– transport vositasining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish jadvali;
– ehtimolli transport almashtirish, kutish haqidagi eslatmalar);
– turistlar uchun eslatmalar matni (alohida vaziyatlarda, masalan:
karantin o‘rnatilgan mamlakatlarga safar uchun, maxsus sport yoki
sarguzasht sayohatlar uchun va hokazolar);
– yo‘nalish bo‘yicha ma’lumot materiallari;
– reklama vositalarining variantlari;
– prays varaqalar (kataloglar).
Avtobusdagi turlarda avtobus yo‘nalishi pasporti to‘ldiriladi
(xorijiy variantda safar varaqasi). Bu hujjat O‘zbekiston Respublikasi
Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unda nafaqat
yo‘nalish chizmasi va xizmatlar texnologiyasi, balki avtobusning
texnik jihatlari, avtoyo‘llar xususiyatlari va masofasi, avtoyo‘l
harakati ta’qiqlari va cheklashlar, hordiq va ovqatlanish joylari,
sanitar xizmat manzillari aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: