ODAM EMBRIOLOGIYASI ASOSLARI
Pusht (embrion) – bu organizm bo‘lib, u tuxum pardalari
ichida yoki ona organizmi ichida rivojlanadi. Pusht yoki embrio-
nal taroq qiyot bu individual taroqqiyotning erta davri bo‘lib, un-
da urug‘lanish dan boshlab tug‘ilgunicha yoki tuxum pardalaridan
chiqishigacha bo‘lgan davr tushuniladi.
Odamda ona qornida rivojlanish o‘rtacha 280 kun yoki 10 oy
davom etadi. Akusherlik amaliyotida pusht (embrion) deb ona
qornida birinchi 2 oyda rivojlangan organizmga aytiladi, III oy-
dan to X oygacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish homila yoki fetal
davr deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |