O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
Savol va topshiriqlar: 
1. Turistik faoliyatni litsenziyalashtirish rasmiyatchiligi nimalardan 
iborat? 
2. Litsenziya olish uchun davlat tomonidan o‘rnatilgan talablar 
nimalardan iborat? 
3. Turizm faoliyatiga litsenziya berish va arizalar bilan ishlash 
jarayonlari nimalardan iborat? 
4. Litsenziya olish uchun qanday hujjatlarni taqdim etish kerak? 
5. Litsenziatni tekshirishni amalga oshirishda «O‘zbekturizm»MK 
qanday huquqlarga ega? 
6. Turizmda sertifikatlashtirishning mazmuni va turlari nimalardan 
iborat? 
7. Turizm va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash uchun narxlar 
qay tartibda belgilanadi? 
8. O‘zbekistonda turizmni sertifikatlash jarayonining bosqichlari 
nimalardan iborat? 
 
 
VI BOB. TURIZM SOHASIGA OID 
RASMIYATCHILIK VA TURIZMDA HUQUQIY 


ASOSLAR 
6. 1. Turizm sohasida bojxonaga oid rasmiyatchiliklar, pasport va 
vizaga oid rasmiyatchiliklar 
6. 2. Turizmga oid hujjatlar: turistik firmada uslubiy ta’minot, 
asosiy turizm hujjatlarini aniqlash.
6. 3. Davlatning turizm sohasidagi siyosati.
6. 
4. 
Xalqaro 
turizmda 
turistlar 
hayoti 
xavfsizligini 
ta’minlashning huquqiy me’yorlari. 
6. 1. Turizm sohasida bojxonaga oid rasmiyatchiliklar, 
pasport va vizaga oid rasmiyatchiliklar 
«Rasmiyatchilik»biror-bir muhim va ma’suliyatli ishni bajarishda 
talab qilinadigan, qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan shartlar yoki 
harakatlardan iborat.
Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif 
buyurmoqchi bo‘lgan shaxslar, odatda, faqat chegaraga oid va 
bojxona rasmiyatchiliklar mavjud deb o‘ylashadi. Biroq turistning 
sog‘ligi, ya’ni insonlar hayoti uchun o‘ta xavfli kasalliklar 
tashuvchisi emasligi, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga solib 
turadigan sanitar-epidemiologik qoidalar ham juda muhim. Tibbiy-
sanitariya qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish turistni 
sayohat chog‘idagi ko‘plab ko‘ngilsizliklardan saqlaydi.
Turizm rasmiyatchiligi bu turist, turistik firma va boshqa davlatga 


qilinayotgan sayohatni uyushtirish va o‘tkazishga aloqador barcha 
tashkilotlar amal qilishi lozim bo‘lgan, u yoki bu davlat yoxud bir 
guruh davlatlar qonunchiligida qabul qilingan qat’iy shartlardan 
iborat.  
Xalqoro turizm rivojiga turli davlatlar bojxona tizimlari sezilarli 
ta’sir ko‘rsatadi. Bojxona qonunchiligi xalqaro turizm faoliyati 
rivojini 
qo‘llab-quvvatlashi 
ham, 
turli 
turizmga 
oid 
rasmiyatchiliklarni murakkablashtirish yo‘li bilan to‘sqinlik qilishi 
ham mumkin.
Turizm rasmiyatchiliklari deganda – mamlakatning davlat 
organlari o‘rnatgan kirish va istiqomat qilishga oid qoida va talablar, 
ma’lum shartlarga davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslar, turistlar 
rioya qiladigan jarayon tushuniladi.
1998- yil imzolangan turizm bo‘yicha Gaaga Deklaratsiyasi 
davlatlar va turistik pasportlar, vizalar, tibbiy va valuta nazorati, 
sayohat, safar va istiqomat qilish bilan bog‘liq turizm 
rasmiyatchiliklari va bojxona tartiblarini osonlashtirish bo‘yicha 
qat’iy 
choralar 
ko‘rish 
lozimligini 
belgiladi 

Turizm 
rasmiyatchiliklari sayohat qilishdagi murakkabliklarni yo‘qotish, 
turistlarning 
boshqa 
mamlakat 
va 
mintaqalarga 
tashrifini 
yengillashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Turizm sohasiga oid rasmiyatchiliklar bir necha katta bo‘limlarga 
bo‘linadi, jumladan: 
– chet el pasportlari; 


– vizalar; 
– bojxona qoidalari; 
– valuta nazorati va valuta almashtirish tartibi; 
– sanitar qoidalar; 
– kirish-chiqish tartibi; 
– xorijiy turistlarning mamlakatda yashashi va harakatlanishining 
o‘ziga xosligi; 
– immigratsiya qoidalari; 
– ba’zi boshqa tartiblar.
Xalqaro turizmda turistik politsiya va sanitar rasmiyatchiliklar 
bir-biridan farqlanadi. Bu o‘rinda turistik politsiya rasmiyatchiliklari 
deganda davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarning o‘rnatilgan 
pasport-viza tartibiga amal qilishi bilan bog‘liq tadbirlar tushuniladi. 
Nazoratning bu turini aeroportlar, temir yo‘l va shosselarda, dengiz 
va daryo portlarida amalga oshirish maxsus organlar zimmasiga 
yuklatilgan (O‘zbekistonda esa bu vazifa O‘zbekiston Respublikasi 
Ichki ishlar vazirligiga yuklatilgan).
Sanitar (tibbiy) rasmiyattchiliklar deb, davlat chegarasidan 
o‘tayotgan shaxslar va ularning jonivorlari (agar bo‘lsa) o‘rnatilgan 
emlash 
talabiga 
rioya 
qilishning 
nazoratiga 
aytiladi. 
Rasmiyattchiliklarga rioya qilishning nazorati mamlakatga kirish va 
chiqish uchun foydalaniladigan chegara punktlarida maxsus sanitar 
xizmati tomonidan amalga oshiriladi va, odatda, turistlarda emlash 
haqidagi xalqaro sertifikat mavjudligini tekshirishdan iborat bo‘ladi. 


Zarur holatlarda sanitar rasmiyatchilik yuzasidan turistlarni va 
sayohatchilarni joyida emlash va xavf tug‘ilsa, ularni vaqtincha 
izolatsiya qilish ham ko‘zda tutilgan. Turistlar va sayohatchilar olib 
o‘tadigan hayvonlar uchun veterinar tomonidan beriladigan 
sertifikatlar talab qilinadi.
Bojxona milliy qonunchilikka muvofiq holda davlat chegarasi 
orqali o‘tayotgan yuk, yo‘lovchilar, pochta jo‘natmalari, pul va 
qimmatbaho buyumlarni nazorat qiladigan, o‘rnatilgan bojxona 
bojlari va boshqa to‘lovlarni olish, shuningdek, qonunchilikda 
belgilangan tartibga javob bermaydigan yuklarni to‘xtatishni amalga 
oshiruvchi davlat organidir.
Bojxona rasmiyatchiliklari davlat chegarasidan o‘tayotgan 
shaxslarning buyumlar, tovar va valutani olib kirish va olib chiqish 
qoidalariga 
rioya 
qilishni 
tekshirishdan 
iborat. 
Bojxona 
rasmiyatchiliklarining amaliyoti mamlakatga kirish va chiqish uchun 
foydalaniladigan chegara punktlaridagi bojxona xizmati zimmasiga 
yuklatilgan (Aeroportlar, temiryo‘l, dengiz va daryo bekatlari, 
avtoyo‘llardagi chegaradan o‘tiladigan joylar).
Turistlar va sayohatchilar uchun bojxona rasmiyatchiliklari, 
odatda, olib o‘tishga ruxsat berilgan narsalar, tovarlar va pul (valuta) 
ning ro‘yxati va miqdorini yozma yoki og‘zaki deklaratsiya qilishdan 
iboratdir. Bunda T–6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi to‘ldiriladi.
Butunjahon 
Turistik 
Tashkilotining 
valuta 
operatsiyalari 
xususidagi tavsiyalari quyidagilar:


1. Valutaning miqdori bojxona deklaratsiyasiga kiritilgan taqdirda 
uni olib kirishga ruxsat berish.
2. 
Chegaradan 
o‘tishda 
molyaviy 
qiyinchiliklar 
va 
noqulayliklarga barham berish uchun tashrifchilar va turistlarga 
to‘liq ma’lumotni taqdim etish.
3. Chiqishda turistlarga valutani qayta almashtirish imkoniyatini 
yaratish.
4. Olib kiriladigan valutani milliy pulga almashtirish turist 
istagiga binoan amalga oshiriladi.
5. Nazorat punktida valuta almashtirishni tartibga soluvchi 
qoidalar va almashtirishning joriy kursi osib qo‘yilishi lozim.
6. O‘z davlatidan chiqishda mamlakatdan qaytib ketishga 
yetadigan miqdorda pulga ega bo‘lishga ruxsat berish.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin