27
qila di. Ular teri va shilliq pardalar hamda sezgi a’zolarida joy-
lashgan.
2. Interoretseptorlar organizmning ichki muhitini kimyoviy
tarkibi o‘zgarganda ichki a’zolardan ta’sirotni qabul qiladi.
3. Proprioretseptorlar mushak, pay, fassiya, boylam va bo‘g‘im
xaltasidan ta’sirotni qabul qiladi.
Effektorlar ikki xil: harakatlantiruvchi va sekretor bo‘ladi. Ha-
rakatlantiruvchi nerv oxiri harakatlantiruvchi hujayralarning ney-
ritlarini mushak to‘qimadagi oxirgi shoxlari bo‘lib, nerv-mushak
uchi deb ataladi. Sekretor nerv oxiri bezlarda nerv-bez uchini ho-
sil qiladi. Bu nerv uchlari nerv – to‘qima sinapsini tashkil qiladi.
Nerv hujayralari o‘rtasidagi bog‘lanish sinapslar vositasida
bo‘ladi. Ular bir hujayraning neyritini oxirgi shoxlarini, bosh-
qa hujayra tanasi dendriti yoki aksoni o‘rtasida bo‘ladi. Sinaps-
da nerv impulsi faqat bir yo‘nalishda o‘tadi. Nerv tizimining turli
qismlarida ular turlicha tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: