movarounnahrliklar o‘z yurtlaridan chiqib, Afg‘oniston, Eron, Iroq,
Suriya orqali o‘tib, Saudiya Arabistonidagi
Makka va Madina
shaharlarida haj amalini bajarganlar. Bu yo‘l mashaqqatli, og‘ir, bir
necha oy va yillar ichida bosib o‘tiladigan masofaga teng bo‘lsa-da,
yildan yilga hajga boruvchilarning soni ortib borgan.
Ziyoratchi-olimlarning eng mashhuri deb buyuk muhaddis
Imom
al-Buxoriyni kiritishimiz mumkin. Imom Ismoil al-Buxoriy o‘z
onasi bilan 17 yoshda hajga borib, bir necha yil Arabistonda
yashaydi. U 40 yil mobaynida Bog‘dod, Damashq, Balx, Nishopur,
Misr va boshqa ko‘pgina arab mamlakatlari
shaharlarini sayohat
qilib, hadislarni to‘playdi. Bundan tashqari,
Abu Iso Muhammad
at-Termiziyni ham misol qilish mumkin. Shu davrda uning
Bog‘dodda ko‘pgina shogirdlari ham bor edi.
Arab xalifaligiga kirgan Movarounnahrda, Xurosonda, Xorazmda
mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo‘q qilinadi, natijada yerli olimlar,
tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaharlari: Damashq, Qohira,
Bog‘dod, Kufa va Basraga borib bilim
olishga va arab tilida ijod
qilishga majbur bo‘ladilar. Bu shaharlar o‘sha davrda Sharqning yirik
ilm va madaniyat markazlari bo‘lib, ular orasida Bog‘dod shahri eng
mashhuri
edi.
IX asrda bu shaharda «Bayt ul-hikma»
(«Donishmandlar uyi») – Sharqning o‘z davridagi Fanlar
akademiyasi tashkil etilgan edi.
«Bayt ul-hikma»da katta kutubxona hamda Bog‘dodda va
Damashqda astranomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar
mavjud edi. Bu yerdagi toliblar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi
yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o‘rganish
va asarlarini
arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanganlar. Bu yerda o‘rta asar
ilm-u faniga katta hissa qo‘shgan ko‘pgina movarounnahrlik va
xurosonlik olimlar ijod qilishgan.
Jumladan, 20 dan ortiq asarlar muallifi, qomusiy olim
Dostları ilə paylaş: