ORQA MIYA NERVLARI
Orqa miyaning kulrang moddasi oldingi shoxidan harakatlantiruvchi
tolalar, orqa shoxidan esa sezuvchi tolalar chiqadi (orqa miya tuzilishiga
qaralsin). Sezuvchi tolalar umurtqalararo teshik oldida tugun hosil qilib,
so'ngra oldingi (harakatlantiruvchi) tolalar bilan qo'shilib, orqa miyaning
31 juft aralash nervini hosil qiladi. Ular bo'yin qismida 8 juft, ko'krak
qismida 12 juft, bel qismida 5 juft, dumg'aza qismida 5 juft va dum
qismida 1 juft bo'ladi. Bundan tashqari, 8 juft bo'yin, 12 juft ko'krak va
1—2 juft bel nervlari tarkibida (harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalardan
tashqari) orqa miya kulrang moddasining yonbosh shoxlaridan chiqqan
simpatik tolalar ham bo'ladi. Dumg'aza nervlari tarkibida esa efferent
parasimpatik tolalar mavjud (195-rasm).
Har qaysi orqa miya nervlari umurtqalararo teshiklardan chiqib, ikkita
(orqa va oldingi) shoxga bo'linadi.
O r q a m i y a n e r v l a r i n i n g o r q a s h o x l a r i . Orqa miya
nervlari asosiy nerv poyasidan ajralib, orqa miyaning orqa shoxlari nomi
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan gavdaning orqa tomonidagi
muskullarga va teriga tarqala
di. Ammo ba’zi bir orqa shox
nervlar o ‘ziga xos nom bilan
ataladi. Jum ladan, birinchi
bo‘yin nervining orqa shoxi
ensa tagi nervi, ikkinchi bo‘yin
nervining orqa shoxi katta
ensa
nervi
nomi
bilan
tarqaladi.
O r q a m i y a n e r v l a
r i n i n g o l d i n g i s h o x l a -
r i . Orqa miya nervlarining aso
si poyadan ajralgandan so'ng
ishchi a’zolarga tarqalishdan ol
din bir-biri bilan aralashib, chi-
gallar hosil qiladi. Bunday chi-
gallar odam organizm ining
(ko'krak nervlaridan tashqari)
to'rt joyida uchraydi: 1) bo'yin
chigali; 2) yelka chigali; 3) bel
chigali; 4) dumg'aza chigali.
K o'pincha bel chigali bilan
dumg'aza chigalini bir-biriga
qo'shib, bel-dumg'aza chigali
nomi bilan o'rganiladi.
Ko'krak nervlarining oldingi shoxlari chigal hosil qilmaydi, har biri
alohida qovurg'alararo bo'shliqqa tarqaladi. Ammo II ko'krak nervining
oldingi shoxidan yelka chigaliga, XII ko'krak nervidan bel chigaliga qo'shilish
uchun tarmoqlar ajraladi.
BO'YIN CHIGALI
Bo'yin chigali (196-rasm) I — IV bo'yin nervlarining oldingi shoxla
ridan paydo bo'ladi. Bo'yin chigalini to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mus
kul bekitib turadi. Bu chigaldan quyidagi nervlar chiqadi:
1. Katta quloq nervi — sezuvchi nerv. Quloq suprasiga va tashqi
eshitish yo'li terisiga tarqaladi.
2. Kichik ensa nervi — sezuvchi nerv. Boshning ensa qismi terisiga
tarqaladi.
3. Bo'yinning ko'ndalang nervi — sezuvchi nerv. Bo'yinning oldingi
yonbosh qismi terisiga tarqaladi.
4. O'mrov ustidagi nervlar — sezuvchi nerv. O'mrov atrofidagi teri-
larga tarqaladi.
195-rasm. Ko'krak va qorin devorlari (nervlari).
/-q o v u rg 'a oraliq nervlar; 2 -qovurg'a oraliq
yelka-nervi;
3 -
yonbosh-qorin osti nervi;
4 -
yonbosh-chov nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
196-rasm. Bo'yin va yelka
chigallari.
I -
til osti nervi; 2 - adashgan
nerv;
3 -
bo'yin nervining til
osti nerv tolasi bilan tutashgan
jo y i;
4
- o 'm r o v osti nerv
tolalari; 5 - muskul tolalari;
6 - ko'krakning uzun nervi;
7 - yelka chigalining tashqi
poyasi;
8
- yelka chigali; 9 -
o'mrov usti nervlari;
1 0 -
di
afragma nervi;
11 -
qo'shimcha
nerv.
5. Muskullarga boruvchi
tarmoqlar — harakatlanti
ruvchi nervlar. Bo'yinning
chuqur muskullari (bosh-
ning, bo'yinning uzun mus
kullari, narvon muskullari)-
ga tarqaladi.
6. Diafragma nervi — aralash nerv. Oldingi narvon muskulining oldingi
ko'ks oralig'ida yurak pardasi (perikard) bilan plevraning ko'ks oraliq
varag'i orasidan yo'nalib, diafragmaga borib tarqaladi.
YELKA CHIGALI
Yelka chigali IV — VIII bo'yin nervlari bilan qisman birinchi ko'krak
nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi. Chigal bo'yinning pastki
chegarasida (o'mrov suyagining ustida), to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mus
kulning orqasida joylashgan (197-rasm).
Chigaldan chiqqan uzun nervlar uchta (ichki, tashqi va orqa) poya
hosil qilib, narvon muskullar oraliq yorig'idan qo'ltiq bo'shlig'iga o'tadi
va qo'ltiq osti arteriyasini uch tomondan o'rab turadi. Yelka chigalidan
197-rasm. Yelka chigali nervlari.
/ - y e l k a chigali; 2 -o 'm r o v
suyagi;
3 -
qo'ltiq venasi;
4 -
qo'ltiq arteriyasi; 5 -k o'k rak
nervlari;
6 -
qovurg'a oraliq-yelka
nervi; 7 - ko'krakning uzun ne
rvi;
8 -
ko'krak orqa devorining
nervlari; 9 -q o 'ltiq nervi;
1 0 -
yelkaning ichki terisiga boruvchi
nervi;
II -
bilak nervi;
12 -
tirsak
nervi;
13 -
bilakning ichki tomon
terisiga boruvchi nervi;
14 -
oraliq
nerv;
15 -
muskul teri nervi;
16,
18
- orqa miya; / 7 - ichki poya.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qisqa va uzun tarmoqlar chiqadi. Odatda, qisqa tolalar yelka chigalining
o ‘mrov suyagi ustki qismidan boshlanadi.
1. Ko'krak orqasi nervi rombsimon muskul bilan ko'krakni ko'taruv
chi muskulga tarqaladi.
2. Uzun ko'krak nervi oldingi tishli muskulni innervatsiya qiladi.
3. O'mrov osti nervi — shu nomli muskulga boradi.
4. Kurak ustidagi nerv kurakning orqa yuzasidagi (kurak ustidagi va
ostidagi) muskullarga tarqaladi.
5. Ko'krak oldi nervlari katta va kichik ko'krak muskullariga boradi.
6. Ko'krak orqa devorining nervi orqadagi serbar muskulga tarqaladi.
Yelka chigalining uzun tarmoqlari (o'mrov suyagi ostki qismi) uchta
poyadan boshlanadi:
I. I c h k i p o y a t a r m o q l a r i :
1. Yelkaning ichki tomon terisiga boruvchi nerv —sezuvchi nerv
yelkaning ichki tomondagi terisiga tarqaladi.
2. Bilakning ichki tomoniga boruvchi nerv — sezuvchi nerv, bilak
ning ichki tomondagi terisiga tarqaladi.
3. Tirsak nervi — aralash nerv, yelkada yelka arteriyasi bilan yonma-
yon bo'lib, yuza joylashadi, tirsak egati orqali bilakka o'tib, bilak arteriyasi
va venalari bilan birga qo'l kaftigacha borib, ikkita shoxga bo'linadi.
Nervdan bilakda kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskul bilan panjani
bukuvchi chuqur muskulning bir qismiga tolalar boradi.
Nervning qo 'l panjasiga boruvchi shoxining biri kaftning chuqur
tarmog'i bo'lib, jimjiloq tomondan tepalik muskullarining suyaklararo
muskullari bilan ikkita chuvalchangsimon muskullarga tarqalsa, ikkinchisi
panjaning yuza tarmog'i bo'lib, kaftning kalta muskulini, kaftning jimjiloq
tomon terisini, jimjiloqning oldingi va orqa tomondagi terisini va IV
barmoqni tirsak tomon terisiga (1V2 barmoq terisini) innervatsiya qiladi.
Kaftning orqa tomonidan, V, IV barmoqlar terisini va III barmoqning
jimjiloqqa qaragan terisini innervatsiya qiladi.
II. T a s h q i p o y a t a r m o q l a r i :
1. Muskul-teri nervi tumshuqsimon o'siqdan yelkaga boruvchi mus
kulni teshib o'tib, yelka muskuli bilan yelkaning ikki boshli muskullari
orasidan pastga yo'naladi va ularga o'zining harakatlantiruvchi tolalarini
beradi. Nervning sezuvchi tolalari bilakning tashqi teri nervi nomi bilan
bilakning tashqi, qisman old tomonidagi terisini innervatsiya qiladi.
2. Oraliq nervi ichki va tashqi nerv poyalaridan hosil bo'lib, yelkada,
yelka arteriyasi bilan birga yotadi (yelkaga hech qanday tola bermaydi),
undan tirsak chuqurchasiga, so'ng bilakka o'tadi. Bilakda yuza va chuqur
joylashgan muskullar oralig'idan yo'naladi va ulaming hammasiga (kaftni
www.ziyouz.com kutubxonasi
tirsak tomonga bukuvchi muskul bilan panjani bukuvchi muskul chuqur
qismining yarmidan boshqa) harakatlantiruvchi tolalar beradi. Oraliq nerv
shoxlari kaftda bosh barmoq tomondagi tepalik muskullari (bosh barmoqni
yaqinlashtiruvchi muskuldan boshqa), bosh tarmoq tomondan ikkita chu
valchangsimon muskullami va kaft tomondagi 3 '/, barmoqning (bosh
barmoq tomonidan) terisini innervatsiya qiladi.
III. O r q a p o y a t a r m o q l a r i :
1. Qo‘Itiq nervi aralash nerv bo‘lib, to'rt tomonli teshikdan o'tib,
yelka suyagi orqasidan boradi va deltasimon muskul, kichik yumaloq
muskul hamda yelka bo'g'imiga tarqaladi. Sezuvchi tolalari deltasimon
muskulni qoplab turgan terini innervatsiya qiladi.
2. Bilak nervi — aralash nerv. Yelka arteriyasining chuqur shoxi
bilan yelkaning orqa tomoniga o'tib, yelka chiziqcha muskul kanali orq
ali tirsakka borganda yuza va chuqur shoxlarga bo'linadi.
Nervning harakatlantiruvchi tolalari yelkada uch boshli muskulni
innervatsiya qilsa, sezuvchi tolalari yelkaning orqa tomondagi terisiga tar
qaladi. Bilak nervi bilak sohasida uning orqa tomonida joylashgan muskul
lami va ulami qoplab turgan terini, kaftda esa bosh barmoq tomonidan
boshlab 2 42 barmoqning orqa tomondagi terisini innervatsiya qiladi.
BEL CHIGALI
Bel chigali (198-rasm) XII ko'krak nervi oldingi shoxining bir tarmog'i,
I, II, III bel nervlarining oldingi shoxlari va IV bel nervi oldingi shoxi
ning bir qismi ishtirokida hosil bo'ladi.
Bel chigalidan quyidagi
nervlar chiqadi:
198-rasm. Bel va dumg'aza
nerv chigali simpatik
sistemasining bel va dumg'a
za qismlari.
/- q o v u r g ' a osti nervi; 2 -
yonbosh-qorin osti nervi;
3 -
y o n b o s h -c h o v n erv i;
3 -
simpatik nerv sistemasining bel
va dumg'aza qismi; 5 - sonning
tashqi teri nervi; 6 - tanosil-son
n erv i;
7 - son n erv i;
8 -
yopiluvchi nervi; 9 -dum g'aza
nerv poyasi;
1 0 -
dumg'azaning
simpatik nervi; 9 -d u m g 'a z a
nerv poyasi;
1 0 -
dumg'azaning
simpatik nerv tuguni;
II
- s im -
patik nerv poyasi;
12
- aortaning
simpatik nerv chigali.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. Muskul tolalari katta va kichik bel muskullari hamda belning to'rt
burchakli muskullariga tarqaladi.
2. Yonbosh-qorin osti nervi qorin devori muskullarining pastki qismiga
va ulami qoplab turgan teriga tarqaladi.
3. Yonbosh-chov nervi chov kanalidan tashqariga chiqib, qov va yorg'oq
(ayollarda katta uyatli lab) terisiga tarqaladi.
4. Tanosil-son nervi ikkita tarmoqqa bo'linadi. Uning bitta shoxi chov
sohasidagi teriga tarqalsa, ikkinchi shoxi urug' tizimchasi bilan pastga tushib,
moyakni ko'taruvchi muskul bilan moyak pardasini innervatsiya qiladi.
5. Sonning tashqi teri nervi sonning tashqi tomondagi terisiga (tizzaga
qadar) tarqaladi.
6. Son nervi chigalning eng yo'g'on nervi bo'lib, katta bel muskuli
bilan chov boylami tagidan (muskul kovakdan) o'tib, songa chiqadi va
uchta tarmoqqa bo'linadi:
a)
muskul tarmoqlari sonning to'rt boshli muskuli, mashinachilar muskuli
va taroqsimon muskullarga tarqaladi; b) sonning oldingi va ichki tomondagi
teriga tarqaluvchi tolalar; d) «yashirin» nerv eng uzun sezuvchi nerv bo'lib,
boldirga tushib, uning ichkari tomondagi terisini innervatsiya qiladi.
7. Yopiluvchi nerv katta bel muskuli orqasidan kichik chanoq bo'shli
g'iga tushadi, undan yopiluvchi kanal orqali sonning ichkari sohasiga
chiqadida, shu yerdagi barcha (sonni yaqinlashtiruvchi) muskullarga, cha
noq-son bo'g'imining xaltasiga va sonning ichkari tomonidagi terisiga
tarqaladi.
DUMG'AZA CHIGALI
Bu chigal V va qisman IV bel nervlari, I — V
dumg'aza hamda dum nervlarining oldingi shoxlaridan
hosil bo'ladi. Dumg'aza chigali tanadagi hamma chigallar
ichida eng kattasi bo'lib, kichik chanoq bo'shlig'ining
orqa tomonida, noksimon muskulning oldingi yuzasida
joylashgan. Chigaldan quyidagi tarmoqlar chiqadi (199-
rasm).
1. Muskul tolalari noksim on m uskulga, ichki
yopiluvchi muskulga, egizak muskullarga, sonning kvad-
ratsimon muskuliga tarqaladi.
2. Ustki va pastki dumba nervlari chanoq bo'shlig'i
dan noksimon muskulning ustki va pastki teshiklaridan
chiqib, dumba sohasida dumba muskullariga, katta, o'rta
va kichik chanoq-son bo'g'im i xaltasiga tarqaladi.
199-rasm. Oyoq terisi nervlarining tarqalish sxemasi.
1, 2
- dumba terisining yuqori nervlari;
3, 4
- son orqasining teri
nervi; 5, 6 , 7 - boldirning tashqi yuzasi terisi nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Son orqasining teri nervi chanoq bo‘shlig‘idan noksimon muskul
ostidan katta quymich teshikdan quymich nervi bilan chiqib, sonning
orqa sohasidagi terini innervatsiya qiladi.
4. Quymich nervi — organizmdagi eng yo‘g ‘on va uzun aralash nerv.
Katta quymich teshigidan (noksimon muskul ostidan) dumba sohasiga
chiqadi va sonning ikki boshli muskuli, yarim oy va yarim parda muskullari
orasidan o'tib, ularga tolalar beradi. Nerv tizza osti chuqurchasining tepa
burchagiga kelib, katta boldir nervi va kichik boldirning umumiy nervlariga
bo'linadi:
a) katta boldir nervi tizza osti chuqurchasi sohasidan pastga tushib,
boldirning orqa tomondagi yuza va chuqur joylashgan bukuvchi muskul
lari orasidan medial to'piqqa borib, ichki va tashqi kaft nervlariga bo'linadi.
Katta boldir nervi tizza osti sohasidagi muskullami, boldirning orqasida
joylashgan bukuvchi muskullami va shu sohadagi terini innervatsiya qiladi.
Tashqi va ichki kaft nervlari oyoq panjasining muskullariga va terisiga
tarmoqlanadi (199-rasm);
b) umumiy kichik boldir nervi quymich nervidan ajralgach, tizza osti
chuqurchasining qirg'og'i bo'ylab kichik boldir suyagi boshi oldiga borib,
ikki shoxga bo'linadi. Ulaming chuqur shoxi boldirning oldingi muskullari
orasidan yo'nalib, ularga tolalar beradi va oyoq panjasining ustki tomon
terisini, muskullarini va I—II barmoq oraliq terisini innervatsiya qiladi.
Umumiy kichik boldir nervining yuza shoxi kichik boldir muskullariga,
oyoq panjasining ust tomondagi terisiga, II, III, IV, V barmoqlar va
ulaming oraliq sohasidagi terilarga tarqaladi.
UYATLI CHIGAL
Uyatli chigal — dumg'aza chigalining bir qismi. Ill—IV dumg'aza
nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi.
Chigal tarmoqlari:
1. Muskul tarmoqlari orqa chiqaruv teshigini ko'taruvchi muskul va
dum muskuliga boradi.
2. Tashqi olat nervi kichik chanoq bo'shlig'idan noksimon muskul
tagidan chiqib, quymich qirrasini aylanib o'tib, kichik quymich teshik
orqali yana chanoq bo'shlig'iga kiradi. U yerda quymich suyagi bilan
to'g'ri ichak o'rtasidagi chuqurda joylashib, orqa chiqaruv teshigini siquvchi
tashqi muskul, oraliq muskullari va terilari, yorg'oq terisining orqa
qismi (ayollarda katta uyatli lablaming orqa qismi)ga tarmoqlar
beradi.
Periferik nerv sistemasining rivojlanishi
Odamning embrional rivojlanishida birlamchi nerv naychasining ichi
dagi hujayralar ko'payib, yangi hujayralarni hosil qilish hisobiga orqa
miyaning ichki kulrang moddasini vujudga keltiradi. Keyinchalik kulrang
www.ziyouz.com kutubxonasi
modda o ‘sa borib, «N» shaklli bo‘ladi. Ularning oldingi shoxidagi nerv
hujayralari katta hajmli bo‘lib, tolalari harakatlantiruvchi (efferent) nerv
ildizlarini hosil qiladi. Kulrang moddaning orqa shoxlarida joylashgan
nerv hujayralar unchalik katta bo'lmasdan, ulardan chiqqan nerv tolalari
sezuvchi (afferent) ildizni hosil qiladi. Sezuvchi ildizlarda rivojlanayot-
gan hujayralar (neyroblast)dan sezuvchi tugunchalar paydo bo‘ladi. Ke
yinchalik oldingi nerv ildizi bilan orqa ildiz nerv tolalari qo'shilib, orqa
miya nervini hosil qiladi. Nerv tolalari taraqqiy etib yetilgan paytiga
yaqin, maxsus pardalarga o'raladi. Pardalar ikki xil bo'ladi.
1. Ektodermaga oid hujayralar ko‘payib, nerv tolalari atrofida yupqa
parda (neyrolemma)ni hosil qiladi. Periferik nervlarning hamma tolalari
neyrolemma bilan o ‘ralgan.
2. Neyrolemma paydo bo‘lganidan keyin ba’zi nerv tolalari qo'shim
cha parda (miyelin — yog‘simon yumshoq modda) bilan qoplana bosh
laydi. Binobarin, bu xildagi nerv tolalari miyelinli nervlar deb ataladi.
Periferik nervlar fiziologiyasi
Periferik nervlarning deyarli ko‘pchiligi aralash nervlar bo'lgani uchun,
tarkibida ham sezuvchi, ham harakatlantiruvchi nervlar bo'ladi. Shu bois
bunday nervlar qo'zg'aluvchan va o'tkazuvchan xususiyatga egadir.
Qo'zg'aluvchanlikni a’zolarda, muskullar va terida joylashgan nerv oxirlari
(retseptorlar) qabul qilib, markazga intiluvchi afferent (sezuvchi) nervlar
orqali markaziy nerv sistemasiga, u yerdan harakatlantiruvchi (efferent)
nervlar orqali ishchi a’zolarga kerakli javob
impulslarini
yetkazadi.
Ta’sirlami o'tkazish tezligi nervlarda har xil bo'lib, o'rtacha sekundiga
0,5— 120 m ga teng, miyelin pardali nervlarda miyelinsiz tolalarga nisbatan
qo'zg'alishni o'tkazish ancha tezroq. Impulslar yo'g'on diametrli nervlarda
ingichka diametrli nervlarga nisbatan tezroq bo'ladi. Jumladan, quymich
nervlarda biotoklar bir sekundda 120 m tezlikda tarqalsa, ingichka ne
rvlarda (ayniqsa ichki a’zolarga tarqalgan simpatik nervlarda) bir sekundda
faqat 0,5— 1,5 m tezlikda o'tadi. Nerv tolalarida impulslar faqat bir tomonga
qarab yo'naladi. Jumladan, sezuvchi (afferent) nerv tolalari qo'zg'alishni
markaziy nerv sistemasi tomonga yo'naltirsa, harakatlantiruvchi (efferent)
nervlar, aksincha, markaziy nerv sistemasidan periferiyaga — ishchi a’zo
larga qarab yo'naladi.
Q o'zg'alish nervlardan a’zolarga, muskullarga quyidagicha o'tadi:
harakatlantiruvchi nerv tolalari a’zolar, muskullar tarkibiga kirib, o 'z
miyelin pardalarini yo'qotib, retseptorlar (nerv tolalarining oxirlari)ga
bo'linadi. Retseptorlar turli (halqacha, taqacha va h.k.) shaklda bo'lib,
maxsus (presimpatik) parda bilan o'ralib, muskul tolalari yuzalaridagi
chuqurchalarga botib joylashadi. Parda ichida taxminan 2,5—3 mln. gacha
asetilxolin pufakchalari bo'ladi. Ana shu retseptorlar muskul tolalarining
ko'pdan-ko'p burmalar hosil qilib joylashgan postsinaptik pardasi orqali
www.ziyouz.com kutubxonasi
tutashadi. Parasimpatik parda bilan postsinaptik parda oralig'ida 200—
500 A keladigan sinaps bo'lagi bor. Postsinaptik pardada xolinesteraza
(xolinoretseptor va asetilxolinni parchalaydigan) fermenti joylashgan.
Harakatlantiruvchi nervdan kelgan impulslar retseptor membranasini
qutbsizlantirib, pufakchalar pardasini parchalab sinaps o ralig 'ig a
asetilxolinni quyadi. Asetilxolin molekulalari diffuziyalanib, muskul
tolasining postsinaptik membranasiga shimilib, xolinoretseptorlar bilan
birikib, postsinaptik membranadagi Na+ va K+ ionlarining o'tkazuvchanligini
oshiradi. Natijada membrana qutbsizlanib, manfiy zaryadli bo'ladi va
muskullar qisqarib harakatlanadi. Muskullar harakati natijasida ajralgan
asetilxolin postsinaptik pardadagi xolinesteraza fermenti ta’sirida parcha
lanib, postsinaptik pardani qutblantiradi. Qutblangan postsinaptik parda
yana avvalgi holatiga qaytadi.
Nazorat uchun savollar
U m u m i y q i s m v a o r q a m i y a
1. Bosh miya sistemasining tuzilishi va uning qismlari, funksiyasi.
2. Markaziy nerv sistemasi qaysi qismlardan tuzilgan?
3. Periferik nerv sistemasining tuzilishi.
4. Refleks ravog'i va uning tarkibi.
5. Orqa miyaning tashqi va ichki tuzilishi, joylashgan o'm i.
6. Orqa miyaning markaziy kanali yuqorida qaysi bosh miya qorinchasiga qo'shiladi?
7. Orqa miya segmentlari va nervlarining hosil bo'lishi.
8. Orqa miya segmentlarining soni.
9. Orqa miya pardalari.
10. Orqa miya fiziologiyasi.
B o s h m i y a
11. Bosh miyaning joylashuvi, o'rtacha og'irligi.
12. Bosh miya sathlari.
13. Bosh miyaning tubi.
Dostları ilə paylaş: |