Homilaning taroqqiyoti
Urug‘lanish, odatda, bachadon nayida ro‘y beradi. Zigota ik-
kala jinsiy hujayralarni xususiyatlarini o‘zida mujasamlantira
di.
Shu davr dan boshlab yangi qiz organizmining rivojlanishi bosh-
lanadi (14-rasm).
Pusht taroqqiyotining birinchi haftasi – zigotaning qiz hujay-
ralarida maydalanish (maydalinish to‘liq, ammo bir tekis emas)
dav ri. Maydalanish bilan birga pusht bachadon nayida bachadon-
ga qarab suriladi. Bu 3–4 kun davom etadi. Bu davrda pusht hu-
jayralar to‘plami – blastulaga aylanadi. Yirik qoramtir va mayda
oqish hujayralar – blastomerlar hosil bo‘ladi. Dastlab malina me-
vasi shaklini eslatuv chi blastomerlar to‘dasi – morulla, keyin esa
sharsimon bir qavatli pusht – blastula hosil bo‘ladi. Hujayralar
qavatidan iborat blastula devori blastoderma, bo‘shlig‘i esa blas-
30
totsel deb ataladi. Maydalanish natijasida yuza joylashgan blasto-
merlarda pushtni oziq lanishida ishtirok etuvchi parda – trofoblast
paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |