12-mavzu. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va Men—konsepsiyasi. Shaxsning sub’ektiv xususiyatlarining umumiy tavsifi. «Men» strukturasi va uni har xil yo‘nalishlarda tadqiq etish. O‘zini o‘zi baholash. Men konsepsiyasi. O‘z-o‘ziga munosabat. Real va ideal “men”. U.Djemsning empirik «Men» mavjudligining uch jabhasi to‘g‘risidagi qarashi: jismoniy shaxs, sotsial shaxs va ma’naviy shaxs. O‘zaro munosabatlarning tuzilishi va shakllanishi. Egoizm, altruizm tushunchalari. Shaxsning o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini ifodalash va o‘z-o‘zini e’tirof etish. Shaxsning psixologik yo‘nalishlari va hayotiy pozitsiyasi. Erkinlik va javobgarlik jihatlari shaxs tanlanmasining o‘lchami sifatida.
13-mavzu. Shaxsning sotsial tasavvurlari. Sotsiogenezda shaxs Madaniyat tarixida shaxs. Xulq-atvor madaniyati va dasturi. Shaxsda ijtimoiy tipik muammo, milliy xarakter va ijtimoiy xarakter. Shaxsning rolli nazariyalari va ularning tahlili. Shaxsning atrofdagilar tomonidan o‘rganilishi va uning psixologik funksiyalari.
Shaxs va ijtimoiy guruh. «Ijtimoiy roli», «Ijtimoiy guruh», «Ijtimoiy status» tushunchalarining umumiy tavsifi.
Shaxs ijtimoiylashuvi. Axloqiy xulq-atvor regulyatsiyasining takomillashuvi. Xulq-atvor shakllarining ijtimoiylashuvi (L.S.Vigotskiy ).
Individuallikning umumiy xususiyati. Shaxsning normal yoki patologik rivojlanishi. Shaxs yetukligi. Shaxs individualligi mahsuldorligining namoyon bo‘lishi. O‘zligini faollashtirish o‘zini o‘zi boshqarish va personallik. Shaxsning o‘z imkoniyatlari chegarasidan chiqishi (transtendensiya). Shaxsning faollik tabiati. Ijod va shaxs.
14-mavzu. Shaxs taraqqiyotining psixotik, chegaralangan va nevrotik darajalari Shaxsdagi buzilishlarning xarakteri va darajasi haqidagi tasavvurlar. N.MakVilyams yondashuvi. Shaxs taraqqiyot darajalari mezonlari: himoya mexanizmlari; shaxsning asosiy muammolari, voqelikni testlashtirish qobiliyati, ego-identiklik, ob’ektiv munosabatlar. Shaxs taraqqiyotining psixotik, chegaralangan va nevrotik darajalari Ishonch-ishonchsizlik, yaqinlashuv-qochish muammolari. O.Kenbergning strukturali yondashuvi.Strukturali intervyu.