Bu poyezdlardan foydalanish maqsadida temir o‘l infratuzilmasini
modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 600 kilometr uzunlikdagi yo‘llar
qaytadan tiklandi, 68 kilometrdan iborat yangi temir yo‘l
izlari
yotqizildi. Toshkent va Samarqand shaharlaridagi temiryo‘l
vokzallari qaytadan to‘liq rekonstrutsiya qilindi.
Xorijiy turistlarga yuqori servis xizmatlarini tashkil qilish
maqsadida bu shaharlarda ko‘plab turistik mehmonxonalar bunyod
etilmoqda va yangi turistik yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda.
Turizm sohasi rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo‘lib, chet el valutasi va
sarmoyalari oqimini ta’minlaydi, unga yaqin bo‘lgan sohalarning tez
o‘sishiga ko‘mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishga
yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro‘sini
oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf-xarajat
bilan turizm sohasida katta miqdordagi
valuta kelib tushishini
ta’minlash mumkin.
Ko‘pgina mamlakatlarda turizm uchta yetakchi sohalar qatoriga
kiradi, tez sur’atlarda rivojlanadi va muhim ijtimoiy hamda iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki turizim:
– mahalliy daromadni o‘stiradi;
– yangi ish o‘rinlarini yaratadi;
– ishlab chiqarishning turistik xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha sohalarini rivojlantiradi;
– turistik markazlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish
infrastrukturasini rivojlantiradi;
– xalq hunarmandchiligi markazlari faoliyatining
rivojlanishini
tezlashtiradi;
– mahalliy aholi yashash darajasining o‘sishini ta’minlaydi;
– valuta tushumlari miqdorining o‘sishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: