O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
 
O‘zbekistonda turizm faoliyatigamustaqillikning dastlabki 
kunlaridanoq davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Turizm 
sohasining rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm 
vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish 
hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, 
uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm 
markazlaridan biriga aylantirish uchun, avvalo, turizm xizmat 
bozorini shakillantirishga zamin yaratish lozim bo‘lmoqda. Bunda 
turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish 
uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u yigirma birinchi asr jahon 
xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash 
kerak.
Mamlakatimizdagi o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarining turizm 
va servis ta’lim yo‘nalishlarida malakali, ijodkor va tashabbuskor, 
qobiliyatli, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal 
qila oladigan, yangi texnika va texnologiyalarga tez moslashishga 
layoqatli, mas’uliyatli kadrlarni tayyorlash maqsadida ta’lim 
jarayonini zamonaviy o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash zamon 
talabi bo‘lib qolmoqda. Shularni hisobga olib, turistik korxonalarda 
ijrochilar va o‘rta bo‘g‘indagi xodimlar lavozimlarida faoliyat olib 
boruvchi kadrlarni turizm sohasidagi kasb-hunar kollejlari tayyorlab 
bermoqda. Ushbu kasb-hunar kollejlarida turizm tayyorlov yo‘nalishi 


(3810100) va turizm va mehmonxona xo‘jaligi servisi tayyorlov 
yo‘nalishi (3811700) bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda.
Bu o‘quv maskanlarida o‘qitiladigan fanlar qatorida turizm 
asoslari fani ham o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lib, turoperator
turagent, turanimator, turizm biznesi, mehmonxona biznesi, restoran 
biznesi tashkilotchisi ixtisosliklari bo‘yicha fanlarning alifbosi 
vazifasini bajaradi, chunki uni mukammal egallamay turib
mutaxassislikka oid boshqa fanlarni o‘zlashtirib olish qiyin kechadi.
O‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida ta’lim 
oluvchilarni faol bo‘lishga va tanqidiy fikrlashga undaydi, faqatgina 
nazariy bilimlar bilan cheklanibgina qolmay, amaliy ko‘nikmalarni 
shakllantiruvchi muammoli savollar, mashqlar va ijodiy topshiriqlar 
berilgan.
Ushbu kursning yangiligini nazarda tutgan holda ushbu o‘quv 
qo‘llanma turizm asoslarini o‘qitishda turizm sohasidagi kasb-hunar 
kollejlari talabalariga yaqindan yordam beradi degan fikrdamiz.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin