O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

 
 
 


 


 


 
 
 


 
 
 
 
10- rasm.
O‘zbekistonda turizmni sertifikatlash jarayonining 
bosqichlari 
 
Rasmga izoh: 
1. Buyurtmachi «O‘zbekturizm» MKga sertifikatlashni o‘tkazish 
uchun ariza beradi. Sertifikatlash bo‘yicha tashkilot uni qabul qiladi 
va qayd etadi. 
2. «O‘zbekturizm» MK dastlabki tahlil o‘tkazish maqsadda 
mazkur hujjatning (korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar – korxona 
nomi, ustav fondi, rahbarning malakaviy darajasini tasdiqlovchi 
hujjatning nusxasi) faqatgina bir qismini to‘ldirish taklifi bilan 
buyurtmachiga anketa-savolnomalarni jo‘natadi (u ariza bilan bir 
vaqtning o‘zida ham taqdim etilishi mumkin). To‘ldirilgan anketani 
olgandan so‘ng, «O‘zbekturizm» MK arizaga binoan sertifikatlash 
sxemasini tanlash bo‘yicha qaror qabul qiladi, xizmatlarni tekshirish 
natijalarini ko‘rib chiqadi, buyurtmachi va «O‘zbekturizm» MK 
o‘rtasida sertifikatlash bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risidagi 
shartnomani tayyorlaydi. Agar salbiy qaror qabul qilinsa, bu holatda 


uning sabablari buyurtmachiga yozma ravishda xabar qilinadi. Ariza 
bo‘yicha qaror qabul qilish muddati – ariza qabul qilingan kundan 
boshlab1 oy. 
3. Buyurtmachi turistik xizmatlarni sertifikatlash uchun to‘lovni 
amalga oshirib, shartnomani imzolagach, «O‘zbekturizm» MK 
sertifikatsiya nazoratini o‘tkazish bo‘yicha komissiyani tuzadi 
(komissiya tarkibi kompaniya xodimlaridan va shtatdan tashqari 
mutaxassislardan iborat bo‘ladi) va ishlarni amalga oshirishga 
kirishadi. 
4. Komissiya sertifikatlash nazoratini buyurtmachiga anketa-
savolnomaning ikkinchi qismini to‘ldirishni taklifi etishdan 
boshlaydi (asosan, korxonaning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan savollar) hamda qator tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni 
suraydi. Turagentlikni sertifikatlashda idora (ofis, ish tartibi, aloqa 
vositalari va hokazo), litsenziya, turoperatorlar bilan shartnoma, 
ishchi xodimlar malaka-tajribasi va hokazolarni tekshiriladi. 
5. Sertifikatsiya tekshiruvi tugaganidan so‘ng barcha materiallar 
asosida buyurtmachini sertifikatlashni o‘tkazish to‘g‘risidagi 
dalolatnoma tuziladi. 
6. Komissiya tomonidan dalolatnoma tuzilganidan so‘ng 
«O‘zbekturizm» MK barcha materiallar ekspertizasini o‘tkazadi 
(dalolatnomani, 
ekspert 
xulosalarini, 
anketa 
natijalarini 
va 
hokazolarni) hamda imzolangandan so‘ng 10 kun muddat ichida 
qaror qabul qiladi: 


a) maxsus reyestrda qayd qilingan sertifikatni berish to‘g‘risida; 
b) hujjatni berishni rad etish to‘g‘risida.
Agar buyurtmachi «O‘zbekturizm» MK qaroridan norozi bo‘lsa, u 
O‘zdavstandart qoshidagi maxsus komissiyaga appellatsiya (qayta 
ko‘rish uchun ariza) berish huquqiga egadir.
Sertifikatlashni o‘tkazish uchun narxlar ishning murakkabligiga 
bog‘liq ravishda «O‘zbekturizm» MK tomonidan belgilanadi (8- 
jadval).
8- jadval

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin