O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

UO‘K: 502.3(075) 
KBK 20.1ya7 
 
Taqrizchilar: 
T.Raximova – Botanika, o‘simliklar fiziologiyasi va ekologiya 
kafedrasi professori, O‘zMU; 
Sh.Ubaydullayev – QMII dotsenti. 
ISBN 978–9943–11–892–8 
 
 
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2018. 
 
 



 
KIRISH 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
tashabbusi bilan amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or 
xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan “2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayniqsa, ekologiya va 
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining faoliyatini 
yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslaridan foyda-
lanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning davlat boshqaruvini 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjat-
lariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi, davlat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga 
oshiradilar. Ular bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni 
idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, ya’ni ma’lum bir tabiiy 
resursni idora etuvchi organlarga bo‘linadi. Yana bir muhim 
vazifalardan biri bu chet davlatlar bilan ekologik hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yish yoki ekologik muammolarni hal qilish uchun chetdan 
investitsiyalar olib kirish shuningdek, chet davlatlarda olib borilayotgan 
ekologik muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralarni 
o‘rganib chiqib, o‘zimizda bizga moslarini tanlab amalga oshirish 
bugungi kunning talabi hisoblanadi. 
XXI asrda dunyo iqlimida mutlaqo kutilmagan o‘zgarishlar yuz 
bermoqda, ammo hali hamon Global isishni tan olmagan bir guruh 
mutaxassislar uchun iqlimning bema’ni qiliqlari hazilga o‘xshab 
tuyulmoqda. Keyingi o‘n yillikda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq 
kataklizmalar uzluksiz bo‘lib bormoqda. Masalan, zilzilalar, tayfunlar, 
toshqinlar, keskin sovuqlar, yuqori haroratlar tabiatga va insonlarga 
qanchalar katta zarar keltirmoqda. Hozirgacha olimlar va insonlar 
kosmik va geologik jarayonlarning iqlim o‘zgarishiga ta’sirini aniq 
tushunib etganlari va unga baho berishganlari yo‘q. Chunki iqlim 
o‘zgarishi haqida dunyo olimlarining fikri turlicha, kimdir iqlim sovub 



ketishidan bashorat qilsa, yana kimdir iqlim o‘zgarib ketayotganini
asoslashadi. 
Ammo keyingi yuz yilda havo haroratining isib borishi oli ngan 
ma’lumotlarga ko‘ra aniq bo‘lib qolmoqda. Chunki keyingi yuz-yilda 
iqlim o‘zgarishi davomli bo‘lib qolmoqda. Yerdagi iqlim o‘zgarishini 
kimdir astronomik jarayonlar ta’sirida siklichni holda deb bilsa, yana 
kimdir antropologik omillar ta’si rida Global isish bormoqda deydi. 
Aslida Yerimiz o‘z hayot jarayonida bir necha marta Global isish va 
sovush fazalarini boshidan kechirganligi isbotlangan. Endilikda 
fiziklar, astrofiziklar, kosmologlar, gelioseysmologlar, astroseysmo-
loglar va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha shug‘ullanadigan olimlarning 
ma’lum qilishicha, kosmik jarayonlarning yer shariga ta’siri juda katta. 
Ammo inson bu jarayonga ta’sir qilolmaydi, yer sharida bo‘ladigan turli 
hodisalarga tayyor bo‘lishi kerak degan fikrni olg‘a suradi. 
Iqlim o‘zgarishi bugun Ona yerimizga ochiqdan ochiq tahdidi 
qilmoqda, buni keyingi o‘n yillik yoz oylarida bo‘lib o‘tayotgan 
voqealardan ochiqdan ochiq ko‘rish mumkin bo‘lmoqda. 
Bugun yer sharininig Shimoliy qismida ochiqdan ochiq issiq 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin