F–boshlang‘ich qismi shoxlangan murakkab alveolyar-naysimon bez.
20
Biriktiruvchi to‘qima
Biriktiruvchi to‘qima tuzilishi va faoliyati jihatidan turlicha.
Ular hujayralar, kollagen, elastik, retikulyar tolalardan iborat
hujayralar aro modda va asosiy moddadan tashkil topgan. Birik-
tiruvchi to‘qima hujayralarning oziqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
trofik vazifani, himoya (fagositoz, immun tanalar ishlab chiqa-
rish) mexanik (a’zolar to‘qimasi asosini hosil qiladi) va plastik va-
zifani bajaradi.
Biriktiruvchi to‘qima xususiy biriktiruvchi to‘qima, tog‘ay va
suyak to‘qimaga bo‘linadi. Xususiy biriktiruvchi to‘qima yum-
shoq va alohida xususiyatga ega zich tolali biriktiruvchi to‘qima-
ga bo‘linadi.
Yumshoq biriktiruvchi to‘qima (7-rasm) hujayra va tarkibida
tolalari turli yo‘nalishda bo‘sh joylash
gan hujayraaro moddalar-
dan iborat. Hujayraaro modda tarkibida kollagen, elastik tolalar va
asosiy modda bo‘ladi. Yum shoq biriktiruv chi to‘qima qon tomirlar
bo‘ylab joylashadi. Biriktiruv chi to‘qimaning asosiy moddasi tar-
kibida mukopolisa xaridlar bo‘lgan bir turli massadan iborat. Birik-
tiruvchi to‘qimaning hujayra ele-
mentlari fibroblastlar, makrofa-
glar, to‘qima bazofillari, plazmo-
sitlar va pigmentositlardan iborat
bo‘ ladi.
Zich tolali biriktiruvchi to‘-
qima (8-rasm) shaklangan va
shakllanmagan turlarga bo‘lina-
di. Shakllanmagan biriktiruvchi
to‘qimani asosiy moddasi kam,
ko‘p sonli kollagen va elastik to-
lalari quyuq to‘r hosil qilib, un-
da hujayra elementlari kam bo‘la-
di. Shakllangan biriktiruvchi to‘-
qimada kollagen tola dastalari
ma’ lum yo‘nalishda joylashadi.
Alohida xususiyatga ega birik-
tiruvchi to‘qimaga retkulyar, yog‘
va pigment to‘qima kiradi.
Retikulyar to‘qima tarkibi-
Dostları ilə paylaş: