O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


yuqori  qovoqni  ko'taruvchi  muskul



Yüklə 18,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/43
tarix25.01.2017
ölçüsü18,06 Mb.
#6497
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

 yuqori  qovoqni  ko'taruvchi  muskul; 
5 -  tepadagi  qiyshiq  muskul.
www.ziyouz.com kutubxonasi

o'rta  qavatlari  hajmli  (ganglioz)  nerv  hujayralaridan  tuzilgan.  Ana  shu 
hujayralardan  chiqqan  nerv  tolalari  (aksonlar)  yig'ilib,  ko'rish  nervini 
vujudga  keltiradi.  Ko'rish  nervi  to'r  pardaning  orqa  tomonidan  tashqari­
ga  chiqib  ketadi.  Ko'rish  nervining  chiqib  ketayotgan  teshigi  bir  oz 
chuqurroq  bo'lib,  unga  ko'rish  nervi  so'rg'ichi  deyiladi.  Buning  tashqi 
tomonida  ko'zning  eng  o'tkir  ko'rish  nuqtasi  —  sariq  dog'  ko'rinadi. 
Sariq  dog'  diskasi  (2  mm)  faqat kolbachalardan  tuzilgan  bo'lib,  bu  yerdan 
uzoqlashgan  sari  kolbachalar  kamayib,  o'rnini  tayoqchalar  qoplaydi.  To'r 
parda  ko'rish  qismining  old  tomonida  faqat  tayoqchalar  bo'ladi.  To'r 
pardada  hammasi  bo'lib  110— 115  mln  tayoqchalar,  6— 8  mln  kolbacha­
lar uchraydi.  Ko'z  soqqasining  to'r parda qismi oraliq  miyadan rivojlangan.
Ko‘zning  nur  sindiruvchi  apparati
Ko'zning  nur  sindiruvchi  apparati  shox  parda,  ko'z  gavhari  va  shisha- 
simon  tanadan  tuzilgan.
Ko'z  gavhari  ikki  tomonlama qavariq  linzaga  o'xshab  tuzilgan.  Gavhar 
tiniq  va  bo'yiga  cho'zilgan  hujayralardan  iborat  bo'lib,  uning  markazida 
o'zak  qismi  mavjud.  Gavhami  ust  tomonidan  o'rab  turgan  tiniq  parda 
gardishiga  to'r  pardaning  kipriksimon  tanasi  soqqasidan  boshlangan  bi­
riktiruvchi  boylamlar kelib  yopishadi.  Bu  boylamlar ko'z  gavharini  ushlab 
turadi.  Bundan  tashqari,  gavharning  orqa tomonida joylashgan  shishasimon 
tananing  old  tomonidagi  chuqurcha  gavharga  mos  bo'lib,  unga  tegib 
turadi. Gavhami  ushlab turgan biriktiruvchi boylamlar ikki qavat joylashgan 
bo'lib,  ular  orasida  suyuqlik  oqib  yuradigan  bo'shliq  (Petit  kanali)  bor.
Ko'z  gavhari  ko'zning  uzoq  yoki  yaqinga  qarashiga  qarab  o'zgarib 
turadi.  Uzoqqa  qaraganda  gavhar  atrofi  yopishgan  boylamlar  gavhami 
chetga  tortib  yalpaytiradi.  Yaqinga  qaralganda  esa  kipriksimon  muskullar 
qisqarib,  kipriksimon  boylam bo'shashadi,  natijada gavhar yumaloqlashadi, 
akkomodatsiya  deb  shunga  aytiladi.
Oldingi  kamera  shox  parda  (old  tomondan)  bilan  rangdor  parda  (orqa 
tomondan)  oralig'ida joylashgan.  Oldingi  kamerada  tiniq  suyuqlik  bo'lib, 
rangdor  parda  chetida joylashgan  boylamlar  orasidagi  yoriqlar orqali  shox 
parda  chetida  doira  bo'lib  o'rnashgan  Shlemm  kanaliga  quyiladi.
Orqa  kamera  rangdor  parda  bilan  ko'z  gavhari  va  kipriksimon  tana 
orasida joylashgan.  Orqa  kamera  oldingi  kameraga  ko'z  qorachig'i  orqali 
qo'shiladi.  Ko'zning  oldingi  va  orqadagi  kameralarida  suvsimon  tiniq 
suyuqlik  oqib  yuradi.
Shishasimon  tana  ko'z  gavhari  bilan  to 'r  parda  oralig'ida  joylashgan 
tiniq  —  yumshoq  modda  bo'lib,  yupqa  parda  bilan  o'ralgan.  Shishasi­
mon  tana  bilan  gavharda  qon  tomir  va  nervlar  uchramaydi.
Ko'z  soqqasining  shox  pardasi  markazida  (o'rtasida)  ko'zning  oldingi 
qutbi  bo'ladi.  Ko'zning  orqa  qutbi  esa  shox  pardaning  orqa  qismida
www.ziyouz.com kutubxonasi

(ko'rish  nervining  chiqish  joyidan  chetroqda)  joylashgan.  Oldingi  qutb 
bilan  orqa  qutb  oralig'i  2  mm  bo'lib,  ko'z  soqqasining  o'qi  deyiladi. 
Ko'z  soqqasining  aylana  o'lchovi  uning  ekvatori  hisoblanadi.  Ko'z 
soqqasining  oldingi  qutbi  bilan  orqa  qutbi  oralig'idagi  masofa  ko'z  meri- 
diani  nomi  bilan  ataladi.
Ko'zning  yordamchi  apparati
Ko'z  soqqasini  odam  ixtiyori  bilan  ishlovchi  to'rtta  to'g'ri  va  ikkita 
qiyshiq  muskullar  harakatlantirib  turadi.  Bulaming  hammasi  (ostki qiyshiq 
muskuldan  boshqa)  ko'z  kosasidagi  ko'rish  teshigi  atrofidan  boshlanib, 
ko'z  soqqasining  turli  tomonlariga  kelib  yopishadi.  Ostki  qiyshiq  muskul 
ko'z  kosasining  ostki  devoridan  boshlanadi  (207-rasmga  qarang).
Funksiyasi:  ko'zning  qiyshiq  muskullari  ko'z  soqqasining  o'qi  atrofi­
da  aylanadi.  T o 'g 'ri  muskullar  esa  ko'z  soqqasini  pastga,  yuqoriga,  tash­
qariga  va  ichkariga  tortadi.  Bundan  tashqari,  tepa  qovoqni  ko'taruvchi 
muskul  ham  bo'ladi.  Bu  muskul  qisqarib,  tepa  qovoqni  ko'tarib  turadi.
Ko'z  qovoqlari  va  konyunktiva
K o'z  qovoqlari  bir  juft  (ustki  va  pastki  qovoqlar)  bo'lib,  teri 
burmalaridan  tashkil  topgan.  Qovoqlar  yumilganda  ko'z  tamomila  yopi- 
ladi.  Qovoqlarning  ustki  yuzasi  yupqa  teri  bilan  qoplangan,  ko'zning 
ichiga  qaragan  yuzasi  (shilliq  qavat)  konyunktiva  deb  ataladi.  Unda  bez­
larning  mayda  chiqarish  teshiklari  joylashgan.  Qovoqlarning  erkin 
chekkasida  kipriklar  o'mashgan.  Ustki  va  pastki  qovoqlar  tashqi  va  ich 
tomonda  burchaklar  hosil  qilib  o'zaro  qo'shiladi.  Ichki  burchakda  ko'z 
yoshi  yo'li  va  bo'rtib  turgan  ko'z  eti  ko'rinadi.  Qovoqlar  asosida  tog'ay 
plastinkasi  bo'ladi.  Ustki  qovoq  tepasida  qosh  joylashgan  bo'lib,  ko'zni 
har  xil  chang  zarrachalari  tushishidan  saqlab  turadi.
Ko‘z  yoshi  apparati
Ko'z  yoshi  apparati  (208-rasm)  ko'z  yoshi  bezi  va  ko'z  yoshi  yo'lla­
ridan  tashkil  topgan.
Ko'z  yoshi  bezi  ko'z  kosasining  tashqi  devori  tepa  qismidagi  ko'z 
yoshi  bezi  chuqurchasida joylashgan.  Bez  oralig'idan  o'tgan  tepa  qovoq­
ni  ko'taruvchi  muskul  payi  uni  ikki  (ko'z  kosasi  va  qovoq)  qismga  ajratib 
turadi.  Ko'z  yoshi  bezi  ajratgan  suyuqlik  ko'z  yoshi  yo'li  orqa  tepa 
qovoqning 
konyunktiva  qismiga  ochilib,  ko'z  soqqasining  oldingi  va 
shox  pardasini  yuvib,  ko'z  qovoqlarining  ichkari  burchagidagi  ko'lchaga 
to'planadi.  Ko'z  yoshi  suyuqligi  ko'lchadan  ko'z  yoshi  yo'llari  orqali 
ko'z  yoshi  xaltasiga  quyiladi.  Xaltadan  esa  ko'z  yoshi-burun  yo'li  orqali 
burun  bo'shlig'iga  tarqaladi.  Burun  bo'shlig'ida  ko'z  yoshi  nafas  bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi

kirgan  havoni  chang  va  har 
xil  zarrachalardan  tozalaydi 
va  bo'shliqni  namlaydi.
Ko'z  yoshi  yo'li  (kana­
li)  tepa  va  pastki  qovoqda 
bittadan  bo'lib,  ko'z  yoshi 
kurtagidan  boshlanadi.
Bu  kanallar  ko'z  yoshini 
xaltachaga  uzatib  beradi.
Ko'z  yoshi  xaltasi  ko'z  ko­
sasi  ichki  devorining  pastki 
burchagidagi  chuqurchada 
joylashgan.  Uning  ustki  qis­
miga  k o'z  yoshi  yo'llari 
ochilsa,  pastki  qismi  torayib, 
bevosita  ko'z  yoshi-burun 
yo'liga  o'tib  ketadi.
Ko'z  yoshi-burun  yo'li 
shu  noml i  suyak  kanali 
ichida  joylashib,  burun  bo'shlig'iga  (pastki  chig'anoq  ostiga)  ochiladi.
Ko'zga  chang  zarrachalari  tushganda  yoki  odam  haddan  tashqari 
hayajonlanganda  ko'z  yoshi  bezining  faoliyati  kuchayib,  suyuqlik  ko'p 
ajraladi.  Bunday  holatda  ko'z  yoshi  yo'liga  sig'maydi,  ortiqchasi  esa 
pastki  qovoq  qirrasidan  chiqib,  yuz  uzra  pastga  qarab  oqa  boshlaydi.
Ko'z fiziologiyasi.  Ko'z  o'rtacha 400—700  mkm  uzunlikdagi  yorug'lik 
to'lqinini  normal  qabul  qiladi.  Ammo  ultrabinafsha  (qisqa  to'lqinli),  inf- 
raqizil  (o'ta  uzun  to'lqinli)  nurlarni  ko'z  seza  olmaydi.  Yorug'lik  to'lqini 
to'r  pardaga  borgandan  so'ng  tasvir  paydo  bo'ladi.  Yorug'lik  avvalo 
shox  pardaning  oldingi  kamerasidan  ko'z qorachig'i  orqali  ko'z  gavhariga 
boradi.  Undan  shishasimon  tana  orqali  o'tadi.  Ko'zga  tushgan  nurlar 
shox  parda  va  shishasimon  tanada  reduksiyalanib  (sinib),  hajmi  kichik- 
lashib,  so'ngra  to'r  pardaga  boradi.  To'r  pardada  nurlar  bir  nuqtaga 
yig'iladi  (fokuslanadi).  Shundan  keyingina  ko'zga tushgan  narsalar teskari 
(oyog'i  osmondan  bo'lib)  aniq  va  ravshan  ko'rinadi.  T o'r  pardada  paydo 
bo'lgan  tasvir  teskari  bo'lishidan  qat’i  nazar  (boshqa  sezish  a’zolarining 
ta’siri  orqali),  odam  tasvirlarni  to'g'ri  ko'radi.  Ko'z  ikki  nuqtani  aniq  va 
alohida  ko'rsa,  ko'rish  o'tkirligi  deb  ataladi  (211-rasm).
Ko'zning  normal  ko'rishini  tasvirlarni  bir  minut  davomida  aniq  va 
ravshan  ko'rish  bilan  ifodalanadi.  Agar  ko'rish  muddati  bir  minutdan 
kam  bo'lsa,  unda  ko'z  xiralanib,  tasvirlar  aniq  ko'rinmaydi  (209,  210- 
rasmlar).
Odam  uzoqdan  qaraganda  ko'zga  tushgan  nurlar  to'r  pardaning  kolba- 
chalarini  qatorasiga  birdan  ko'rsatsa,  unda  ko'zga  tushgan  tasvirlaming
www.ziyouz.com kutubxonasi

har  birini  aniq  ko'ra  olmaydi.  Ak­
sincha,  tasvirlar  yaqindan  ko'zga 
tushsa,  to'r  pardadagi  kolbachalar 
oralanib  tasvirlanishi  natijasida 
odam  har  bir  tasvirni  aniq  (ayrim 
nuqtalarini  ham)  ko'rish  qobiliya­
tiga  ega  bo'ladi.
Odamning ko'rish o'tkirligi  to'r 
pardaning  sariq  dog'  markazida 
joylashgan kolbachalar yig'indisiga 
bog'liq  bo'lib,  nuqtadan  uzoqlash- 
gan  sari  kolbachalar  tayoqchalar 
bilan  aralashib  joylashadi.  Natija­
da ko'rish o'tkirligi  nutqadan (mar­
kazdan)  periferiyaga qarab kamay­
ib  boradi,  ya’ni  tasvirlarni  asta- 
sekin  noaniq  ko'ra  boshlaydi.
Ko'rish  o'tkirligi  maxsus  jad- 
vallar  orqali  aniqlanadi.
Akkomodatsiya.  Har  xil  ma- 
sofada  turgan  tasvirlarni  aniq  va 
ravshan  ko'rish  ko'zni  moslash 
orqali  bo'ladi.  Bunda  shox  parda­
ning  sindiruvchi  kuchi  doimiy 
qoladi,  gavhar  egriligi  esa  o'zga­
rib (fotokameraga o'xshash)  fokus- 
lanadi-da,  tasvirni  aniq  ko'radi. 
Buni  ko'zning  moslashishi  —  akkomodatsiya  deb  ataladi.  Yaqindagi 
tasvirlarni  ko'rganda  ko'z  gavhari  dumaloq  bo'ladi,  nurni  sindiruvchi 
kuchi  esa  kattalashadi.
Keksalarda  ko'z  gavhari  qattiqlashib,  moslashish  qobiliyati  ancha 
pasayadi.  Natijada  odam  yaqindan  aniq  ko'rolmaydi.  Shuning  uchun 
ko'zoynak  taqish  yo'li  bilan  yaqindan  ko'rish  tiklanadi.
Ba’zida  ko'z  soqqasi  cho'zinchoq  yoki  kalta  bo'lib  rivojlansa,  narsa­
larning  tasvir  fokusi  to 'r  pardaga  yetmasdan  undan  oldinroqda  yoki 
orqaroqda  to'planadi.  Natijada  tasvirlarni  odam  aniq  ko'rolmaydi.  Bunda 
maxsus  ko'zoynak yordamida  normal  holga keltiriladi.  Ba’zida  shox  parda 
yoki  ko'z  gavhari  egri  (qiyshiq)  bo'lib,  bunda  tasvirlar  noto'g'ri  (astig- 
matizm)  ko'rinadi.  Bunday  anomaliyani  ham  maxsus  ko'zoynak  taqish 
orqali  tuzatsa  bo'ladi  (211-rasm).
Ko'zning  moslashishi  —  odam  yorug'dan  qorong'u  uyga  yoki  aksin­
cha,  qorong'ilikdan  yorug'likka  chiqqanda  avvaliga  ko'z  qamashib,  hech 
narsa  ko'rinmaydi.  Keyinchalik  asta-sekin  ko'z  sharoitga  moslashib,  atrof
209-rasm.  Ko'zda  tasvir  paydo  bo'lish 
sxemasi.
a,  b
 -  buyum,  «а», 
«Ь» -
 buyumning  to'r 
pardaga  teskari  holatda  tushgan  tasviri; 
s -  
nurlar  sinmasdan  boradigan  asosiy  nuqta; 
a - k o ' r is h   burchagi.
-
 
,
210-rasm.  Ko'zning  turlicha  ko'rish 
sxemasi.
I
  -   uzoqdan  ko'ruvchi  ko'zda  nurlarning 
sinishi;  2 -  normal  ko'ruvchi  ko'zda  nurlar­
ning  sinishi; 
3
 -  yaqindan  ko'ruvchi  ko'zda 
nurlarning  sinishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

ko'rina boshlaydi.  Buni  moslashish deb 
ataladi.  Yorug'likka  moslashish  2—3 
minutda  sodir  bo'lsa,  qorong'ulikka 
mo s l a s h i s h   15— 20,  b a ’zida  30 
minutgacha  davom  etadi.  T o'r pardada 
joylashgan  kolbachalar orqali  odam tur­
li  (qizil,  yashil,  binafsha)  ranglarni 
ko'rish  va  ularni  bir-biridan  ajratish 
qobiliyatiga  ega.  Ba’zida  ranglarni  aj- 
rata  olmaslik  (daltonizm)  holati  ham 
bo'ladi. Tasvirlarni  bir ko'z bilan qabul 
qilishdan  ko'ra  ikki  ko'z  bilan  qabul 
qilish  afzal.  Bunda masofa,  ranglarning 
tiniqligi,  tasvirlarning  bir-biridan  farqi 
to'la-to'kis  aniqlanadi.  Buni  binokular 
ko'rish  deb  ataladi.
Nazorat  uchun  savollar
1.  Qaysi  a’zolar  sezgi  a’zolari  hisoblanadi?
2.  Sezgi  a’zolarining  vazifalari.
3.  Teri  jarohallarini  tushuntiring.
4.  Sovuq  urish  nima?
5.  Eshitish  va  muvozanatni  saqlash  a'zolarining  tuzilishi  va  uning  qismlari.
6
.  Tashqi  quloqning  tuzilishi  va  uning  ahamiyati.
7.  O'rta  quloqning  tuzilishi,  vazifasi.
8
.  Yevstaxiy  nayining  tuzilishi  va  ahamiyati.
9.  O'rta  quloqda  joylashgan  eshitish  suyakchalari.
10.  Ichki  quloqning  tuzilishi,  uning  qismlari  va  joylashgan  o'm i.
11.  Suyak  labirintning  qismlari.
12.  Parda  labirintning  tuzilishi  va  qismlari.
13.  Endolimfa  va  perilimfalar  labirintning  qaysi  qismlarida  joylashgan,  ulaming 
vazifasi.
14.  Ko'rish  a’zosi  qaysi  qismlardan  tashkil  topgan  va  ulaming  tuzilishi.
15.  Ko'z  gavhari.
16.  Shishasimon  tananing  tuzilishi  va  ahamiyati.
17.  Ko'z  soqqasining  muskullari.
18.  Ko'z  yoshi  bezlari,  tuzilishi,  ahamiyati.
19.  Ko'zning  fiziologiyasi.
211-rasm.  Ko'rish  maydonini  Forst- 
ner  perimetri  yordamida  aniqlash.
www.ziyouz.com kutubxonasi

A h m e d o v   N.  
K . ,  
S h o m i r z a y e v  
N.H.  Normal  va  topografik  anatomiya.  Т.,  1991.
A h m e d o v   N.   K.   Odam  anatomiyasi.  Т., 
1991.

u d о у b e rd  i у e v  R . E . ,   A h m e d o v  
N . K .   Odam  anatomiyasi.  Т.,  1994.
A h m e d o v   N.   K.   Normal  va  patologik 
anatomiya  bilan  fiziologiya.  Т.,  1997.
A h m e d o v  
N.  
K.  
A tla s, 
O dam  
anatomiyasi.  1,  2-jild.  1996.  1998.
www.ziyouz.com kutubxonasi

N orm al  anatom iya  va  norm al  fiz io lo g iy a   f a n la r i............................... 5
A natom iyani  o'rganish  u su lla r i..........................................................7
N orm al  anatom iya  va  normal  fiz io lo g iy a   fanlarining
qisqacha  tarixi...................................................................... 8
Irsiyat  haqida  tu sh u n ch a ..................................................................... 13
O dam   gav d a sin in g   t u z ilis h i.......................................................................   15
Hujayraning  t u z i li s h i............................................................................15
T o 'q im a la r ................................................................................................. 17
E m brionning  r iv o jla n ish i.................................................................... 27
A ’zolar  va  ular  s is t e m a s i.................................................................... 31
O dam   g a v d a sin in g   qism lari,  o 'lc h o v la r i,  y o sh g a   va  jin sg a  
oid  m a s a la la r ...................................................................................................... 3 2
G avda  qom ati  (k o n s tit u ts iy a s i)....................................................... 35
Harakat  a ’zolari  s is te m a s i............................................................................. 39
Suyaklar  haqida  ta’l i m o t .................................................................... 3 9
S u yak larn in g  r iv o j la n is h i...................................................................4 2
Suyaklarning  o'za ro   b ir la sh ish i....................................................... 4 4
Tana  s k e l e t i ...............................................................................................4 6
U m u rtq a la r................................................................................................. 4 6
Q o v u r g 'a la r ................................................................................................ 5 0
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tana  su yak larin in g  birlashishi.
Umurtqalar  orasid agi  b irla sh m a la r........................................................... 5 0
Q o v u rg'alarn in g  umurtqalar  va  to 'sh   su yagi  bilan
q o ' s h i l i s h i .................................................................................................. 52
K o'krak  q a f a s i ..........................................................................................5 2
Q o 'l-o y o q   s u y a k la r i.............................................................................. 53
Q o 'ln in g   erkin  b o 'lim id a g i  s u y a k la r ............................................5 4
Q o 'l  suyaklari  va  yelk a  kamari  suyaklarining
b ir l a s h i s h i.................................................................................................. 57
O yoq   s k e l e t i ............................................................................................. 5 9
O yoq   suyaklarining  b ir la s h is h i....................................................... 63
B o ld ir  suyaklarining  b ir la sh ish i...................................................... 6 7
B o sh   s k e le t i.............................................................................................. 7 0
K alla  suyaklarining  birlashishi  ....................................................... 8 0
Butun  k a lla ................................................................................................ 8 0
Kalla  suyaklari  o n to g en ezi  ......................................................................... 8 6
C haqaloq  kallasi  .....................................................................................8 6
M uskullar  haqida  ta’lim o t ........................................................................... 8 9
U m u m iy  m a ’lu m o tla r ........................................................................... 8 9
T ana  m u sk u lla ri.......................................................................................9 2
B o sh   m u s k u lla r i................................................................................... 105
T o'q im alarn in g  q o 'z g 'a lu v c h a n lig i  to 'g 'r isid a   qisqacha 
lu a 'lu in o t............................................................................................................ I 23
M uskullar  fiz io lo g iy a s i..................................................................... 125
O dam   g a v d a sin in g   statikasi  va  d in a m ik a si...................................... 127
Ichki  a ’zolar  haqida  ta’l i m o t .................................................................. 130
Ichki  a ’zolarn in g  rivojlanishi  haqida  qisqacha
m a’lu m o t ............................................................................................................ 131
O vqat  hazm   q ilish   a ’zolari  to 'g 'risid a   m a’lu m o t...........................   132
www.ziyouz.com kutubxonasi

T is h la r ....................................................................................................... 134
T i l ................................................................................................................ 136
S o 'la k   b e z la r i.................................................................................................. 137
O g 'iz   b o 's h lig 'i  f i z io l o g iy a s i.................................................................. 138
H a lq u m ...................................................................................................... 139
Q i z i l o ' n g a c h .......................................................................................... 141
M e ’d a ........................................................................................................ 142
Ingichka  ic h a k .......................................................................................145
Y o 'g 'o n   ichak  .......................................................................................147
M e ’da  osti  b e z i .................................................................................... 150
J ig a r ............................................................................................................ 152
O 't  p u f a g i................................................................................................ 153
Q orin  p a rd a ............................................................................................. 154
N afas  a'zolari  s is t e m a s i............................................................................... 158
Burun  b o ' s h l i g ' i ................................................................................... 158
H iq ild o q ....................................................................................................159
H iqildoq  b o 's h l i g 'i .............................................................................. 161
K ek ird ak ....................................................................................................162
B r o n x la r .................................................................................................... 163
O 'p k a ..........................................................................................................163
P le v r a .........................................................................................................165
N afas  a’zolari  fiz io lo g iy a s i..............................................................166
S iyd ik   va  tanosil  a ’zolari  s is te m a s i...................................................... 170
S iyd ik   a ’z o la r i....................................................................................... 170
Yüklə 18,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin