O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

Muhammad Muso al-Xorazmiy o‘z bilimini oshirish maqsadida 
Xuroson, Eron, Iroq va Suriya mamlakatlariga borib, matematika, 
geografiya, astranomiya fanlari bilan shug‘ullangan va olamshumul 
kashfiyotlar qilgan.
«Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk 
astranom, matematik, geograf 
Ahmad al-Farg‘oniydir. U 
Farg‘onalik bo‘lib, avval Marv, so‘ngra Bog‘dod, Damashq va 
Qohira shaharlariga borib, astranomiya, matematika, geografiya 
fanlari bilan shug‘ullanadi. U Qohira shahri yaqinida joylashgan 
Ravzo orolida joylashgan Nil daryosi sohilidagi qadimgi gidrometr – 
daryo oqimi sathini o‘lchaydigan «Miqyos an-Nil» inshooti 
qurilishiga rahbarlik qiladi.
Buyuk vatandoshlarimiz – Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, 
Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar fan taraqqiyotiga o‘z 
hissalarini qo‘shishi bilan birga el kezgan olimlardir. Al-Beruniyning 
«O‘tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» asarlarida 
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, geografiyasi haqida boy 
ma’lumot to‘plangan.


Zahiriddin MuhammadBobur (1483- yil 14- fevral, Andijon 
shahri–1530- yil 26- dekabr, Hindistonning Agra shahri) – o‘zbek 
mumtoz adabiyotining yirik vakili, tarixchi, sayyoh-olim, temuriylar 
sulolasi vakili. «Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi» deb nomlangan Hind 
davlatining, aslida, Boburiylar davlatining asoschisi bo‘lgan. Bobur 
o‘zining mashhur «Boburnoma» nomli asarida XV asrning ikkinchi 
yarmi va XVI asrning birinchi yarmidagi Movarounnahr, O‘rta 
Osiyo, Afg‘oniston hamda Hindiston tarixi, madaniyati va tabiati 
haqida juda boy ilmiy ma’lumotlar keltiradi, bu, albatta, Boburning 
ushbu yurtlarni kezib chiqqanligidan dalolat beradi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘rta Osiyoda qadimgi sayyohlik 
Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, IX–XI 
asrlarda sayyohlik tufayli kishilar bilimini oshiradigan turizmning 
ilmiy turiga asos solingan va ziyoratchilik turizmi keng rivojlangan.
Rossiya davlati ham mashhur sayohatchilarga boy.Eng qadimgi 
sayohatchilardan biri Igumen Danill 1065- yilda Afon Muqaddas 
yerga ziyorat qilgani borgan va safar davomida ko‘pgina xalqlar va 
o‘lkalar haqida batafsil yozib qoldirgan. 1471–1474- yillarda Eron va 
Hindistonga sayohat qilgan Afanasiy Nikitin «Uch dengiz osha 
sayohat» nomli ajoyib asar bitgan. Keyinroq, mashhur sayohatchilar 
– N. N. Mikluxo-Maklay (1846–1888), N. M. Perjevalskiy (1839–
1888), V. I. Bering (1681–1741) va boshqalar o‘z nomlarini 
sayohatchilar tarixida yozib qoldirganlar.  

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin