davolanish uchun dam olish iqlimli, dengiz, balchiq bilan davolanish
va hokazolarga bo‘linadi.
7.Tanishuv (ekskursion) turizmi o‘z ichiga tanishuv (bilish,
ko‘rish va eshitish) maqsadlari bilan bog‘liq tashrif va sayohatlarni
o‘z ichiga oladi. Ekskursiya bilishning bir shakli bo‘lib,
shaxs
intelekti va dunyoqarashini kengaytirish vazifasini bajaradi.
8.Malakaviy ish turizmiga ish maqsadlari bilan bog‘liq safarlar
kiradi. Hozirgi taraqqiy etgan zamonaviy
jamiyatda hayot xalqaro
aloqalarni bog‘lash zaruriyatini tug‘dirmoqda. So‘nggi yillarda
ishchan
soha vakillarining, tadbirkorlarning tashriflari ommaviy tus
olmoqda.
Qator turistik firmalar guruhlarga
jamlangan biznesmenlarning
turli maqsadlardagi tashriflarini tashkil etishga ixtisoslashtirilmoqda.
Ushbu turdagi turizmning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki,
ishchanlik vaziyatida o‘tadigan uchrashuv ishtirokchilari oddiy
sayyohga qaraganda mamlakat bo‘ylab sayohat paytida ko‘proq
mablag‘ sarflaydi. Shuning uchun ko‘pgina
davlatlar xalqaro
forumlarni va shunga o‘xshash tadbirlarni o‘zlarida o‘tkazishga
harakat qiladilar.
9.Ilmiy turizmxalqaro turizmning o‘qish, ta’lim olish maqsadida,
malaka oshirish maqsadida amalga oshiriladigan nisbatan yangi turi
hisoblanadi. Xorijda ta’lim olish uchun safar qilish O‘zbekistonda
ham turbiznesining o‘rnatilgan segmentlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Safarlarning ommabop bo‘lib
borayotgan turi bu til
o‘rganish maqsadida, ayniqsa Buyuk Britaniyaga
va boshqa ingliz
tilida so‘zlashadigan davlatlarga safarlar kengayib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: