O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov


«O‘zbekturizm» MK va litsenziya egasining ayrim rasmiyatchiliklari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

«O‘zbekturizm» MK va litsenziya egasining ayrim rasmiyatchiliklari 
mazmuni va maqomi 
 
Maqomi 
Mazmuni


Litsenziya 
kelishuvi 
– kelishuvni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi, 
ismi va sharifi; 
– tomonlarning rekvizitlari; 
– litsenziya beriladigan faoliyat turining nomi; 
– litsenziya egasiga qo‘yiladigan litsenziya talablari va 
shartlarini buzganlik uchun tomonlar javobgarligi; 
– litsenziya egasining litsenziya kelishuvi talablari va 
shartlarini bajarishi ustidan ishchi organi tomonidan 
o‘rnatilgan nazorat tartibi 
Litsenziyalar 
reyestri 
– huquqiy shaxs nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, 
pochta manzili, telefon va faks raqami; 
– rahbarning familiyasi, ismi va sharifi; 
– litsenziya raqami va berilgan vaqti; 
– litsenziyaning amal qilish muddati; 
– litsenziyani qayta rasmiylashtirish vaqti va asos, amal 
qilish muddatini uzaytirish, amal qilishni to‘xtatib qo‘yish va 
amal qilishni boshqatdan yo‘lga qo‘yish; 
– litsenziyani taqiqlash uchun asos va vaqti (sana); 
– litsenziyani bekor qilish uchun asos va vaqti (sana); 
– dublikatni berish sanasi va asos. 
Beriladigan litsenziyalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati va 
darajasini hisobga olingan holda ikki xil turizmning indeksatsiyasi 
amalga oshiriladi: 
– Ch – chet el turizmi;
– M – milliy turizm. 


 
5. 2. Yangi tashkil qilinadigan turistik korxonaning 
xizmatlarini sertifikatlashtirish 
 
Sertifikatlash – bu aholi salomatligini va xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida tayyorlangan korxona mahsulotlari yoki xizmatlari 
sifatini tartibga solish jarayonidir.Shuni qayd qilish kerakki, 
sertifikatlash nafaqat chetdan kelayotgan import tovar va 
xizmatlarga, balki mahalliy ishlab chiqariladigan tovar va 
xizmatlarga ham tegishlidir. Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, 
O‘zbekistonda 2,5 mingdan ortiq tovar va xizmatlar sertifikatlanadi.
Turizm va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish majburiy 
hisoblanadi. Turizm sohasida tovar va xizmatlarni sertifikatlash 
quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi: 
– inson hayoti, atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlarni, 
huquqiy va jismoniy shaxslar mulkini sotishni nazorat qilish; 
– jahon bozorini raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash; 
– iste’molchini insofsiz ishlab chiqaruvchidan himoya qilish; 
– mahsulotning yaratilgan (kelib chiqqan, ishlab chiqarilgan) 
manzilini tasdiqlash; 
– ishlab chiqaruvchi taqdim etadigan mahsulotlarning-
xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.
Turizmda sertifikatlash «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash 
to‘g‘risida»gi Qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi. Uning obyektlari jumlasiga mahsulotlar, xizmatlar hamda 


sifat tizimlari kiradi. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlashning 
ikki turi qo‘llaniladi: ixtiyoriy va majburiy sertifikatlash.
Ixtiyoriy sertifikatlash quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: uchinchi 
shaxslar yoki qo‘shma korxonadagi chet el sheriklari ishlab 
chiqariladigan tovarlar va taqdim etiladigan xizmatlar uchun 
qo‘shimcha sertifikatni talab qilgan vaziyatlarda foydalaniladi.
Sertifikat beruvchi davlat organi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Standartlash, 
sertifikatlashtirish 
va 
metrologiya 
agentligi 
(«O‘zdavstandart») 
hisoblanadi. 
Bundan 
tashqari, 
alohida 
sertifikatlashtirish markazlari, tadqiqot labarotoriyalari, sertifikatni 
nazorat qilish organlari hamda «O‘zdavstandart» tomonidan tan 
olingan va akkreditatsiyadan o‘tgan sifat ekspert-auditorlari ham 
faoliyat ko‘rsatadi.
Sertifikatlash muddati sertifikatsiyalanadigan mahsulotlar va 
xizmatlarning toifasiga bog‘liq ravishda 1 kundan to 1 oygacha 
bo‘lishi mumkin. Sertifikatlashtirish organiga beriladigan hujjatlar 
soni ham sertifikatlash muddatiga ta’sir ko‘rsatadi. Turistik 
korxonalarning turistik xizmatlarini sertifikatlash olti bosqichdan 
iborat.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin