O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus texnikum professional ta’limning


IV. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan havo elektr liniyalarini montaj qilish



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə95/108
tarix22.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#120030
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o

IV. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan havo elektr liniyalarini montaj qilish

10.



Havodagi elektr uzatish liniyalarini ishlatish va ta’mirlash



Havo liniyasini montaj qilishga tayyorlash. Havo liniyalari trassalarining rejasini tuzish. Tayanchlar uchun katlovalar qazish. Havo liniyasining tayanchlarini jihozlash. Katlavanda havo liniyasining tayanchini ko‘tarish va o‘rnatish.
Simlarni chuvatish. Simlarni burab ulash. Simlarni bandaj bilan bog‘lab ulash. Simlarni gilzada presslab va sirtmoqga payvandlash bilan ulash. Simlarni shunt bilan birga presslash yo‘li bilan ulash. Simlarni uchma-uch payvandlash va gilzada presslash yo‘li bilan ulash. Simlarni gilzada ustma-ust qo‘yib presslash yo‘li bilan ulash. Simlarni boltli qisma yordamida ulash. Simlarni ko‘tarish va solqilanishini rostlash.

6

A

3




V.Transformator podstansiyasining elektr jixozlarini montaj qilish.

11.

Ajratgich va yuklama uzgichni montaj qilish.
Moyli uzgichlarni montaj qilish
Uzgichlarning yuritmalarini montaj qilish.



Ajratkich yuklama uzgichlar va ularning yuritmalari o‘rnatiladigan konstruksiyaga o‘rnatish joylarini shablon, po‘lat ruletka va belgilash lineykasi yordamida belgilab olish. Teshiklarni parmalash. Boltlar yordamida ajratkich yuklama uzgichlarni konstruksiyaga mahkamlash. Ajratkich yuklama uzgichlarning ramalarini zaminlash. Ajratkich yuklama uzgichlar va blok kontaktlarni 20-25 martta ulab-uzib tekshirib ko‘rish. YOrdamchi transformator stansiyasining elektr jihozlarini montaj qilish.
Montaj qilinishi kerak bo‘lgan VMB-10 uzgichini sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazish. Bunda chinni izolyatorning tok o‘tkazuvchi sterjenlarning moy ko‘rsatkichining va saqlagich kolsalarning sozligini aniqlash. Uzgichlarni oldindan tayyorlab qo‘yilgan kranshteynga o‘rnatish. Kranshteynlar 60x60x6 mm li po‘latdan yasaladi. Uzgichlar shayba va kontur gaykalar yordamida mustahkam kranshteynga qotiriladi.
Uzgichning yuritmasini montaj qilishdan oldin o‘chirilgan holatga keltirish. YUritmani oldindan tayyorlangan konstruksiyaga o‘rnatish. YUritmani sozlash uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan xodimlarga topshirish.

6

A

3

12.

6 va 10 kV li o‘lchov tok transfomatorini montaj qilish
Kuchlanish o‘lchov transformatorini montaj qilish.

O‘lchov chegarasi 2,5 kV gacha bo‘lgan megoommetr yordamida tok transformatorining birlamchi chulg‘ami izolyasiyasini uning korpusiga nisbatan tekshirish. bunda izolyasiya qarshiligi 10 mOm dan kam bo‘lmasligi kerak. agar izolyasiya qarshiligi me’yordagi qiymatdan kam bo‘lsa, transformatorni quritish uchun transformator tokning chulg‘amidan belgilangan tok kuchidan 15% orti tok o‘tkazib qizdirish. Ikkilamchi chulg‘am uchlarini bir-biriga ishonchli ulash. Tok transformatorini tayanch konstruksiyaga o‘rnatish. Birlamchi chulg‘amini taqsimlash qurilmasiga ulash. Transformatorning korpusini zaminlash. Transformatorini montaj qilishdan oldin sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazish. Zarurat tug‘ilganda chulg‘amni bakdan chiqarib quritish. kuchlanish transformatorini taqsimlash qurilmasining alohida seksiyasiga o‘rnatish. Transformatorning birlamchi chulg‘amini tokni chegaralovchi qarshilik eruvchan saqlagich va ajratkich orqali taqsimlash qurilmasiga ulash. Transformatorning bakini zaminlash. Kuchlanish transformatori o‘rnatilib bo‘lingandan keyin uning ikkilamchi chulg‘ami izolyasiyasini tekshirish.

6

A

3

13.

YUqori kuchlanishli saqlagichlarni montaj qilish.

YUqori kuchlanishli saqlagichlarni montaj qilishdan oldin sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazish. bunda izolyasiya qiluvchi qismlarida, birikmalarda, armaturasida maxkamlovchi detallarida kamchilik yo‘qligini tekshirish. Patron ichidagi to‘ldiruvchisining to‘laligi va zichligi eruvchan o‘rnatmani butunligi, patronning germetikligi va uning patronda belgilangan tokiga mosligi. ishlab ketish ko‘rsatkichining sozligi. Saqlagich patronining birikmalardagi ishonchliligini tekshirish. Saqlagichni devorda po‘lat ramaga o‘rnatish. Reaktorlarni montaj qilish. Reaktorni montaj qilishdan oldin unda chulg‘am izolyasiyaning me’yordaligi va kamchiliklari bartaraf etilganligini tekshirish. Reaktorni quruq xonaga o‘rnatish. Reaktorni yig‘ish va o‘rnatish, uni ishlab chiqargan korxona belgilari asosida bajarish. Reaktorning fazalarini ko‘tarishda va o‘rnatish ishlarini ehtiyotkorlik bilan bajarish. Reaktorni montaj qilib bo‘lgandan keyin reaktor o‘rnatilgan xonadan hamma asbob va metall bo‘lakchalarni olib tashlash.

6

A

3

14.



Ventelli razryadnikni montaj qilish.

Zaminlash qurilmasini montaj qilish.



Razryadnikni montaj qilishdan oldin chinni qoplamasida yorilganlik va boshqa kamchiliklar yo‘qligini tekshirish. Ichki detallarning mustahkamligini tekshirish. Kostruksiyaga razryadnikni vertikal o‘rnatish. YOpiq yordamchi stansiyalarda razryadnikni taqsimlash qurilmalarining maxsus kamerasiga joylashtirish. Razryadnikni montaj qilishda uning tok o‘tkazuvchi qismlari va boshqa elektr jihozlarining elementlari orasidagi masofalarning me’yordaligini tekshirish. YOpiq yordamchi stansiyalarda razryadniklarning orasidagi masofa: 6 kV da 100 mm dan kam bo‘lmasligi; 10 kV da 125 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Razryadnikni qattiq po‘lat shina orqali zaminlash. Tabiiy erga ulashni bajarishni o‘rganish. Sun’iy erga ulashni bajarish uchun qoziqlar tayyorlash, xandak kovlash shartlarini o‘rganishda va amalda bajarilishini o‘rganish.

6

A

3





Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin