27
Pessimum hududda sharoit keskin bo‘ladi va bunday sharoitda tirik
organizm rivojlana olmaydi. Demak, bu hududda organizm yo‘qoladi,
nobud bo‘ladi. Har bir organizm uchun chidamlilik nuqtasi bo‘ladi. Uni
biz qanday tasavvur qilamiz? Masalan, o‘simlik biologik xususiyatiga
ko‘ra, tuproqda sulfat va xlorli tuzlarning ma’lum bir miqdorigacha
o‘sa oladi. Tuz miqdori tuproqda oshib borgan sari o‘simlik nobud
bo‘ladi. Buni hatto suvga bo‘lgan talabida ham ko‘rish mumkin.
Makkajo‘xorini 4-5 barg chiqargan fazasida suv bilan 20 kun bostirib
qo‘ysak, albatta poyalari chirib, o‘simlik nobud bo‘ladi. Sholini suv
bilan bostirib qo‘ysa, o‘sish jarayoni davom etadi. Har bir organizm
uchun chidamlilik nuqtasi har bir omil uchun alohida bo‘ladi.
Organizmning omilga nisbatan keskinlik nuqtalari orasidagi
chidamlilik chegarasi – uning ekologik valentligi deyiladi. Turli
ekologik omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‘indisi – turning
ekologik spektri deyiladi. Masalan, hayvonning ma’lum ozuqa
ekinlariga, ma’lum bir yaylovga va yuqori haroratga moslashuvi uning
ekologik spektrini tashkil etadi.
Har bir omil organizmning har xil funksiyalariga turlicha ta’sir
etadi. Bir hayot faoliyati uchun optimum ta’sir ikkinchi bir jarayon
uchun maksimum bo‘lib hisoblanishi mumkin. Masalan, 40-45 °S
harorat sovuq qonli hayvonlarda modda almashinuv jarayonini
tezlashtiradi, ammo bunda ularning faolligi susayadi.
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik
chegarasi, minimum zonalari to‘g‘ri kelmaydi. Biror-bir omilga nis-
batan chidamlilik darajasi uning boshqa omillarga chidamliligini
ifodalamaydi. Ayrim turlarning ekologik spektrlari ham bir-biriga
to‘g‘ri kelmaydi. Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir
vaqtda ta’sir etadi va bir omilning ta’siri boshqa omilning miqdoriga
bog‘liq bo‘ladi. Bu – omillarning o‘zaro ta’sir qonuniyati deyiladi.
Organizmning ma’lum sharoitda yashashi quyi darajadagi omil bilan
belgilanadi. Masalan, cho‘lda organizmlarning keng tarqalishiga suv va
yuqori harorat cheklovchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: