jami turistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning soni 351
tani tashkil etgan. Shundan 290 tasi xususiy turistik firmalar bo‘lib
(83%), ularning xizmat ko‘rsatish sohasidagi ulushi 90%
ni tashkil
etgan.
Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning
to‘rtinchi
bosqichi boshlangan bo‘lib, unda Xususiy
turistik tashkilotlar
assotsiatsiyasiga
va
tashkil
etiladigan
boshqa
turistik
assotsiatsiyalarga (masalan, Gid – tarjimonlar assotsiatsiyasi,
Mehmonxona
egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi)
«O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini
o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz
turizm
bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq
sur’atlarda rivojlanishiga yordam beradi.
Butunjahon Turistik Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili
turistlar sonining 7% ga o‘sishini
hisobga olganda, 2010- yilda
sayyohlar soni bir milliardga yetishi belgilangan edi. Ammo 2008-
yilda boshlangan jahondagi moliyaviy-iqtisodiy
inqiroz tufayli
rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keyingi yillar mobaynida turistlar
sonining kamayishi kuzatilmoqda. Shunday bo‘lishiga
qaramasdan
O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlik va taraqqiyotning o‘zbek modeli
afzalligi tufayli hozirgi paytda xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni ham
o‘sib bormoqda. O‘zbekistonda turizm sohasining 2001–2010- yillar
davomidagi rivojlanish dinamikasini «O‘zbekturizm» MKning
ma’lumotlari ko‘rsatib turibdi (3- rasm).