O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Ekologiyani o‘rganish uslublari 
Ekologiyani o‘rganishning beshta uslubi mavjud. Bular:
1) kuzatib va yozib borish uslubi – avval o‘rganadigan obyektlar 
haqida ma’lumot to‘planadi, keyin yozib boriladi; 
2) taqqoslash uslubi – o‘rganadigan obyektlarning o‘xshashligi va 
farqi tahlil qilib ko‘riladi; 
3) tarixiy uslub – rivojlanish davrlarini o‘rganishga mo‘ljallanadi; 
4) tajriba uslubi – tabiatda bo‘ladigan jarayonlarni ma’lum 
sharoitda tajriba asosida o‘rganadi; 
5) modullashtirish uslubi – tabiatdagi murakkab hosildorlikni 
oddiy modullar nisbatida o‘rganish. 
Jamiyat ongiga ekologiya tushunchasini singdirish 
Bugun insoniyat uchun bundan zarur yoki ekologiyani, ekologik 
ong va tushunchani kundalik hayot tarziga singdirishdan ko‘ra 
muhimroq ish yo‘qdir. Ekologik ongni ekologik ta’lim va tarbiya, 
ma’lumotlar, insonlardagi ekologik ta’lim orqali qayta qurish, uning 
hayot tarzini va ma’naviyatini o‘zgartirish zarur. Hozircha insonlar 
ongida ekologik qonunlarga bo‘ysunmaslik, tabiatga shunchaki nazar 
bilan qarash tasavvurlari singib ketgan. Insonlarning tabiatga bo‘lgan 
loqayd munosabatlari natijasida global isish va iqlim o‘zgarishi, 
cho‘llanish, Orol dengizining qurib borishi kabi muammolar tuzatib 
bo‘lmaydigan ekologik krizislarni keltirib chiqardi. Ekologik tushun-
chaning faqat insonlar tomonidan va faqat ularga xos shakllanishi – 
antropomarkaz tushuncha deb ataladi. 
Antropomarkaz tushuncha xususiyatlari quyidagi holatlarda o‘z 
tasdig‘ini topib boradi: 
● inson uchun tabiat eng qimmatbaho, oliy degan tushuncha bo‘lib 
shakllanishi va tabiat insonning shaxsiy mulki deb hisoblanishi


18 
● dunyo tushunchasi ierarxik tarzda piramida holida ko‘rinishida 
yoki eng yuqorida inson turadi, undan quyida narsalar (inson tomonidan 
insonlar uchun), yanada quyida tabiatning turli obyektlari; 
● insonning barcha talablari qondirilishi; 
● tabiat bilan o‘zaro bog‘liqlik, inson va insoniyat uchun to‘g‘ri va 
yechimi bor; 
● yer yuzasidagi odamlar o‘rtasida axloqiy qonun va qoidalar faqat 
odamlar uchun, ular tabiat bilan bog‘lanishda mutlaqo ahamiyat kasb 
etmaydi; 
● tabiatning keyingi rivojlanishi jarayon sifatida tasavvur qilinib, 
o‘z rivojlanishi jarayonida insonga bo‘ysunishi lozim. 
Ekologik ta’lim – maqsadli yo‘naltirilgan reja asosida tizimli 
ekologik bilim, madaniyat, malaka va o‘quvni rivojlanish jarayonida 
o‘rganib borishdir. Hozirgi kunda ekologik ta’lim tizimi uzluksiz, 
to‘plangan, fanlararo birlashgan xarakterli mutaxassislikdan kelib 
chiqib shakllanmoqda. Aholiga ekologik ta’lim beruvchi markazlar 
tashkil qilinib, bu joyda oddiy aholi ekologiya sohasida o‘z bilimlarini 
kengaytirib va chuqurlashtirib bormoqdalar. 
Ekologik tarbiya – tabiatni muhofaza qilish borasida bilimni 
kuchaytirish, tabiatni himoya qilish va ekologik o‘quvlar dastlab 
maktabda, so‘ngra oliy o‘quv yurtlarida olib boriladi. Insonlarning 
yoshlari ulg‘aygan sari atrof-muhit haqidagi tasavvurlari kengayadi, 
tabiatga boshqacha ko‘z bilan nazar soladilar va sekin-asta tabiatni 
sevib, uni himoya qilishni o‘z burchi deb biladilar. Ekologik 
tarbiyaning hozirgi kundagi asosiy burchi quyidagilardir: 
● barcha hayotiy jarayonlar o‘ta muhim, qimmatbaho va betakror, 
inson tirik tabiat uchun javobgar; 
● tabiat abadiy va tuganmas, shuning uchun ham u insondan kuchli, 
inson tabiat bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, doimo unga moslashishi va 
lozim bo‘lsa unga yordam berishi kerak, tabiatga qarshi bo‘lish 
insonning o‘ziga yomonlik keltiradi; 
● biosfera qancha xilma-xil bo‘lsa, u shuncha barqaror bo‘ladi; 
● inson atrof-muhitga o‘lchab bo‘lmaydigan darajada zarar yet-
kazmoqda; 
● tabiat insoniyatning o‘ziga berayotgan zarariga qarshi katta kuch 
bilan zarba berishi mumkin; 
● antropologik zarar ekomarkazda olib borilayotgan tushunchalar 
bilan almashishi kerak; 


19 
● insonlar o‘z dunyoqarashlari va xulq-atvorlarini o‘zgartirishi, ko‘p 
iste’mol qilish hamda yetishmovchilik natijasida tabiatga zarar 
yetkazadilar, chunki u yoki bu holda ham ekologik javobgarlik susayadi. 
Ekologik madaniyatning shakllanishi – ekologik ong va tu-
shunchani shakllanishi bo‘lib, atrof-muhit bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lishdir. Ekologik madaniyatning asosiy g‘oyasi – inson va tabiat 
o‘rtasidagi bog‘liqlik moddiy tomondan emas, balki ma’naviy jihatdan 
bo‘lishi kerak. Tabiatga zarar bermaslik va global o‘ylash har bir 
insonning burchi bo‘lishi lozim. Yerda abadiy hayot borishi uchun 
insoniyat o‘zi yashaydigan yerni doimo asrashi, qayta yashartirishi va 
ekologik madaniyatni rivojlantirishi zarur. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin