I BOB. TURIZM ASOSLARI KURSINING
MAQSAD VA VAZIFALARI
1. 1. Turizm asoslari kursining maqsad va vazifalari.
1. 2. O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishning ahamiyati.
1. 3. Markaziy Osiyo
mintaqasi sayohatchilari
1. 4. Sayohat va turizm tushunchslarining mohiyati va ularning
o‘zaro farqi.
1. 1. Turizm asoslari kursining maqsad va vazifalari
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach,
bozor iqtisodiyotiga
asoslangan jamiyat qurishni o‘zining asosiy maqsadi qilib belgilab
oldi. Bu ishda turizm sohasi ham
yetakchi tarmoqlardan biri
hisoblanadi. Turizm nafaqat o‘tmishni o‘rganish, o‘zga xalqlar va
elatlar bilan tanishish, ularning madaniy yodgorliklaridan bahramand
bo‘lish, shuningdek, u katta biznes hamdir. Mazkur faoliyatni yo‘lga
qo‘yish esa mutaxassislarga bog‘liq.
Buning uchun malakali
kadrlarni tayyorlash hozirgi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti, Singapur menejment universiteti, Buxoro,
Urganch va
Nukus davlat univerisitetlari va turizm sohasidagi kasb-hunar
kollejlari (1- jadval) bu ishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
1- jadval