan paydo bo'ladi.
Orqa miya sirti nerv tolalaridan iborat oq va markaziy nerv hujayrala
ri joylashgan kulrang moddalardan tuzilgan. Kulrang modda orqa miyaning
uzunasi bo'ylab joylashgan bo'lib, ko'ndalangiga qarab kesishganda
kapalak shaklida yoki «N» harfi shaklida ekanini ko'rish mumkin. Uning
markazidan markaziy kanal o'tadi. Kulrang moddalaming oldingi tomonida
(o'ng va chap tomonda) bir oz kengaygan bir juft oldingi shoxlar, orqa
tomonda esa, aksincha, toraygan bir juft shoxlar (o'ng va chap tomonda)
tafovut etiladi. Oldingi va orqadagi shoxlar o'zaro oraliq soha vositasida
qo'shilib turadi. Ana shu oraliq sohadan yon tomonga (birinchi ko'krak
segmenti bilan uchinchi bel segmenti sohasida) yon shoxlar turtib chiqqan.
Oldingi shoxlarda yirik harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan bo'lib,
ulaming uzun shoxlari harakatlantiruvchi ildizlarni hosil qiladi.
Kulrang moddalaming orqadagi shoxlarida kichik sezuvchi hujayralar
joylashgan. Ulaming shoxlari sezuvchi ildizlarni hosil qiladi. Yon shoxlarda
esa vegetativ (simpatik) nerv hujayralari bo'lib, ulaming shoxlari oldingi
ildizlar tarkibida chiqadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan iborat bo'lib, ular o'tkazish
yo'llari vazifasini bajaradi. Oldingi ildizchalaming harakatlantiruvchi to
lalari orqa miyaning oq moddasini tashkil qilishda kamroq ishtirok etadi.
Oq moddada ko'proq orqa ildizchalarning tolalari bo'ladi. Chunki orqa
ildizchalar tarkibida nerv tolalaridan tashqari, sezuvchi tugunchalar ham
mavjud. Tugunchalardan chiqqan o'simtalar ikkita shoxchaga bo'linadi.
Ulaming bitta shoxi periferik nervga qo'shilsa, ikkinchisi orqa ildizcha
tarkibida orqa yon egat orqali orqa miyaga kiradi va ikkita shoxchaga
bo'linadi. Ulaming bittasi oq modda tarkibida yuqoriga, ikkinchisi pastga
tomon yo'naladi. Bu tolalardan tashqari, kulrang moddaning orqa shoxla-
rida joylashgan hujayralardan ham tolalar chiqib, orqa miyaning boshqa
qismlari va uzunchoq miya bilan ham qo'shiladi. Orqa miyaning oq
moddasida yuqorida aytilgan tolalardan tashqari, bosh miyadan keluvchi
tolalar ham joylashgan.
Kulrang modda orqa miyaning pastki qismida oq moddaga qaraganda
ko'proq bo'ladi, o'rta, ko'krak segmentlaridan boshlab yuqoriga ko'taril
gan sari, aksincha, oq modda ko'payib boradi.
Orqa miya pardalari
Orqa miya uch xil parda (tashqaridan qattiq parda, o'rtadan to'r parda
va ichkaridan yumshoq parda) bilan o'ralgan (178-rasm).
Qattiq parda boshqa pardalarga qaraganda qalinroq va orqa miyaga
nisbatan diametri kattaroq bo'lib, orqa miyani boshidan oxirigacha o'rab
joylashgan. Qattiq parda bilan umurtqa pog'onasining ichki tomonidan
qoplangan parda oralig'ida bo'shliq bo'lib, unda qon tomir chigallari,
limfa yo'llari va yog' qatlamlari mavjud.
Yuqorida qattiq parda katta ensa teshigi-
ning atrofiga birikadi. Qattiq parda orqa
miyadan chiquvchi nervlar uchun o'zidan
o'simtalar chiqarib, ularni o'ragan holda
umurtqa oraliq teshiklariga kirib ketadi. Shu
ning uchun orqa miyaning qattiq pardasi
mustahkam, qimirlamaydigan bo'lib joylash
gan.
T o 'r parda yupqa, qattiq parda bilan
mustahkam birikkan. Bundan tashqari, to'r
parda 21 juft tishli boylamlar vositasida
umurtqalar oraliq teshiklari ro'parasida
qattiq pardaga yopishgan. To'r parda bilan
yumshoq parda orasida orqa miya suyuqligi
bilan to'lib turgan bo'shliq bo'ladi. Bu
bo'shliq tepa tomonda katta ensa teshigi
178-rasm. O rqa miya pardalari.
/ - sezuvchi nerv ildizlari; 2 - tishli
boylam lar; 3 - qattiq parda.
www.ziyouz.com kutubxonasi
orqali kalla ichidagi shu nomli bo'shliq bilan tutashadi. T o'r pardaning
tishli boylamlari va uni ko'mib turgan suyuqlik tufayli gavdaning har xil
silkinishlari, tashqi tomondan badanga ta’siri ham orqa miyaga ta’sir
etmaydi yoki orqa miyaning amortizatori (tashqi ta’sirlami qaytaruvchi)
bo'lib xizmat qiladi.
Yumshoq parda qon tomirlariga boy bo'lgani uchun tomirli parda deb
ham ataladi va orqa miyani qon bilan ta’minlashda qatnashadi. Yumshoq
parda orqa miya sathiga yopishib turadi va uning egatlari orqasiga ham
kirib boradi. Yumshoq parda orqa miyaning konusiga borganda uning
oxirgi ipiga aylanib ketadi.
Orqa miya fiziologiyasi. Orqa miya moddasidagi nervlar yordamida
barcha a’zolar va skelet muskullari bosh miya bilan bog'lanadi. Sezgi
impulslari markazga intiluvchi (afferent) tolalar orqali bosh miya po'stloq
qavatida joylashgan analizatorlarga boradi. U yerdan impulslami markazdan
qochuvchi (efferent) tolalar orqali ishchi a’zolarga olib keladi (orqa miya
va bosh miya o'tkazuvchi yo'llariga qaralsin). Jumladan, qo'l yoki oyoqqa
to'satdan kirgan zirapcha, gugurt chaqqandagi uchqun ta’siri yoki to'satdan
qo'rqish alomati (bosh miya ishtirokisiz) orqa miya segmentar reflektor
yo'li vositasida bajarilib, beixtiyor to'satdan qo'lni tortish yoki oyoqni
ko'tarish kabi harakatlar vujudga keladi. Bunda qo'ldan yoki oyoqdan
impulslar sezgi nervlari orqali orqa miya kulrang moddasining orqa shox-
chasida joylashgan nerv hujayralariga (qo'l, oyoqqa bog'liq segmentlarga)
boradi. Impuls bu yerdan qo'shuvchi nervlar orqali oldingi shoxchadagi
harakatlantiruvchi (motor) hujayralarga o'tadi. Motor hujayralar esa
impulsni efferent tolalar orqali zudlik bilan kerakli skelet muskullariga
yetkazadi. Natijada, qo'l yoki oyoq harakatga keladi. Bunday harakatlar
bosh miyaning ishtirokisiz bo'ladi.
Orqa miya ko'krak bo'limining yon shoxchalarida va bel qismining
ustki segmentlarida simpatik nerv sistemasining markazlari joylashgan.
Bu markazlar ichki a’zolar silliq muskullarini innervatsiya qiladi. Ko'krak
segmentlarida joylashgan simpatik markazlar yurak, qon tomirlar, ter
bezlari, ovqat hazm qilish a’zolari va ko'z qorachig'ining faoliyatini
boshqaradi. Orqa miyaning dumg'aza bo'limida joylashgan parasimpatik
markaz chanoq bo'shlig'ida joylashgan a’zolar (qovuq, to'g'ri ichak, jinsiy
a’zolar) funksiyalarini boshqaradi (vegetativ nerv sistemasiga qaralsin).
Orqa miya segment markazlari organizmning ayrim qismlari va a’zo
lari bilan bog'langan. Masalan, tizza refleksi orqa miyaning II— V bel
segmentida, axill payi va oyoq kaft reflekslari, V bel va I—II dumg'aza
segmentlarida, qorin devori muskullarining markazi VIII—XII ko'krak
segmentlarida, diafragmaning markazi III— IV bo'yin segmentlarida
joylashgan. Orqa miya jarohatlanganda (shikastlangan joydan pastki qis
mida) faoliyati keskin pasayib, spinal shok bo'ladi. Bunda skelet mus
kullari harakati yo'qoladi (falaj), qon bosimi pasayadi. Siydik chiqarish,
www.ziyouz.com kutubxonasi
hojatga borish refleksi bo'lmaydi. Jarohatning bitib, yo'qolgan reflekslari-
ning tiklanish muddati orqa miyaning jarohatlanish darajasiga bog'liq. Bu
muddat odamda o'rtacha 4— 6 oy davom etadi. Ammo orqa miyaning jarohat
langan qismidan yuqorisidagi markazlar o'z vazifasini normal bajaradi.
BOSH MIYA
Bosh miya uni o'rab turgan pardalar bilan bosh skeletining ichki
bo'shlig'ida joylashgan. Bosh miya, asosan, uch qism (ustki katta qismi
— katta miya, miyacha va miya pog'onasi) dan iborat. Katta miya chuqur
yoriq orqali ikkita yarim sharga bo'lingan. Yarimsharlarning tashqi yuzalari
notekis egatlar va pushtalar bilan qoplangan. Orqa tomonda yarimsharlar
ostida joylashgan miyacha ko'ndalang yoriqcha bilan ajralib turadi. O'ng
va chap yarimsharlar bir-biri bilan qadoq tana orqali qo'shilgan. Yarim
sharlar oq va kulrang modda (po'stlog'i)dan tashkil topgan. Bosh miya
ichida embrion rivojlanishida paydo bo'lgan bo'shliq — miya qorinchalarini
ko'rish mumkin.
Bosh miyaning pastki yuzasi — tubi bosh skeleti asosining ichki
yuzasiga tegib turgani uchun notekis tuzilishga ega (179-rasm). Miya
tubining oldida miya yarim-
sharlari peshona qismining
с
-/
pastki yuzasidan hid bilish
yo'li ko'rinadi. Bu yo'lning
uchi piyoz shaklida yo'g'on-
lashgan bo'lib, undan 15—
20 tacha ingichka hid bilish
nervi ipchalari chiqadi. Hid
bilish yo'lining orqasida «X»
shaklida ko'rish nervi bosh
lanadi. Kesishmaning orqa
sida kulrang tepa bo'lib,
pastga voronka shaklida
davom etadi. Voronkaning
uchida miya pastki ortig'i
joylashgan. Kulrang tepa
orasida sharsim on ikkita
oqish do'ng — so'rg'ichsi
mon tanalar bor. Ularning
yonginasida miya oyoqcha-
lari joylashgan. Oyoqchalar
orasida chuqurcha ko'rinadi.
Oyoqchalar orqa tomonda
miya ko'prigiga tarqaladi.
179-rasm. Bosh miya tubi.
1 - hid bilish egati; 2 - hid bilish piyozchasi;
3
- hid
bilish poyasi; 4 - k o 'r i s h nervi; 5 - hid bilish uch
burchagi;
6
- ko'rish nervi poyasi; 7 - so'rg'ich tanalar;
8 - k o 'z n i harakatlantiruvchi nerv; 9 - ^'altaksim on
nerv; 10 - uch shoxli nerv; 11 - uzoqlashtiruvchi nerv;
12 - yuz nervi;
13
- dahliz chig'anoq nervi; 14 - til-
yutqin nervi; 15 - adashgan nerv; 16 - qo'shim cha
nerv; 17, 19 -u z u n c h o q miya; 1 8 - oliva; 20 - o r q a
miya; 21 - miyacha; 22 - til osti nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ko‘prik orasida uzunchoq miya turadi. Ko'prik bilan uzunchoq miya
yo‘g ‘on qismining ikki yon tomonida miyacha yarimsharlari ko'rinadi.
Miya tubidan 12 juft bosh miya nervlari chiqqan. Ular oldindan boshlab
quyidagi tartibda chiqqan: I juft — hid bilish nervi ipchalari, II juft —
ko'rish nervi, III juft — ko'zni harakatlantiruvchi nerv, IV juft — g'altak
nervi, V juft — uch shoxli nerv, VI juft — uzoqlashtiruvchi nerv, VII
juft — yuz nervi, VIII juft — dahliz-chig'anoq nervi, IX juft — til-
yutqin nervi, X juft — adashgan nerv, XI juft — qo'shimcha nerv, XII
juft — til osti nervlari.
Bosh miyaning rivojlanishi
Embrionning dastlabki taraqqiyot davrida miya naychasining old qismi
tezroq rivojlanib, ikki joyidan torayib uchta (oldingi, o'rtadagi va orqadagi
rombsimon) miya pufakchalariga ajraladi. Oldingi va rombsimon miya
pufakchalari o 'z navbatida ikkitadan pufakchaga bo'linib, jami beshta
bosh miya pufakchasini vujudga keltiradi (180-rasm).
Shunday qilib, rombsimon pufakchadan uzunchoq miya hamda orqa
miya pufakchasi
vujudga keladi. O'rta miya pufakchasi bo'linmaydi.
Oldingi miya pufakchasi ham ikkita pufakchaga bo'linadi. Ularning biri
oxirgi miya pufakchasi, ikkinchisi
— oraliq miya pufakchasidir. Bir
lamchi nerv naychasi uzunchoq
miya pufakchasining ortqi tomo
nidagi qismidan orqa miya rivoj
lanadi. Bosh miyaning beshta
miya pufakchasidan bosh miya
ning quyidagi alohida qismlari ri
vojlanadi:
1. Rombsimon pufakchadan
uzunchoq miya rivojlanadi.
2. Ortqi miya pufakchasidan
ko'prik va miyacha rivojlanadi.
3. O'rta miya pufakchasidan
miya oyoqlari va to'rt tepalik ri
vojlanadi.
4. Oraliq miya pufakchasidan ko'rish tepaligi, tepalik osti sohasi va
tashqi tanalar rivojlanadi.
5. Oxirgi miya pufakchasidan bosh miya yarimshari va uning qopla-
masi taraqqiy etadi.
U ZU N C H O Q MIYA
Uzunchoq miya uzunligi 25—30 mm piyoz shaklida bo'lib, ensa su
yagining ichidagi nishabda joylashgan. Uning orqa chegarasi ensaning
180-rasm. Miya.
I - oldingi miya pufakchasi; 2, 6 - o 'r t a miya
pufakchasi; 3 - orqa miya pufakchasi; 4 - oxirgi
miya pufakchasi; 5 - oraliq miya pufakchasi;
7 - siqiq qism i; 5 - ortqi miya; 9 - rombsimon
pufakcha; /О - o r q a miya.
www.ziyouz.com kutubxonasi
katta teshigi ro'parasida bo'lib, orqa miyaga o'tib ketadi. Old tomondan
miya ko'prigiga qo'shilib turadi.
Uzunchoq miya tuzilishi jihatdan orqa miya tuzilishiga o'xshaydi. Uni
old va orqa tomonida joylashgan o'rta egat ikkita pallaga ajratadi. Har
ikki palla o'z navbatida orqa tomonidan o'tgan yonbosh egatlar orqali
tizimchalarga ajralgan. Oldingi tizimchalardagi harakatlantiruvchi nerv
lar (piramida yo'llari) piramidada joylashgan. Orqa qismidan esa sezuvchi
nerv tolalari o'tadi. Uzunchoq miya bilan orqa miya chegarasida piramida
yo'li kesishmasi ko'rinadi.
Piramidalarning ko'prikka yaqin bo'lagi yonginasida oval shaklidagi
tepalik — oliva bor. Oliva bilan piramida o'rtasidan XII juft (til osti)
nervlarning ildizchalari chiqadi. Olivaning orqa tomonidagi yonbosh egatdan
IX juft (til-yutqin), X juft (adashgan) va XI juft (qo'shimcha) nerv ildizlari
chiqadi. Uzunchoq miya markaziy egatining yonboshida joylashgan orqa
tizimchalarning har biri uncha chuqur bo'lmagan egatlar yordamida ikkita
dasta (ichki nozik dasta, tashqi — ponasimon dasta) ga bo'linadi. Nozik
dastaning uchi y o 'g 'o nlanib , to'qm oq, ponasimon dastaning uchi
yo'g'onlashgan o'zak do'mboqcha bo'lib joylashgan. Bular o'z navbatida
ingichkalashib, chilvir tanalarga aylanadi. Uzunchoq miya orqa yuzasining
tepa bo'lagi uchburchak shaklida bo'lib, rombsimon chuqurchaning pastki
yarmini hosil qiladi.
Uzunchoq miya ikki xil moddadan — ichida joylashgan kulrang va
tashqarisidagi oq moddadan tuzilgan. Kulrang moddada V—XII juft bosh
miya nervlarining yadrolari, nozik va ponasimon dastalarning hamda
olivaning yadrolari joylashgan (181-rasm).
181-rasm. Rom bsimon yuza va 12
ju ft bosh m iya yadrolari.
&
I - ko'zni harakatlantiruvchi nerv yad-
rosi; 2 - g ‘altak nervi yadrosi;
3, 4,
5 - uch shoxli nerv y ad ro lari; 6 -
uzoqlashtiruvchi nerv yadrosi; 7 - yuz &
nerv i y a d ro s i; 8, 9, / / - d a h l i z -
c hig'anoq nervi yadrolari; 10 - y u z
22
nervi; 12 - til osti nervi yadrosi; 13 -
ti l- y u tq i n va a d a s h g a n n e r v l a r
yadrosi; 14 - uch shoxli nervning orqa
tom ondagi yadrosi; 15, 17 - til-yutqin 21
va adashgan n erv lar yadrosi; 16 -
q o 'sh im c h a nerv; / 5 - q o 'sh im c h a
20
nerv yadrosi; 19 - n o z i k dasta; 2 0 -
ponasim on tepalik; 21 - adashgan ^
nervning chiqish joyi; 22 - yuz nervi
tepaligi; 23 - medial tepalik; 24 - nerv
ildizlari; 25, 26 - to ‘rt tepalik.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|