O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


-rasm. Gialin tog‘ayning tuzilishi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix26.12.2016
ölçüsü0,98 Mb.
#3389
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
9-rasm. Gialin tog‘ayning tuzilishi:

1–tog‘ay usti parda; 2–yosh tog‘ay 

hujayralari bor soha; 3–hujayralar-

aro asosiy modda; 4–xondrositlar.



10-rasm. Suyak to‘qima.

H–suyak hujayralari; B–suyakning 

kesmasi. 1–suyak usti parda;

2–osteon qatlami;

3–markaziy kanallar; 4–

vsteositlar.




23

Suyak to‘qimada uch xil: osteoblast, osteosit va osteoklast hu-

jayralari uchraydi.

Osteoblastlar suyak to‘ qi mani hosil qiluvchi o‘siq chali yosh 

hujayralardir. Ular suyak to‘qima buzila yot gan va tiklanayot gan 

joyda uchraydi. O‘sayotgan s u yak  da ular ko‘p bo‘ladi.

Osteositlar yetilgan ko‘p o‘siqchali hujayralar bo‘lib, ular os-

teoblastlardan hosil bo‘ladi. Osteositlarning tanasi suyak plas-

tinkasida yotsa, o‘siqchalari suyak kanalchalariga kiradi.

Vsteoklastlar yirik ko‘p o‘zak li hujayralar bo‘lib, o‘siqchala-

ri bor. Ular suyak va tog‘ayni buzishda ishtirok etib, suyak to‘qi-

mani so‘rilishini ta’minlaydi.

Odamda ikki xil: yirik tolali va qatlamli suyak to‘qima tafovut 

qilinadi. Yirik tolali suyak to‘qimada kollagen tolalar yaxshi bi-

lingan dastalar hosil qilib, ular o‘rtasida osteositlar yotadi. Bun-

day suyak to‘qima chaqaloqlarda, kattalarda esa bosh suyagi cho-

klarida va paylarning suyakka birikkan joyida uchraydi. Qatlamli 

suyak to‘qimada kollagen tolalar qatlamlar ichida yoki ular o‘rta-

sida parallel dastalar hosil qilib joylashadi. Qatlamli suyak to‘qi-

ma odam skeletining barcha suyaklarini hosil qiladi.

Qon va limfa organizmning ichki muhitini hosil qiluvchi to‘qi-

ma bo‘lib, uning yashashi uchun eng yaxshi sharoitni ta’minlab be-

radi. Ular organizmda trofik va himoya vazifasini bajaradi. Qon 

suyuq asosiy modda (plazma) va uning ichidagi qonning shaklli ele-

mentlardan iborat.

Limfa – rangsiz biroz loyqaroq suyuqlik. U plazma va ko‘proq 

lim fositlardan tashkil topgan.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin