TO‘QIMALAR HAQIDAGI ILM
Odam organizmi to‘qimalardan tashkil topgan. To‘qimalar –
kelib chiqishi, tuzilishi va faoliyati jihatidan bir xil bo‘lgan hu-
jayra va hujayradan tashqari moddalarning tarixan tashkil topgan
yig‘indisidan iborat. Organizmda 4 xil: epiteliy, biriktiruvchi,
mushak va nerv to‘qima tafovut qilinadi.
Har bir a’zo tarkibiga o‘zaro jips bog‘langan turli to‘qimalar
kiradi. Odam hayoti davomida hujayra va hujayra bo‘lmagan ele-
mentlar ishdan chiqishi va o‘lishi (fiziologik degenratsiya) va ular-
ning tiklanishi (fiziologik regenratsiya) ro‘y beradi. Bu jarayonlar
turli to‘qimalarda turlicha kechadi. Hayot davomida barcha to‘qi-
malarda sekin kechuvchi yoshga qarab o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi.
Epiteliy, biriktiruvchi, ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimalar shi-
kastlanganda yaxshi va tez tiklansa, silliq mushak to‘qima ma’lum
bir sharoitda tiklanadi. Nerv to‘qimada faqat nerv tolalari tikla-
nadi. To‘qimalarni shikastlanganda tiklanishini reparativ regenrat-
siya deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |