43
● mahsulot piramidasi – birlamchi
mahsulotning turli ozuqa
zanjirlarida o‘zgarib borishini anglatadi.
Son piramidasida o‘simliklar soni ularni iste’mol qiladigan
hayvonlarga qaraganda ko‘p.
Biomassa piramidasida o‘simliklar biomassasi ularni yeydigan
hayvonlar biomassasiga qaraganda ko‘proq.
Mahsuldorlik piramidasida har bir trofik zanjirda hosil bo‘lgan
biomassa miqdori o‘sha vaqt birligidan
keyingi ozuqa zanjiriga
qaraganda ko‘p bo‘ladi.
Insonlar tomonidan hosil qilingan agrosenozlar (birlamchi mahsul-
dorlik resursi) mahsuloti jamiyat uchun ozuqa zahirasini to‘plab beradi.
Ikkilamchi mahsuldorlik qishloq xo‘jalik hayvonlari va baliqlardan
olinadi.
O‘simlik va hayvondan olinadigan biomassa miqdorini doimo
joylashgan
muhitdan, ularni turi, ko‘payishi, etilishini hisobga olgan
holda foydalanish zarur. Yer sharida biologik
mahsuldorlik notekis
taqsimlangan, unga zarar yetkazish ekotizimga zarar berish hisoblanadi
yoki ozuqa zanjirining buzilishiga olib keladi. 1969-yildan buyon
davlatlar o‘rtasidagi xalqaro kelishuvga binoan, “Xalqaro
biologik
Dastur” ish olib boradi.
Iqlimi mo‘’tadil hududlarda o‘simliklarning biomassasi yuqori
bo‘ladi, buning uchun avvalo, havo harorati va yog‘ingarchilik yetarli
bo‘lishi kerak. Tropik va subtropik hududlarda o‘simliklar 250-300
tsentner hosil bersa, respublikamiz cho‘l
va sahrolarida biologik
hosildorlik 2-20 s/ga ni tashkil qiladi.
Ekotizim o‘zi-o‘zini saqlab qolish uchun turli noqulayliklarni
yo‘qotib, tizim barqarorligini saqlab qoladi yoki o‘zini boshqaradi.
Ekotizim bir qator mexanizmlar asosida ijobiy va salbiy aloqalar orqali
o‘zini saqlab qoladi. Masalan, populyatsiyada bir tur yirtqichning
ko‘payib ketishi, dastlab o‘ljaning, keyinchalik uni o‘zining
kamayib
borishiga olib keladi. Populyatsiyada chegaralovchi omillar yordamida
yirtqich kamayib boradi.
Dostları ilə paylaş: