O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə5/15
tarix20.04.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#101120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1 ДСП umumiy psixologiya yangicha variant dastur (2)

2- MODUL “SHAXS PSIXOLOGIYASI”
5-mavzu. Shaxs psixologiyasining metodologik prinsiplari
Metodologiya ilmiy metodlar nazariyasi sifatida. Shaxsni o‘rganish. Psixologiya tarixida shaxsning o‘rni. Shaxsni etnik va gender jihatdan o‘rganish. Shaxsni baholash. Shaxsni tadqiq etish. Inson tabiati haqidagi tadqiqotlar. Shaxsni tadqiq etish metodlari. Shaxs nazariyalarini belgilovchi mezonlar. G‘arb psixologiya maktabalarida shaxsni tadqiq etish g‘oyasining o‘ziga xosligi.
A.G.Asmolov bo‘yicha shaxsni tadqiq etishda bilish vaziyatlari xususiyatlari. Shaxsni o‘rganishda tizimlilik prinsipi darajalari, komponentlari va tuzilma hosil qilish mexanizmlari (S.L. Rubinshteyn, B.G. Ananev, V.S. Merlin). Faollik prinsipi va unga doir uch yondashuv (N.A. Bernshteyn, P.K. Anoxin, D.N. Uznadze, A.N. Leontev. Taraqqiyot prinsipi: determenantlari, darajalari va shaxs rivojlanish bosqichlari (Z. Freyd, E. Erikson, N. MakVilyams), determinizm prinsipi (Dj. Uotson, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev), nazariya, eksperiment va amaliyot birligi prinsipi (D. Kempbell, V.N. Drujinin, T.V. Kornilova)., determinizm prinsipi.
Shaxs psixologiyasi, ko‘p qirraligi. Individ,shaxs,individuallik. Shaxsning turli fanlar nuktai nazaridan o‘rganilishi. Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari. Shaxsga nisbatan evolyutsion tarixiy va tizimli yondashuv. Shaxs fenotipik xususiyatlarining ontogenezda rivojlanishi. Inson tabiatini evolyutsion jihatdan tadqiq etish.

6-mavzu. Psixologiyada shaxsni o‘rganishlar nazariyasi.
Har xil psixologiya maktablarida shaxs nazariyalari
Psixologiyada shaxsni o‘rganishlarda barcha maktab vakillarining kelib chiqish tarixi, g’oyalari va nazariyalari. Yangi nazariyalar tarixi.O‘rgatish qonuni (E. Torndayk). Dj.B.Uotson va E.K. Tolmenning insonga nazariy qarashlari. Teoriya podkrepleniya Dollard va Millerg mustahkamlash nazariyasi. K.Xallning o‘rgatish nazariyasi. Skinnerning operant shartlanganlik nazariyasi. Operantlik va respondentlik xulq-atvor. O‘rgatish jarayon sifatida. Mustahkamlash rag‘batlantirish va jazolash ko‘rinishida. Mustahkamlash tartiblari. Psixopatologiyada o‘zlashtirilmagan va adaptatsiyalashmagan reaksiyalar. O‘rgatish psixologiyasida terapiya prinsiplari. O‘rgatish va sotsial kognitiv nzariyalarining o‘xshashlik va tafovutlari. Kuzatish yo‘li bilan o‘rganish (A. Bandura). Diqqat, xotira, harakatni o‘zlashtirish, motivatsiya kuzatish jarayonidagi ta’limning to‘rt jabhasi. Agressiya va uning determinantlari.O‘zini o‘zi samaradorligini oshirish va uning baholash manbalari. K.Levin maydon nazariyasining asosiy prinsiplari. Maydon nazariyasining strukturaviy qismi: psixologik maydon va shaxs, shaxs ichki hududi, perseptual-motor qatlam, subhudud tushunchasi, valent ob’ektlar. Nazariyaning dinamik qismi: psixik quvvat, haqiqiy ehtiyojlar va kvaziehtiyojlar, zo‘riqish, zo‘riqishning reduksiya prinsipi. K. Levin maktabining eksperimental ishlari. Kognitiv psixologiyaning vujudga kelishi. Dj. Kelli shaxslik konstruktlari nazariyasi. Konstrukt tushunchasi. Bipolyarlik, qo‘llanish diapazoni va individuallik. Konstruktlar tizimining rivojlanishi. Repertuar panjara testi. Reymond Kettelning shaxs qirralariga strukturali yondashuvi. Fiske, Maddining faollashtirish konsepsiyasi. K.Goldshteynning tashkiliy konsepsiyasi. Nyuttenning ma’naviyatli inson konsepsiyasi. E.Eriksonning shaxs taraqqiyoti konsepsiyasi. R.Assadjioli bo‘yicha shaxsning psixosintez konsepsiyasi.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin