– litsenziya egasining litsenziya talablari va shartlariga rioya
qilishini rejali tekshirish va ushbu holatlarda litsenziya egasi
tomonidan litsenziya shartlari va talablari buzilganligi aniqlangan
taqdirda rejadan tashqari tekshiruvlarni o‘tkazish;
– litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshiruvdan
o‘tkazishda litsenziya egasidan tegishli ma’lumotlarni so‘rash hamda
olish;
– tekshiruv natijalari asosida litsenziya egasining litsenziya
talablari va shartlarini buzganligini aniq ko‘rsatgan holda
dalolatnoma yoki ma’lumotnoma tuzish.
– litsenziya egasiga nisbatan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish majburiyatini yuklovchi va bunday buzulishlarni bartaraf etish
muddatlarini belgilovchi qarorni chiqarish;
– litsenziya harakatini to‘xtatib qo‘yish, ta’qiqlash yoki bekor
qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun komissiyaga
taqdim etish.
«O‘zbekturizm» MK turizm faoliyatiga doir litsenziya reyestrini
yuritadi hamda jismoniy va huquqiy shaxslar u haqdagi
ma’lumotlarni erkin olishlari mumkin (7- jadval).
7-jadval
Dostları ilə paylaş: