O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
1. 2. O‘zbekistonda turizm sohasini 
rivojlantirishning ahamiyati
Mamlakatimizda turizm faoliyati mustaqillikning dastlabki 
kunlaridanoq iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida 
talqin qilinib, unga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. 
Turizm 
sohasining 
rivoji 
uchun 
zaruriy 
tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlar vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli 
me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu boradagi ishlar hozir ham 
davom etmoqda.
O‘zbekistonda 1993–2010- yillarda turizm sohasida xizmatlar 
hajmi oshishining barqaror sur’atlari kuzatilmoqda. Agar 1993- yilda 
O‘zbekistonda turizmning barcha turlari bo‘yicha 461 ming kishiga 
xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, «O‘zbekturizm» MKning ma’lumotlari 
bo‘yicha 2011- yilda xizmat ko‘rsatilgan chet ellik va mahalliy 
turistlarning umumiy soni 1 mln kishidan oshgan bo‘lib, shu 
jumladan, turizm sohasi korxonalari tomonidan 463,4 ming nafar 


chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatilgan
2
.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, 1993- yilda mamlakatimizda 
bor yo‘g‘i 4 ta xususiy turistik firmasi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda 
turizm xizmatlarining nodavlat sektorida 738 ta turistik firmasi, shu 
jumladan, umumiy sig‘imi 12,8 ming o‘rindan iborat 241 ta 
mehmonxona va 500 ga yaqin turoperator va turagentlar faoliyat olib 
bormoqdalar
3

Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va 
raqobatbardosh turistik mahsulotini yaratish maqsadida, tarmoqda 
zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda 
olib borilayotgan turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt 
bosqichga ajratsakbo‘ladi.
Birinchi 
bosqichda 
tarmoqda 
yangi 
boshqaruv 
tizimini 
shakllantirish, 
turistik 
biznesni 
yuritishga 
yordamlashadigan 
qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, 
audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm 
sohasining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda 
turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik 
korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor 
2
http://uzbektourism.uz.
3
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat 
va sport masalalari qo‘mitasining 2010- yil 25- iyundagi «O‘zbekiston turizm 
salohiyatini oshirish va sohani huquqiy tartibga solish: muammo va yechimlar» 
mavzuyidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridan. 


berildi. Turizm sohasiga oid ishlab chiqilgan ilk me’yoriy hujjat bu – 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992- yil 27- iyuldagi 
«O‘zbekturizm» MKni tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni va 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992- yil 20- 
oktabrdagi «O‘zbekturizm» MK faoliyatini tashkil etish masalalari 
haqida»gi Qaroridir. Mamlakatimizda jahon andozalariga javob 
beradigan turizm tizimini barpo etish, ushbu soha boshqaruvini 
takomillashtirish, 
uning 
iqtisodiy 
samaradorligini 
oshirish, 
shuningdek, mamlakatimizda mavjud bo‘lib kelgan va sobiq 
Ittifoqqa bo‘ysungan turistik tashkilotlar va muassasalarni respublika 
ixtiyoriga o‘tkazish ushbu farmon va qarorning bosh maqsadi qilib 
olindi. 
Mazkur 
farmon 
O‘zbekistonda 
turizm 
sohasini 
takomillashtirish, uni yangi bosqichga ko‘tarish, «O‘zbekturizm» 
MKni tuzish uchun dastur bo‘lib xizmat qildi.
1993- yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon 
Turistik Tashkilotiga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu, o‘z 
navbatida, xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib 
xizmat qildi.
1994- yilda YUNESKO tashkilotining hamda O‘zbekiston 
Hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak 
yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha 
Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, 
ya’ni 1994- yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni 
xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur, 


tizimli – institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta 
ahamiyat kasb etdi. 1994–1995- yillar mobaynida «O‘zbekturizm» 
Milliy kompaniyasining 87,8% turistik obyektlari xususiylashtirildi 
va davlat tasarrufidan chiqarildi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini 
jadallik bilan rivojlantirdi. 1995- yilda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va 
xalqaro turizmni rivojlantirish to‘g‘risida»gi Farmoni
4
Buyuk Ipak 
yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik xarakterga ega 
bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda turizm sohasidagi 
islohotlarning ikkinchi bosqichiniboshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak 
yo‘lidagi shaharlar va turistik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom al-
Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahdumi A’zam, Hakim at-Termiziy, 
Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘inoniy 
kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh 
majmualarga aylantirildi, Toshkent shahrida muntazam ravishda 
«Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab» xalqaro sayyohlik yarmarka tashkil etila 
boshlandi, bu davrga kelib mehmonxonalardagi xalqaro talablarga 
javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi.
Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichi1999- yil 15- 
aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005- yilgacha 
bo‘lgan davrda O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi 
4
«Xalq so‘zi» gazetasi. 1995- yil 3- iyun.


to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilingan paytdan boshlandi. Bu davrdan 
boshlab turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga 
qo‘yildi hamda dunyo bozorida raqobatbardosh turistik mahsulot 
yaratila 
boshlandi, 
turizm 
tizimini 
boshqarishning 
markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik obyektlar 
o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha 
olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi turistik 
korxonalarga o‘rin ochib berildi.
2000- yildan boshlab respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar 
bilan rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar 
yiliga 30% va undan ko‘p miqdorda o‘sdi. 2001- yil oxirida 
Afg‘onistondagi «Tolibon»larga qarshi harakatlarning boshlanishi 
o‘lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha 
kamaytirib yuborganidan so‘ng, 2003- yilning 2- yarmiga kelib 
o‘lkamiz turizmi yana o‘zini o‘nglab oldi. Sharqiy Osiyoda o‘tgan 
yillarda tarqalgan odatdan tashqari pnevmaniya (sars) va parranda 
grippi kabi kasalliklar O‘zbekiston turizmiga 2001- yil 11- sentabr 
voqealaridek kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi.
O‘zbekistonga 2004- yilda tashrif buyurgan turistlar oqimi 
Sharqiy Osiyo, Tinch Okeani mintaqasidan va Yevropadan kelishgan 
(1- rasm). Butunjahon Turistik Tashkiloti (BTT) tomonidan 
o‘rnatilgan tasnif bo‘yicha, barcha MDH mamlakatlari Yevropa 
mintaqasiga kiradi. Shuning uchun O‘zbekistonga qo‘shni 
hamdo‘stlik mamlakatlaridan keluvchi turistlar ham Yevropa 


mamlakatlaridan kelgan hisoblanadi.
 
 
 
 
1- rasm. O‘zbekistonga dunyo qit’alaridan keluvchi sayyohlarning 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin